Kuzatish formulyari nima va uning qanday turlari bor?
Yo‘riqnoma nima va u nima uchun tuziladi?
Kuzatish vaqti va joyi deganda nima tushuniladi va qanday tartibda ular aniqlanadi;
Kuzatish muddati va keskin fursat nima va ular qanday maqsadlarni ko‘zlaydi?
Statistik kuzatish hisobdan va oddiy predmetli kuzatishlardan qanday farq qiladi?
Voqealarni qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatishlar qanday turlarga bo‘linadi, ularni mazmuni nimalardan iborat?
Hodisalarni hisobga olish usuli jihatidan statistik kuzatish qanday turlarga bo‘linadi?
Yoppasiga kuzatish nima va qanday turlarga bo‘linadi?
Qisman kuzatish nima? Monografik tasvirlash-chi, asosiy massivni kuzatish-chi, savolnoma orqali kuzatish-chi; tanlama kuzatish-chi?
Aholi ro‘yxati nima, so‘nggi O‘zbekiston aholi ro‘yxati qachon o‘tkazilgan, bu ro‘yxat qanday tartibda amalga oshirilgan, uning dasturida qanday savollar ko‘zlangan;
Mikrofirmalar va kichik korxonalar hisoboti qanday maqsadlarni ko‘zlaydi, kuzatish obyekti va birligi qanday tartibda belgilangan, bu hisobotni barcha sanoat korxonalari tuzishi kerakmi, hisobot dasturida qanday asosiy ko‘rsatkichlar guruhi ko‘zlangan;
Ro‘yxat nima, qay tartibda uning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari yechiladi;
Maxsus statistik tekshirish haqida nimalarni bilasiz;
Biznes-tekshirishlar nima? Sobiq sovet hokimiyati davrida bunday tekshirishlar o‘tkazilganmi? Nima uchun o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmagan?
Statistik kuzatishning qanday bosqichlari bor, ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash uchun ularda qanday tadbir-choralar ko‘zlanadi;
Kuzatish ma’lumotlarida qanday xatolar bo‘lishi mumkin, ular qay tartibda aniqlanadi. Xatolarni bartaraf qilish uchun qanday tadbir - choralarni amalga oshirish kerak;
Tasniflash nima va nima uchun ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda uni qo‘llash kerak?
Tasniflash qanday ilmiy va amaliy ahamiyatga ega?
Tasniflashning qanday turlari va usullari mavjud?
Faset nima? Ierarxiyaviy tuzilma-chi?
Tasniflash obyekti deganda nima tushuniladi, uning birligi deganda-chi?
Tasniflash subyekti nima?
Statistik guruhlash deganda nima tushuniladi, u qanday ahamiyatga ega?
Taqsimot (variatsion) qatorlar bilan tuzilmaviy guruhlash orasida farq bormi? bo‘lsa nimalardan iborat?
Guruhlash belgisi nima va u qanday tartibda saylab olinadi?
Guruhlar soni qanday aniqlanadi, guruhlar oralig‘i-chi?
Guruhlashning ilmiy qoidalari nimalardan iborat?
Oddiy va murakkab guruhlash nima, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli-chi?
Ko‘p o‘lchovli guruhlashning qanday usullarini bilasiz?
Birlamchi va ikkilamchi guruhlash nima?
Ikkilamchi guruhlashning qanday usullarini bilasiz?
Guruhlash usulining statistik mazmuni va ahamiyatini kuchaytirish uchun uni qanday yo‘llar bilan takomillashtirish mumkin?
Statistik jadvallar deganda nimani tushunasiz? Ular so‘z bilan bayon etishga qaraganda afzalliklarga egami?
Statistik jadval qanday unsurlardan tarkib topgan? Uning ega va kesimi deganda nima tushuniladi? Jadval maketi deganda-chi?
Statistik jadvallarning qanday turlarini bilasiz?
Oddiy jadvallar nima? Gruppoviy-chi? Kombinatsion jadval-chi?
Statistik grafiklar deganda nima tushunasiz?
Grafik unsurlarini sanab chiqing va ularning funksiyasini tushuntirib bering.
Grafiklar qanday turlarga ajraladi?
Hodisalarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish ko‘rsatkichlari qanday diagrammalar yordamida tasvirlanadi? Ularning tuzilishi-chi? Ular orasida o‘zaro bog‘lanish-chi?
Aholi jon boshiga paxta va don ishlab chiqarish hajmini mamlakatlararo, viloyatlararo va ho‘jaliklararo taqqoslash uchun qanday diagramma turidan foydalanish mumkin?
Chiziqli diagrammalarning qanday turlari mavjud va ular qanday tartibda tuziladi? Bu diagrammalar yordamida qanday jarayonlarni tasvirlash mumkin?
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar qanday tartibda tuziladi? Ular yordamida qanday jarayonlarni tasvirlash mumkin?
Sektorli diagrammalarni tuzish tartibini bir misolda tushuntirib bering. Ular yordamida qanday jarayonlarni tasvirlaysiz?
Doira va kvadrat shaklli diagrammalar qachon qo‘llanadi? Ularni tuzish tartibini bir misolda tushuntirib bering.
Iqtisodiy nazariyadan sizga ma’lum bo‘lgan Lorens egri chizig‘i qanday diagramma turiga misol bo‘ladi? Uni tuzish tartibini bilasizmi?
Tasvirli diagrammalar qanday tartibda tuziladi? Reklamalarda ular qo‘llaniladimi?
Xaritogramma va xaritodiagramma nima va qanday maqsadda tuziladi?
Markazgramma nima, u xaritogrammadan qanday farq qiladi?
Hodisaning sifati va miqdori deganda nimalar tushuniladi?
Statistik ko‘rsatkich nima,ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda u qanday ahamiyatga ega?
Statistik ko‘rsatkich bilan hodisa belgisi o‘rtasida qanday munosabat mavjud?
Statistik ko‘rsatkich qanday unsurlarga ega,uning sifat tomoni nima,miqdor tomoni-chi?
Statistik ko‘rsatkichlarning qanday turlari bor?
Mutlaq ko‘rsatkich deganda nima tushuniladi?
Mutlaq ko‘rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?
Mutlaq ko‘rsatkichlar qanday shakllarda (o‘lchov birliklarida) ifodalanadi?
Shartli o‘lchov birliklari nima va qachon qo‘llanadi?
Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko‘rsatkichlarni pulda (qiymatda) ifodalash kerak?
Nisbiy ko‘rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?
Nisbiy ko‘rsatkich turlari orasida qanday o‘zaro bog‘lanishlar bor?
Taklif egri chizig‘i asosida qanday nisbiy miqdor yotadi va u qanday tartibda hisoblanadi?
Boshlang‘ich natural sonlar uchun arifmetik o‘rtacha bilan garmonik o‘rtachani hisoblang. Ulardan qaysi biri medianaga teng?
Variatsiya mohiyati nimadan iborat va nima uchun uni o‘lchash kerak?
Asosiy variatsiya ko‘rsatkichlarini sanab chiqing?
Qaysi ko‘rsatkich eng muhim hisoblanadi va nima uchun?
Dispersiya qanday hisoblanadi? U qanday afzalliklar va nuqsonlarga ega?
Kvadratik o‘rtacha tafovut qanday shakllarga ega, har birini hisoblash tartibini birma-bir ketma-ketlikda bayon eting.
Kvadratik o‘rtacha tafovut mutlaq o‘rtacha tafovut (d modul)ga nisbatan har doim katta qiymatga ega ekanligini isbotlab bering.
Mutlaq o‘rtacha tafovut qanday tartibda hisoblanadi? Nima uchun u d modul deb ataladi?
Variatsiya kengligi nima va qanday tartibda hisoblanadi? U qanday nuqsonlarga ega va qanday sharoitda qo‘llanadi?
Nimkvartil kenglik mohiyatini izohlab bering. U variatsiya kengligiga nisbatan qanday afzalliklarga ega?
Nimkvartil kenglikni aniqlash tartibini tushuntirib bering.
Kvadrat va mutlaq o‘rtacha tafovutlar birdan va arifmetik o‘rtachadan katta bo‘lishi mumkinmi? Fikringizni isbotlab bering.
Tanlanma kuzatish nima? Boshqa qisman kuzatish turlaridan nimalar bilan farq qiladi?
Tanlanma tekshirishlar qanday maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday hodisa va jarayonlar tanlanma kuzatish yo‘li bilan o‘rganiladi? Misollar keltiring.
Bosh va tanlanma to‘plam deganda nimani tushunasiz? Ular qanday umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
Reprezentativlik xatosi nima? U qayd qilish xatosidan nimalar bilan farq qiladi?
Reprezentativlik xatosining qanday turlarini bilasiz? Ular orasidagi farqlarni tushuntirib bering.
Qanday tanlash usullari tanlanmaning reprezentativ bo‘lishi ta’minlanadi?
Asl ma’noda tasodifiy tanlash deganda nimani tushunasiz? U qanday yo‘llar bilan amalga oshiriladi?
Mexanik tanlash nima? Qanday hollarda uning natijalari tasodifiy tanlanmaga mos keladi va qanday hollarda farq qiladi?
Tiplarga (guruhlarga) ajratib tanlash deganda nimani tushunasiz? Talabalar bilim darajasini o‘rganish maqsadida bu usuldan qanday tartibda foydalanish mumkin yoki butunlay mumkin emasmi?
Seriyalab tanlash deganda nimani tushunasiz? Qanday hollarda bu usuldan foydalanish mumkin?
Tanlanma ko‘rsatkichning o‘rtacha kvadratik xatosi va uning ishonchli chegarasi qanday aniqlanadi?
t - ishonch koeffitsiyentining mohiyati va vazifasi haqida nima deya olasiz?
Ishonch ehtimoli va muhimlik darajasi deganda nimani tushunasiz?
Statistik gipoteza nima va nima uchun uni tekshirish kerak, qanday yo‘l bilan tekshiriladi?
Statistik mezon deganda nimani tushunasiz? Uning kritik doirasi va o‘rinli qiymatlar doirasi degan tushunchalar nimani anglatadi?
Normal taqsimot qonuniga haqiqatda kuzatilgan taqsimotlar bo‘ysunishi haqidagi gipotezalar qanday tartibda baholanadi?
O‘rtachalar haqidagi nol-gipoteza nimalarni anglatadi va qanday tartibda baholanadi? Misollar keltiring.
Dispersion tahlil nima va u qanday maqsadlar uchun xizmat qiladi?
To‘g‘ri va egri chiziqli bog‘lanishlar deganda nimani tushunasiz? Misollarda tushuntirib bering.
Korrelyatsion tahlil qanday maqsadni ko‘zlaydi? Regression tahlil-chi?
Korrelyatsion bog‘lanishni modellashtirish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topadi? Har bir bosqichda qanday masalalar va usullar yordamida yechiladi?
Adekvat model deganda nimani tushunasiz?
Juft korrelyatsiya nima? Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya-chi?
To‘g‘ri chiziqli regressiya deganda nimani tushunasiz? Tenglamasi qanday ko‘rinishga ega va hadlari (koeffitsiyentlari) nimani anglatadi?
To‘g‘ri chiziqli regressiya tenglamasini yechish tartibini va bunda kichik kvadratlar usulining rolini yoritib bering. Bu usul mohiyatini misolda tushuntiring.
Korrelyatsion jadval deganda nimani tushunasiz? Uni tuzish tartibini tushuntirib bering.
Egri chiziqli regressiya deganda nimani tushunasiz? Uning qanday shakllari mavjud?
Egri chiziqli regressiya tenglamalarini to‘g‘ri chiziqli shaklga keltirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Egri chiziqli regressiya koeffitsiyentlari qanday talqin etiladi. Bunday tenglamalar ekstrimumi qanday aniqlanadi?
Korrelyatsiya koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz? U qanday hisoblanadi?
Korrelyatsiya indeksi (yoki nazariy munosabati)ning mohiyatini yoritib bering. U chiziqli korrelyatsiya koeffitsiyentiga teng bo‘ladimi?
Korrelyatsiya koeffitsiyenti bilan regressiya koeffitsiyenti o‘rtasida qanday nisbat mavjud?
Elastiklik koeffitsiyenti nimani anglatadi? U regressiya koeffitsiyenti bilan qanday bog‘langan?
Fexner va Spirmen korrelyatsiya koeffitsiyentlari haqida nima deya olasiz?
Regressiya tenglamasi parametrlarining muhimligi (ishonchligi) qanday baholanadi? Korrelyatsiya koeffitsiyenti-chi?
Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya mohiyatini yoritib bering? Chiziqli ko‘p o‘lchovli regressiya tenglamasi qanday tuziladi va uning noma’lum hadlari qanday aniqlanadi?
Statistikada dinamika tushunchasi nimani anglatadi, dinamika qatori-chi?
Dinamika qatorlarining qanday turlarini bilasiz? Ular bir-biridan qanday jihatlari bilan farq qiladi?
Moment (on, payt) va davr deganda nimani tushunasiz?
Dinamika qatorlari variatsion qatorlardan qanday xususiyatlari va alomatlari bilan farq qiladi?
Variatsiya va tebranuvchanlik tushunchalari ayniyat-mi? Yo‘q bo‘lsa, sabablarini tushuntirib bering.
Umumiy ko‘rinishda dinamik darajalari qanday tarkibiy unsurlar bilan xarakterlanadi?
Dinamika qatorlarida korrelyatsion-regression tahlil usullarini qo‘llash shart-sharoitlarini tushuntirib bering?
Korrelyatsion-regression tahlil natijalari asosida istiqbollar qanday tartibda aniqlanadi?
Taklif va boshqa bozor iqtisodiyot qonunlari namoyon bo‘lishini o‘rganishda regression tahlil usullaridan foydalanish tartibini misollarda tushuntirib bering.
Bozor narxiga nisbatan taklif elastikligini aniqlash maqsadida regression tahlil usulidan foydalanish tartibini aniq bir misolda tushuntirib bering.
Indeks deganda nimani tushunasiz?
Indeks usulining funksiyalari nimalardan iborat?
Indeksning qanday turlarini bilasiz?
Indekslar yordamida qanday masalalar yechiladi?
Indeks usuli yordamida qanday jarayonlar o‘rganiladi?
Indekslarning nisbiy miqdorlardan farqi bormi? Bor bo‘lsa ularni ko‘rsatib bering.
Joriy davr va joriy ko‘rsatkich nima? Bazis (zaminiy) davr va ko‘rsatkich-chi?
Yakka indeks deganda nimani tushunasiz?
Yakka indekslarning qanday turlarini bilasiz?
Yakka indekslarga qanday xususiyatlar xos?
Guruhiy indekslar nima? Ular qanday xususiyatlarga ega?