Oraliq nazorat topshiriqlari IV variant 1-topshiriq



Download 7,41 Mb.
bet2/6
Sana15.04.2022
Hajmi7,41 Mb.
#553117
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizova Nafisa 306-guruh ona tili

2-TOPSHIRIQ. Boshlang‘ich sinfda fe’lni o‘rganishga oid 1 ta dars ishlanmasini mustaqil yozing.
Mavzu: Fe’l so’z turkumi

Darsning maqsadi: a) Fe’l so’z turkumi haqida tushuncha berish. Bilim,malaka va ko’nikmalarini shakllantirish
b) Tabiatni asrash ,mehnatsevarlik tuyg’ularini sindirish
v) Harakat belgilarini o’zlashtirish, yozma malakalarni rivojlantirish.
Darsning jihozi: matnga oid ko’rgazma,tarqatma materiallar , doska va darslik,kompyuter,videoproyektor
I . Tashkiliy qism
a)salomlashish b)davomatni aniqlash s)ma’naviyat daqiqasi
Kun shiori:Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir.
Siz duo qilsangiz bo’lgay ijobat
Gullar izingizda fayz-u barokat
O’zingiz donishmand,so’zingiz hikmat,
Davr keldi qaddingiz uring keksalar
Qarilik gashtini suring keksalar.
Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi.Qani o’quvchilar, yana kimlar qariyalarimiz haqida she’rlar ayta oladilar?
II. O’tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so’rash
O’quvchilar guruhlarga bo’lingan:
”Morfologiya” ”Leksikologiya” ”Fonetika”
O’quvchilarga 4-5 gapdan iborat matn tuzish topshiriladi. Maqsad - o’tilgan mavzuni qanday o’zlashtirilganligini bilish hamda mustaqil ishlashga o’rganish, yozma nutqini va fikrlash qobiliyatini o’stirish, imlo xatolarga yo’l qo’ymaslikka o’rgatish.
Mustaqil tuzilgan matn quyidagi savollar orqali tahlil qilinadi:

  1. Mavzu yuzasidan fikringizni bayon etishda nimalardan foydalandingiz?

  2. Olmosh haqida ma’lumot bering

  3. Tuzgan gapingizda yoki matningizda nechta olmosh mavjud?

III. Yangi mavzu:
O’quvchilarda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini, rivojlantirish, mustaqil ravishda xulosa chiqarish qobiliyatlarini tarkib toptirish musobaqa muhitni yaratish maqsadida sinf guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhga alohida-alohida topshiriq beriladi. Tarqatmalar asosida har bir guruh o’quvchilari so’z, tovush, so’z biurikmasi, qo’shimcha, gap kabi til birliklari yuzasidan o’z xulosalarini bayon etadilar. Bunda darsliklardagi topshiriqlardan foydalanish mumkin.Har bir guruhga oq qog’oz va flamaster beriladi. Har bir guruh mavzuga oid misollar keltirishi va misollarni ifodalab berishlari kerak.
Guruhlar himoyasidan so’ng o’quvhcilar yordamida “Fe’l so’z turkumi’ qoidasi o’qiladi, so’roqlar, so’roqlarga javoblar aytiladi.
Ko’rgazma asosida o’qituvchi fe’l so’z turkumi yuzasidan bilimlarni mustahkamlab, tushuncha berib o’tadi.
Harkatni bajarilishi yoki bajarilmasligini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi. Fe’llar nima qildi?, nima qiladi?, nima qilayapti?, nima qilmoqda?, nima qilmoqchi? kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi. Fe’llar gapda ko’pincha kesim vazifasini bajaradi va ega bilan bog’lanadi.
Fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz shaklda qo’llanadi.
Bo’lishli fe’llar haarkatning bajarilishini, bo’lishsiz fe’llar esa harakatning bajarilmasligini bildiradi. Bo’lishsiz fe’llar fe’l o’zagiga-ma qo’shimchasini qo’shish orqali hosil bo’ladi.Masalan:
Rashid ukasiga xat yozdi.
Bobir vaqtini bekor o’tkazmadi.
IV . Mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash
1-topshiriq .Berilgan so’zlarga –ma qo’shimchasini qo’shing.So’zlarning qanday so’roqlarga javob bo’lishi va –ma qo’shimchasining ma’nosini aniqlang.
O’qi,keldi,qiziqadi
2-topshiriq.Nima qildi so’rog’iga javob bo’luvchi 4 ta so’z toping.Ularni tarkibiy qismlarga ajrating.
82-mashq.Berilgan fe’llarni harakat yoki holatni bildirishiga ko’ra 2 guruhga :harakat va holat fe’llariga ajrating.
Namuna : Harakat Holat
qizardi chopdi
83-84-mashqlar ham shartiga ko’ra bajariladi.
Aziz o’quvchilar! Ayni paytda maktabimizda qaysi fan oyligi o’tkazilmoqda?
O’quvchi:Ona tili va adabiyot fan oyligi o’tkazilmoqda.Shu oyning 21-oktabrida “Til bayrami” o’tkaziladi.
O’quvchilar!Kim til haqida hikmatli so’z va maqollar aytadi,marhamat!
Til bilgan el biladi. Til -dil kaliti.
Tilingni avayla- omondir boshing So’zingni avayla -uzayar yoshing.
“ Keksalarni e’zozlang”,”Mening mahallam”,”Milliy qadriyatlarimiz” mavzularidagi rasmlar guruhlarga beriladi.
Dars davomida biz ko’proq o’quvchilarning nutqini o’stirishimiz, fikrlash doirasini kengaytirishimiz, imlo xatolarga yo’l qo’ymasligiga alohida e’tibor berishimiz kerak. O’quvchilar rasmlar asosida gaplar tuzib, o’qib beradilar va harakat va holat fe’llarini aniqlaydilar
V.Dars yakuni va baholash.Eng faol ishtirok etgan o’quvchilar “5”ballik reyting asosida baholanadi,guruhlarning ishtirokiga ko’ra “Eng faol guruh”,”Eng bilimdon guruh”, “Eng intizomli guruh ” nominatsiyalari beriladi.
VI.Uyga vazifa: 85-mashq.Uy hayvonlarining harakatini ifodalovchi fe’llarga misollar toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Namuna :vovullamoq-Tongda mening Olaparim rosa vovulladi.


Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish