Birinchi daraja – standart dasturiy ta’minotni qo‘llash. Bunday yondashuv bir oyda 100 tagacha mijoz bo‘ladigan korxonaga to‘g‘ri keladi. Bunda asosan oddiy ofis ilovalaridan foydalaniladi va qaysidir ma’noda doimiy bajariladigan ishlarni tezlashtirish imkonini beradi. Albatta, hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda, bunda korxonalarda Internet tarmog‘iga chiqish imkoni yaratilgan bo‘lishi shart. Shu bois veb-brauzerlar, elektron pochta dasturlari, IP-telefoniya ilovalari (masalan, Skype, KPhone) kabi ilovalar ham bo‘lishi talab etiladi;
Ikkinchi daraja – bunda maxsus turistik dasturiy ta’minotni qo‘llash nazarda tutiladi. Bularga misol qilib, “Туризм”, “Мастер-Тур”, “Само-Тур” dasturlar qo‘llaniladi. Avtomatlashtirishning bunday darajasida ishchi xodimlarning malakasi ham yuqori bo‘lishi talab etiladi. Bunday yondashuv bir oyda 100 dan ortiq mijoz bo‘ladigan korxonaga to‘g‘ri keladi;
Turistik resurslarning reytingini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |