Manzilli qidiruv – so‘rovnomada ko‘rsatilgan atributga moslik nuqtayi nazar hujjatni qidiruv jarayoni hisoblaniladi. Ushbu usulni amalga oshirish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
- hujjatning aniq manzili bo‘lishi kerak;
- hujjatning tashqi qurilmada joylashuvi aniq bo‘lishi kerak.
Manzil sifatida, masalan, veb-sahifaning manzilini keltirish mumkin.
Semantik qidiruv – hujjatning mazmuni bo‘yicha qidiruvni amalga oshiruvchi jarayon. Bunda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
- hujjatda va so‘rovnomada keltirilgan tabiiy tildagi yozuvlar axborot-qidiruv tizimi tushunadigan tilga tarjima qilinishi kerak;
- qo‘shimcha shartlar keltirish orqali qidiruvni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |