Oramizdan hech kim ertaga o„lib qolishni xohlamasa kerak, albatta! Hammamiz iloji boricha uzoqroq


“Ustoz, nega biz qolgan abituriyentlar singari … to„plamini ishlamaymiz?”



Download 292,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana13.02.2022
Hajmi292,84 Kb.
#446676
1   2
Bog'liq
Tez va sifatli ta\'lim (2022)

“Ustoz, nega biz qolgan abituriyentlar singari … to„plamini ishlamaymiz?” 
Men esa tabassum bilan ularga qarata: 
“Men o„z umrimni qanchalik qadrlasam, Sizlarnikini ham shunchalik qadrlayman”. 
O„quvchilarim esa mendan buning ma‟nosini so„rashganida yuqoridagi, suhbatimiz boshidagi 
jumlalarni aytaman. Bunga qo„shimcha tarzida 
“Sizlar bir yillik tayyorgarlikdan keyin avgust oyida, 
imtihonlarda bamisoli poygaga qo„shilasiz. Poygada kimning yutish ehtimoli yuqori?”
Bir qancha javoblarni berishadi, men esa ularni umumiylashtirib va to„ldirib aytamanki: “Mashqni qanchalik 
to„g„ri va qayta-qayta bajrasangiz, imtihon (poyga) paytida mohir haydovchi sifatida to„siqlardan va 
burilishlardan mohirona driftlar bilan o„ta olasiz. Bunda Sizga sifatli yoqilg„i, ajoyib mashina yordam 
beradi, shularning barchasi bizning bir yillik dasturimizda o„z aksini topgan”. Shu shu menga boshqa bu 
savolni berishmaydi.
Bugungi kunda ko„plab abituriyentlar qimmatli umrlarini 25000-30000 so„mga baholab, ko„plab 
samarasiz testlarni, masalalarni ishlashyapti. Gap aynan juda eskirgan, bugungi kunga umuman mos 
bo„lmagan ayrim to„plam(lar) haqida ketayotganini anglagan bo„lsangiz kerak! 
KIMYO FANIGA BO„LGAN QIZIQISHIMNING PAYDO BO„LISH TARIXI 
Yozgi ta‟til edi. 10 yoshda edim. Odatda, har yili, bunday paytlarda (oylarda) men yo ammalarimning 
uyida, yoki buvijonimlarnikida haqiqiy sarguzasht ta‟tilimni o„tkazayotgan bo„lardim. Kunlarning birida 
ammavachcham daftar va kitoblarini yig„ishtirayotganida bitta kitob ( darslik ) mening alohida diqqatimni 
tortdi (chunki, men bu kitobni oldin ham, qishki ta‟til payti boshqa ammamning o„g„lini xonasida ko„rgan 
edim, tanish muqova! Uning ustiga anorganik kimyo deb yozilgan edi). Qarasam, yana xuddi shu kitob! 
Nimagaligini bilmadim-u, borib o„sha kitobni qo„limga oldim va bir boshidan varaqlay boshladim. Ajoyib 
hissiyot meni qurshab olgan edi, o„zim bu kitobda nima yozilganini tushunmasamda, emotsional holatim 
juda zo„r edi. Keyin akamni so„roqqa tuta boshladim: 
- Bu qanday kitob, anorganik kimyo nima degani? 
- “Ximiya” – dedi, qisqa ohangda akam. Qo„y shuni, nima qilasan shu bosh og„riq fanni? 
- Nimaga unaqa deysiz, qiziq fanga o„xshaydiyu? Manga juda yoqdi! 
- Yo„g„eeee? Hali boshinga tushganida bilasan qanaqa fanligini! 
- Hop, savolimga javob bering, Anorganik kimyo nima degani, ximiya nima degani?
- Toza jonga tegding-u Sen-a? O„zi ximiya ustozim va u beradigan savollar yetmayotgandi?! 
- Bilmas ekansizde, ikkichisiz, ikkichi? Ammamga aytaman, kundaligingiz qani? 
- Hop, ustozim birinchi darsda aytgan gaplarini aytaman, qara, biz yeydigan ovqat, ichadigan suvimiz,
tuz, havo, non, shakar, qoshiq, vilka, saryog„, go„sht, tuxum – bularning hammasi ximiya, ularning
ichida esa mana bu davriy jadvaldagi elementlar bor” – dedi. 
- Element nima degani, bular nimaga tushunarsiz harflar bilan yozilgan? 
- Uffff, yur biror narsa yasaberaman undan ko„ra, xohlasang baliq oviga boramiz, nima deding? 
- Yo„q, bormayman, chunki, savolimga javob bermadingiz!
- Hop, faqat bittasiga javob beraman, mana bu tushunarsiz harflar elementlarni lotincha nomlari,


bo„ldimi, yetadimi? 
- Yo„q, nimaga bunaqa belgilangan, element o„zi nima? 
- Qara, ximiya degani har xil narsani aralashtirib, portlatish degani! 
- Zo„rku, nimaga nimani qo„shsa portlaydi? 
- Qayerdan ham kirgizdim seni xonamga? End kaltak yeysan, vaqtim yo„q senga tushuntirishga! 
- Mayli, opalarimdan so„rab olaman, yoki ammamdan! 
*** 
Kimyo fani qanday fanligini bilmasam ham, 10 yoshimdan boshlab ota-onam, qarindosh opalarim va 
akalarimni o„z holi jonlariga qo„ymasdan, savollar berib boshlarini og„ritib yuborganim hozirgiday esimda! 
Ha, ha, aniq esimda, chunki, his-hayajon hamda qiziqish shu darajada ediki, xotiramga mustahkam 
o„rnashib qolgan.
- Qoshiq tarkibida qaysi element bor?
- Temir, alyuminiy. 
- Ovqat tarkibida qaysi element bor? 
- Deyarli hammasi. 
- Fanta tarkibida qaysi element bor? 
- C vitamini, suv bor. 
- …… 
Bu qiziqish 6-sinfni tugatiboq, maxsus litsey-internatga hujjat topshirishimga sababchi bo„ldi. Bu 
litsey-internat haqida mahallamdagi shifokorning o„g„lidan va eng katta ammamning o„gillaridan eshitgan 
edim. Qizig„i shundaki, bu litsey-internatda faqat o„gil bolalar o„qishardi, bitiruvchilarning mahalliy va chet 
el oliygohlariga kirish ko„rsatkichi 99-100% atrofida edi. Ular matematika – ingliz tili, tarix – ingliz tili 
yo„nalishlarida ta‟lim olishgan edi. Bundan ham qizig„i, bu litsey internatga 70 ta o„quvchi qabul qilgan 
bo„lsa, imtihon natijalari e‟lon qilingach, men qabul ro„yxatida 70-o„rinda turardim. Eng oxirig o„rinda 
turganimga qaramay, hayotimdagi juda xursand bo„lgan kunlarimdan biri aynan shu kun edi. Buni men 
Sizlarga so„z bilan ta‟riflab bera olmayman!
O„quv yili boshlandi, yangi sinfxonalar, yangi ustozlar va ularning darslari, har biri sinf bilan alohida 
shug„ullanadigan ikkitadan tarbiyachilarimizning bizga mehribonliklari bizni har kuni hayratga solar edi. 
Yangi sinfdoshlar bilan tanishdim, yangi do„stlar orttirdim. Ovqat hamda yotoqxona mutlaqo bepul edi, yana 
kun tartibimiz shunchalik zo„r ediki, oddiy maktab davrlarim bir haftada o„rganadigan bilimlarimni bu yerda 
bir ikki kundayoq o„rganardim. O„sha paytdayoq kun tartibining ahamiyatini tushunib yetganman.
Bo„sh vaqtimizda sport (futbol, basketbol, voleybol, turnik, brus, shashka) bilan deyarli har kuni 
shug„ullanardik, bu taxminan soat 16
00
va kechqurun 21
00
dan keyingi vaqtga to„g„ri kelar edi. Litsey-internat 
hududi yopiq edi, yakshanba kuni unga soat uzog„i 17
00
da kirar edik, juma kuni soat 13
00
da uyga ketar edik. 
Deyarli ikki kun davomida biz uyda bo„lar edik. Uyda paytimda ham ota-onam dars qilishimga jiddiy e‟tibor 
berishardi, uy ishlari tugashi bilan dars qilishga o„tirardim.
Litsey – internatdagi kun tartibimiz quyidagicha edi: 
1. Ertalab 06
00
da uyg„onish, o„rinni tekislash, qo„l-yuzni yuvish; 
2. Tarbiyachimiz nazorati ostida 07
00
da sinfda bo„lish va ertalabki (majburiy) mutolaa bilan mashg„ul
bo„lish; 
3. 07
50
da sinflar bo„yicha navbatma-navbat ertalabki nonushta uchun oshxonaga boramiz; 
4. 08
30
da darslarimiz boshlanadi (45 daqiqa dars, 10 daqiqa tanaffus); 
5. Taxminan soat 12
30
dan 13
30
gacha tushlik; 
6. 13
30
dan keyin 15
20
gacha yana dars.
7. Keyin 18
00 
gacha erkin vaqt bo„lgan, shu orada 16
00
da choy ichgani oshxonaga boramiz. 
8. Ikkinchi tarbiyamiz nazoratida 18
00
dan 19
00
gacha kechqurungi mutolaa; 
9. 19
00
dan 20
00
ga kechqurungi ovqatlanish; 
10. 20
00
dan 21
00
gacha yana kechqurungi mutolaa; 


11. 21
00
dan 21
50
erkin vaqt, faqat maktab hududida; 
12. 22
00
da uyquga yotish, hamma o„z o„rnida bo„lishi shart edi. 
Sizlarga yana bir qiziq ma‟lumotni aytishim kerak, deyarli hamma tengqurlarim va ayrim ustozlarim 
eng oxirgi o„rinda kirganim uchun menga juda past nazar bilan yoki istehzoli qarash qilishar edi. Lekin, bu 
meni sindirmadi, aksincha, nimalarga qodir ekanligimni ko„rsatishim uchun katta turtki bo„lgan, katta kuch 
bag„ishlagan. Va men kutgan kun keldi, nihoyat 7-sinflar kesimida litsey reytingida 1-o„ringa chiqib oldim. 
Qiziq tomoni, bu reytingni belgilashda va eng a‟lochi o„quvchiga ovoz berishda barcha ustozlarim bilan 
birga sinfdosh o„rtoqlarim ham qatnashar edi. Bu yutuq menga o„zimga bo„lgan ishonchni qaytarib berdi.
Ko„p asarlarda o„qigansiz, agar tushkunlikka tushsangiz, oldin erishgan hamma (kattami kichikmi 
farqi yo„q) yutuqlaringizni eslang, bunga qanday erishganingizni va o„sha paytdagi hislaringizni eslang 
deya ta‟kidlanadi. Bu ayni haqiqat hisoblanadi, har bir yutug„imiz bizga keyingi yutuqlarimiz uchun kuch, 
shijoat, ilhom (motivatsiya) manbai bo„lib xizmat qiladi. 
Ha, aytgancha, men bu litsey-internatda ochilgan ilk kimyo va biologiya sinfida o„qiganman. Bizgacha 
faqat ikki xil: matematika-ingliz tili sinfi, tarix-ingliz tili sinfi bo„lgan. Biz qabul qilingan yilimiz esa kimyo-
biologiya sinfi ochilgan. Asosiy ikkita sinfdan o„z qiziqishlariga, o„z ixtiyorlariga ko„ra yig„ilgan o„quvchilar 
8
D
-sinf shaklida alohida shakllandik. Hamma fan chuqur o„rgatilardi, lekin kimyo, biologiya, ona tili va 
adabiyot fanlarini boshqa fanlarga nisbatan ko„proq o„rgatilar edi. 
Maktabda kimyo fani bo„yicha deyarli hamma bitta to„plamni ishlashardi, undan qoniqmagan 
o„quvchilar Xomchenko, Sereda, Kuzmenko, 500 masala kabi qo„shimcha adabiyotlarni o„qishardi. Men va 
ko„pchilik sinfdoshlarim uchun esa bular asosiy adabiyotlar bo„lgan va umuman o„sha to„plamni 
ishlamaganmiz. Keyin yuqori sinfdagi akalarimdan 1996-2003-yillar axborotnomalarini olib ishlar edim. 
Ahamiyatlisi shundaki, kimyo fanidan shuncha kitoblarni, sinf darsliklarini o„qisam ham bu menga 
yetarli emasdek tuyulaverar edi. Chunki, aniq bir tizimga solingan ketma-ketlik, takror – takror o„rganish 
hamda takrorlash uchun algoritmik dastur, texnologiya yo„q edi. Qaysidir bilimlar albatta esdan chiqar edi, 
qayta – qayta o„qiyvursak ham hamma o„qiganimiz bir yil ichida esimizda qolmas edi. Tub mazmunigacha 
tushunishning iloji yo„q edi.
To„g„ri, 3 yil ichida litsey-internatda juda ko„p bilimlarni o„rgandim, keyin tibbiyot akademik litseyida 
yana 3 yil davomida, jami 6 yil davomida o„rgandik, qolganlar ham shunday tartibda o„rgansa bo‟larkanku 
deyishingiz mumkin, lekin bir yoki ikki yilda to„liq o„rgansa bo„lgan bilimlarni 6 yilga cho„zmasdan, maxsus 
reja asosida bir yoki bir yarim yil ichida o„rganishning iloji bor bo„lsa, bu foydali emasmi?! Ustiga ustak 
hozir 21-asrda yashayotgan bo‟lsak. Hayot, rivojlanish jadallashgan, kuniga har xil innovatsiyalar, ta‟lim 
texnologiyalari yaratilayotgan bo„lsa, nimaga hammamiz bu yutuqlardan foydalanib, qimmatli umrimizni, 
vaqtimizni asrash yoki tejashga urinmasligimiz kerak! 
QO„LLANMALARIM YARATILISH TARIXI 
Qandaydir qo„llanma yoki darslik izlab topish kerak va bitta shuning o„zi kimyo darsliklari 
ma‟lumotlarini qayta ishlash, kengaytirib tushuntirish asosida aniq, tushunarli bilim olish uchun yetarli 
bo„lishi shart edi. Lekin bunday qo„llanmaning o„zi yo„q edi, hamma ajoyib ma‟lumotlar har xil adabiyotlarda 
tarqoq holatda edi. O„quvchilik paytlarimizda ham, abituriyentlik davrimizda ham, ustozlik davrimizda ham 
bu muammo bizni rosa qiynar edi. O„quvchilik davrimizda sinfdagi hammamizning bilimimiz juda zo„r edi, 
lekin tarqoq holda bo„lgan (tizimlashmagan edi). O„sha paytdagi DTM savollariga belgilangan vaqt ichida 
javon topar edik, faqat oldimizdagi imtihonda 36 ta savolning hammasiga to„liq va to„g„ri javob topa olish-
olmaslik hissi, qo„rquvi bizni qiynar edi.
9-sinfgacha bu litseyda juda puxta o„qidik, kimyo fani olimpiadasida yutganim to„g„risidagi diplomim 
bilan tibbiyot akademik litseyiga imtihonsiz o„qishga kirdim.
Bu yerda ham aynan shu muammolar mavjud edi, to„g„ri, ustozlarimizning bilimi va pedagogikasi 
juda zo„r edi, darslarimiz ham juda sifatli bo„lgan, lekin markazlashgan qo„llanmalar muammosi hamon 
bizni qiynar edi. Akademik litseyning birinchi kursidanoq o„z tengdoshlarimga kimyo fanini darsdan keyin 


o„rgatishni boshladim, yana o„sha muammo: yagona qandaydir kitob kerak, mayli ikkita bo„lsin mayli uchta 
bo„lsin, lekin shu muammoni hal qilmasam bo„lmaydi deb bu kitobni yozishga kirishdim va o„sha 
paytlardayoq tamal toshini qo„ydim. Bugungi kungacha darsliklar tarkibi o„zgarsa, qo„llanmalarimni yangi 
darslik asosida qaytadan yozib chiqaman. Ularni umumiy kimyo, anorganik kimyo, organik kimyo 
ko„rinishida alohida kitoblar holiga keltirdim.
To„g„ri, Siz aytishingiz mumkin, mana o„sha kitoblardan va axborotnomalardan Siz o„rganibsizku, 
shogirdlaringiz ham o„rganadi deb. Lekin, Siz vaqt masalasini esdan chiqardingiz, men 7-sinfdan akademik 
litsey 3-bosqichini tugatguncha 6 yil davomida kimyo o„rganganman, bu vaqtni va ovoragarchiliklarni 
qisqartirishni esa juda xohlardim.
Bizning abituriyentlik paytlarimizda deyarli hammada bir xil sistema edi: oldiniga ustoz mavzularni 
o„rgatadi, keyin to„plamni ishlatadi, undan keyin test bazalarini ishlatadi, keyin darsliklarni qaytardan savol 
javob qilib chiqadi, keyin nazorat variantlaridan foydalanardi, qo„shimchasiga yana qandaydir tadbirlar… 
Bularning hammasini ixchamlashtirishning 100% iloji bor va Men ilk repetitorlik davrlarimdayoq 
buning uddasidan chiqdim. Ayni muddao bo„lib xizmat qilgan yana bir quvonarli holat shuki, 2013-yilda, 
O„zbeksiton Milliy universiteti kimyo fakulteti 3-kurs talabasi bo„lgan davrimda, dekanatimiz tavsiyasi bilan 
DTM da ekspert sifatida ish boshladim, foydali bilimlarim ancha o„sdi, savol tuzishda va bilim berishda 
nimalarga yana-da chuqurroq e‟tibor berish kerakligini juda yaxshi anglab yetdim, testologiya sohasi 
bo„yicha chet el adabiyotlarini o„qib o„rganib chiqdim, rivojlangan davlatlar testologiyasi (test 
texnologiyalari) ning bir qanchasini o„zlashtirdim va amalda qo„lladim, haligacha o„rganish va qo„llashni 
davom ettirib kelmoqdaman. Qo„llanmalarim mazmuniga, sifatiga bu bilimlarim ham muayyan darajada 
ijobiy ta‟sir ko„rsatgan.
Misol uchun, umumiy kimyo mavzularini bir qator o„qib o„rganib chiqqan o„quvchi anorganik kimyo 
bo„limidagi bilimlarni o„zlashtira boshlaydi, bu bo„lim tugagunicha umumiy kimyo ma‟lumotlari yaxshigina 
esdan chiqadi, organik kimyo bo„limiga o„tganda esa dastlabki ikkala bo„lim ma‟lumotlari xotirada so„nadi. 
Bu muammoni hal qilish uchun men umumiy kiyoning deyarli barcha tushunchalarini anorganik va organik 
kimyo ma‟lumotlariga ham tadbiq qildim, anorganik kimyoni ham organik kimyoga tadbiq qildim, natijada 
yil davomida uchala bo‟lim ma‟lumotlariga o„quvchi qayta-qayta to„qnash kelaveradi, kelaveradi va bilimlar 
har tomonlama mustahkamlanib boraveradi. 
Shogirdlarim o„rganishi uchun bugungi kunda bir yil, juda o„rganishga qiynaladiganlari uchun bir 
yarim yil kifoya bo„ladi. Umumiy kimyoni bir qator to„liq o„rganib chiqishga 80 kun, anorganik kimyoga 50 
kun, organik kimyoga 80 kun sarflaymiz, har bir bo„lim tugagandan keyin esa tinmasdan 30 talik variantlar 
ishlashadi. Uchta bo„lim bo„yicha 30 talik variantlarni ishlab bo„lishgach, uchta bo„lim bo„yicha aralash 
variantlarni ishlashadi. Asosiy tamoyilimiz: oldin bilim bo„yicha aniqlikka erishish (vaqt ko„proq beriladi), 
keyin esa vaqtga nisbatan aniqlikka erishish (vaqt chegaralanadi).
Bugungi kunda bunga qo„shimcha tarzda PISA qo„llanmalar va Milliy sertifikat tipidagi takrorlash 
testlarimizni qo„shganmiz. Bular asosiy bilim bazasi shakllangach, faqat takrorlash va mustahkamlsh 
uchun xizmat qiladi.
Kompyuter dasturlari, axborot texnologiyalaridan foydalanib, markazlashgan offline test sinovlari 
tashkil qilamiz. Xatosini tezda sezdiruvchi, o„z joyida xatosini aniq ko„rsatadigan test dasturlaridan unumli 
foydalanib kelmoqdamiz.
Xulosa o„rnida aytmoqchimanki, bizning qo„llanmalarimiz bir kun yoki bir haftada yaratilgan emas
uzoq yillik bilimlarimiz, ko„nikmalarimiz, tajriba va malakalarimiz natijasi sifatida ilk bor 2018-yilda 
dunyoga keldi. Shundan beri zarurat tug„ilishi bilan yangilanadi va zamon talablariga moslashtiriladi. 
Kalkulyatorga umuman zarurat tug„ilmaydigan darajada standartlashitiriladi. Savollar o„quvchi 
(abituriyent)ni bir vaqtning o„zida ham nazariy ham amaliy bilimlarini o„rgatuvchi-nazorat qiluvchi-
baholovchi yo„nalishda tuziladi.
O„quvchilarimiz har bir yangi bilimning mazmun-mantig„i va ahamiyatini anglashi lozim. 
O„quvchilarimizni kreativ (ijodiy) fikrlashga yo„naltirish bizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Bularga biz 
tizimlashgan darslar va albatta qo„llanmalarimiz orqali erishib kelyapmiz! 


Qo„llanmalarimiz haqida bilishni, namunalar ko„rishni xohlovchilar uchun telegram kanallarimiz 
mavjud:
1.
@profchem_uz 
2.
@kimyo_quiz 
3.
@kimyo_audios 
4.
Shaxsiy: @JasperCorporation 
5.
Tel: 90-956-51-86 
ALOHIDA TAKLIF

O„rganishning eng yaxshi USULI BU O„RGATISHDIR. Savob amallardan biri sifatida ilm o„rgatish 
shunaqa mo„jizaviy, ilohiy jarayonki, ulashganingiz (o„rgatganingiz) sari ko„payadi, mustahkamlanadi, 
sayqallanadi. Xuddi shuning uchun 6-sinfdaligimizda ilk bor fizika fani ustozimiz mendan keyingi darsni 
o„tib berish uchun tayyorlanib kelishimni aytdilar, men avvaliga qo„rqdim, keyin Xadicha ustozim aytdilarki, 
hech nima yo„qotmasligim, aksincha, mavzuni yanada yaxshi tushunishimni ta‟kidladilar. O„sha paytlarni 
aniq eslayman, qo„shimchasiga 15 ta test tuzganman (hayotimda tuzgan ilk testlarim 

). Mavzuni 
tushuntirishim, testlarimni ko„rib ustozim nafaqat xursand bo„lganlar, balki, hayratda qolganlar va keyin 
ham juda ko„p mavzularni sinfdoshlarimga tushuntirib berganman va test tuzishda ham davom etganman.
Keyinchalik litseyda, 7-sinfdaligimizda kimyo ustozim menga doskaga chiqishimni buyurdilar va ular 
ma‟ruza o„qidilar, men esa ma‟ruzaga mos reaksiya, jadval, formulalarni yozib turardim. Keyinchalik esa 
darsni to„liq o„tishimga imkon berdilar, dars davomida sinfda o„quvchilar qatorida o„tirib, xatolarimni 
to„g„irlab, nutq va o„zni tutishdagi kamchiliklarimni sanab o„tganlar.
Tibbiyot litseyida ham uchta alohida xona men uchun direktor o„rinbosari va ustozlarim tomonidan 
ajratib berilgan edi, soat 14
00
dan boshlab u yerda deyarli barcha kursdoshlarimni, keyinchalik quyi 
kursdagilarni tayyorlar edim va nazorat testlarini o„tkazar edim.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishim mumkinki, Siz ham aynan shunday ishlarni amalga 
oshirsangiz, ham vaqt, ham mablag„, ham asabingizni asragan bo„lasiz! 
Diqqat bilan mutolaa qilganingiz uchun kattakon rahmat! 
ABITURIYENTLARGA KUNIGA 18 SOATLIK VAQTLARINI QANDAY SARFLASH BO„YICHA SHAXSIY 
TAVSIYALARIM 
Har kuni 6 soatdan ko„p ham, kam ham uxlamang. Har kuningiz uchun albatta kun tartibingiz 
yozilgan varaq, yon daftarchangiz bo„lsin, undagi vazifalar bajarilganligi yoki bajarilmaganligi haqidagi 
hisobotni, har kuni kechqurun uyqudan oldin o„zingizga bering (bajarilganini ustidan chizishingiz mumkin, 
qolganlariga so„roq belgisini qo„yasiz). Kuniga 2 ta mutaxasislik faningiz bo„yicha 10 tadan mavzu o„qing, 
o„rganing, testlarini yeching, ustozingiz va do„stlaringiz bilan qiziqarli savol-javoblar tashkil qiling. 
O„rganayotgan bilimlaringiz, ma‟lumotlaringiz, tushunchalaringizni rasmlar, jadvallar, sxemalar 
ko„rinishida (imkoni bo„lsa turli rangdagi flomasterlar, qalamlar bilan) ifodalang. O„rgating, darslar o„ting! 
Muhimi, nimani va nima uchun o„rganayotganingiz haqidagi savolga javob berish esdan chiqmasin! 
Yaqin kunlarda, Alloh nasib qilsa, telegram kanallarimda Sizlarga maxsus ishlab chiqilgan 
”abituriyent kun tartibi” ni havola qilaman, u bilan tanishib chiqib Siz haqiqatdan kun tartibining ahamiyatini 
yana-da yaxshiroq anglaysiz! 
Hammangizga sihat-salomatlik, yuksak marralar tilab, hurmat bilan ekspert, repetitor, testolog 
JASURBEK QURBONOV 

Download 292,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish