Oraliq nazorat kazusi



Download 110,84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.01.2022
Hajmi110,84 Kb.
#401548
Bog'liq
1636701369 (4)



                             ORALIQ NAZORAT KAZUSI 

 

8.   Ijtimoiy normalar kishilar, ularning jamoalari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga 



soluvchi  umumiy  xulq-atvor  qoidalari  boʻlsa,  huquq  davlat  tomonidan 

oʻrnatiladigan yoki ma’qullanadigan, oʻzida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini 

ifodalaydigan,  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solishga  qaratilgan,  bajarilishi 

umummajburiy boʻlgan yurish-turish  qoidalari yigʻindisi hisoblanadi.  Shu bilan 

birga, huquq va boshqa ijtimoiy normalar bir-biridan turli jihatlariga koʻra, xususan, 

shakllanish  usullari  va  manbalari  boʻyicha,  ta’minlash  usullari  va  ifoda  etish 

shakliga koʻra, kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati va usullariga koʻra, javobgarlik 

mohiyati va tartibi boʻyicha hamda amal qilish sohalari boʻyicha farq qiladi.  

Ayrim manbalarda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqning ahamiyati 

yuqori ekanligi qayd etilsa, boshqalarida ijtimoiy normalar munosabatlarni tartibga 

solishda samarali vosita ekanligini bildiriladi. 

Huquq va boshqa ijtimoiy normalarning bir-biridan farqli jihatlarini yoritish orqali 

vaziyatga baho bering. 

 

 



Kazusning yechimi : 

ISSUE: 


Ushbu kazusni yechishda quyidagi savollarning javobini muhokama qilishga 

asosiy e’tibor qaratamiz: 

 

Birinchi muammo: Ijtimoiy normalar va huquq tarkib topish va harakatda bo’lish 



jarayonlari orqali bir biri bilan qanchalik bog’liq va qanchalik farqlanadi? 

 

Ikkinchi muammo: Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi eng samarali vosita 



sifatida huquq e’tirof etilishi kerakmi yoki ijtimoiy normalar? 

 

RULE: 




 Kazus yechimida foydalaniladigan muhim hujjatlar: O’zbekiston Respublikasi 

Konstititutsiyasi 14,20-moddalari; Ijtimoiy sheriklik to’g’risidagi qonunning 

3,6,23-moddalari; Fuqarolarning o’zini -o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi 

qonun. 


 

APPLICATION: 

Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga kelgan, ijtimoiy 

munosabatlarning  murakkab  mahsuli  bo’lgan  jamiyat  o’z  nomi  bilan  insonlar  va 

ularning  guruhlari  o’rtasidagi  muloqotlar,  munosabatlarga  asoslanadi  va  shu 

elementlardan tarkib topgan.Uning kelib chiqish payti haqida turli qarashlar mavjud 

bo’lib, faktik detallar keltirilmagan, biroq kishilik jamiyati dastlab ibtidoiy jamoa 

tuzumidan  boshlanganligi  haqida  qat’iy  qarashlar  mavjud.  Insoniyat  jamoalarda, 

urug’larda  yashagan  davrlarda  ham  siyosiy  xarakterga  ega  bo’lmagan  hokimiyat 

tuzumi tashkil topgan bo’lib, u orqali insonlar hayoti, ular o’rtasidagi munosabatlar 

tartibga solingan. Bu hokimiyat egalari (urug’ oqsoqollari, harbiy boshliqlar va hkz.) 

jamoa a’zolari bilan birgalikda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar 

tizimini  joriy  etishgan.  Taniqli  olim  Sh.Saydullayev  ta’rif  berishicha,  “Ijtimoiy 

normalar tizimi – bu jamiyatda kishilar xulq-atvorini, muayyan guruh va jamoalar 

o’rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  qoidalar  majmuyidir.”

1

  Ishlab 



chiqaruvchi xo’jalikka hali o’tilmagan kezlarda insonlar yashab qolish uchun tabiat 

in’om  etgan  ne’matlardan  foydalanganlar.  Aytaylik,  agar  ovchi  hayvonlarni  ov 

qilmoqchi  bo’lsa  buning  uchun  avval  yaxshi  tayyorlangan  va  mavjud  diniy 

qoidalarga sig’inib, ovi baroridan kelishini, mavsum serunum o’tishini iltijo qilgan. 

Dehqonlar ham xuddi shunday tayyorgarliklar ko’rishgan. Jamoada bu faoliyatlarni 

qo’llab  quvvatlash,  yaxshi  hosil  olish  uchun  shart-sharoitlar  yaratib  berilgan.  “ 

Huquq  yordamida  ushbu  shart-sharoitlarni  «boshqarish»ga  intilish  ishlab 

chiqaruvchi iqtisodiyot tartibga solish tizimining maishiy, ilohiy kuchlarga sigʻinish, 

marosimiy asosini tashkil etdi. Ilk huquq, shu tariqa, dastlab ham moddiy, ham diniy 

 

1



 Sh.A.Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU,2021. – 93-bet. 


mazmunga  ega  edi”. 

2

Ijtimoiy  normalarning  yana  tartibga  solish  qismi  ham 



bo’lib,unda  sanksiyalar,  tabular  va  turli  xil  yondashuvdagi  ta’qiqlar  vositasida 

insonlar  ma’lum  bir  ishni  bajarishdan  to’xtatilgan.  Ba’zan  bu  tartibga  solishlar 

majburlov  yo’li  bilan  amalga  oshirilib  jamoaning  boshqa  a’zolari  ko’z  o’ngida 

tartiblar buzilsa, jazolanish ehtimoli borligi yaqqol ko’rsatilgan.Va aynan shu jihat 

jamiyat  xulq-atvorini  tuzatish  yoki  bir  me’yorda  ushlab  turish  imkonini  bergan. 

Shahar-davlatlarning  taraqqiy  etib  borishi  bilan  sinfiy  jamiyatlar  shakllanadi  va 

bunda hokimiyatni boshqarayotgan shaxs qat’iy majburlov kuchiga ega progressiv 

qonunlarni  joriy etishni  yo’lga  qo’yadi.  Urf-odatlar,  an’analar  va  diniy  e’tiqodlar 

ko’rinishida  saqlanib  kelinayotgan  tartiblar  esa  asta-sekin  ko’rinishini  o’zgartirib 

odat  huquqlariga  aylanadi.  Ayniqsa,  Yevropada  vujudga  kelgan  feodal  davlatlar 

ishlab chiqarish, xo’jalik va siyosiy hayoti bilan sinfiy jamiyatlardan farq qilsada, 

odatlarga  aylangan  tartiblarni,  huquqlarni  asrab  qolgan.  Buning  yorqin  namunasi 

sifatida  qirol  Xlodvig  davrida  tuzilgan  franklarning  “Sali  haqiqati”ni  keltirish 

mumkin.  Ushbu  qonunlar  to’plami  butun  Yevropa  miqyosida  odat  huquqlari 

yodgorligi bo’lgan edi. Shu  zaylda,asrlar davrlar o’tishi bilan “huquq  – insoniyat 

uzoq  tarixiy tamadduni mobaynida kashf etgan  noyob ijtimoiy qadriyatlardan eng 

sarasi”

3

  yuzaga chiqdi.  



“ Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo’lib, uning ushbu 

xususiyati  ijtimoiy  munosabatlar  bilan  bo’ladigan  muntazam  aloqadorligini 

ta’minlaydi”

4

.    U  jamiyat  taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  o’zida  eng  serqirra 



jihatlarni  qamrab  olganligi  bilan  ajralib  turadi:  avvalo,  huquq-tenglik,  adolat 

tamoyili;  erkinlik,haqiqat  timsoli;  jamiyat  va  davlat  irodasining  normativ 

ifodasi,mezonidir. Sh.Saydullayev izohlashicha,bir qancha tomonlari tufayli huquq 

va ijtimoiy normalar umumiylikni namoyon etadi: 

-ular birgalikda normativ tartibga solish tizimini tashkil etadi

-ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy,  ma’naviy  faktorlar  bilan  o’zaro  bog’langan  ustqurma 

kategoriyalardir; 

 

2



 Islomov Z.M.  Davlat va huquq nazariyasi.- T.: Adolat,2007.- 425-bet 

3

 Odilqoriyev X.T.  Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Toshkent. “Adolat”, 2021. – 161-bet. 



4

 Сабуров Н., Сайдуллаев Ш. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. – Т.: ТДЮИ, 2011. – 63-бет 




-ular    oxirida  bir  xil  vazifa,  ya’ni  ijtimoiy  hayotni  tartibga  solish  ,  jamiyatdagi 

ijtimoiy munosabatlarni me’yorda saqlash vazifalarini ko’zda tutadi. 

 

 

 



Xuddi  shuningdek,  huquq  va  axloq  normalari  ba’zi  asosiy  kategoriyalar  bo’yicha 

bir-birirdan keskin farq qiladi. 

1.

 

Huquq  va  axloq  bir-biridan  avvalo  o’rnatilish  manbalari,  kim  tomonidan 



shakllantirilishiga ko’ra farqlanadi. Yaponiyalik huquq faylasufi, taniqli olim 

Shigeaki  Tanaka  huquq  va  ijtimoiy  xulq  atvor  qoidalari  tizimini 

taqqoslaganda, huquqqa birinchi navbatda, uni harakatlantiruvchi kuch davlat 

ekanligini ta’kidlaydi. “Qonun  odamlar faoliyatini tartibga solish uchun asos 

chorasi  sifatida  hukumat  tomonidan  o'rnatiladigan  va  qo'llaniladigan  tizim 

yoki qoidalar to'plamini o'z ichiga oladi. Bu qoidalar ixtiyoriy emas.” Axloq 

esa  o’z  nomi  bilan  ijtimoiy  ehtiyojlar  natijasida  vujudga  kelgan,  ko’p 

qo’llanilgani bois kishilar ongida shakllangan muayyan xulq-atvorni tartibga 

souluvchi, jamiyat tomonidan o’rnatiladigan normalar tizimidir. 

2.

 



Huquq va axloq ta’minlanish usullari bilan ham o’xshash jihatlarni namoyon 

etmaydi.  “ Huquq - davlat tomonidan о‘rnatilgan va  tomonidan himoya 

          qilinadigan  barcha  uchun    majburiy  bo‘lgan      xulq-atvor            

qoidalarining  tizimi.



 

Agarda  huquqqa  oid  normalar    va  xulq-atvor 

qoidalari  buzilsa,  davlat      huquqbuzarlarga    jazo    va    majburlov     

choralarini  ko‘radi.” 

5

 

          Shu  tariqa,  huquq  normalarini  barcha  bajarishi  shart  va       



majburiy.  Jamoatchilik  tomonidan  nazorat  qilinadigan  axloq  esa     

yuridik  choralar  qo’llanilishini  talab  etmaydi.  Ushbu  tartiblarga 

nisbatan qanday choralarni ishga solishni jamiyat o’zi hal qiladi. 

 

5



  Karimova.O,  Ismatova.N,  Sariqov.  Sh,Amanova.O  8-sinf    O’zbekiston  davlati  va  huquqi 

asoslari:darslik  "Huquq va Jamiyat" nashriyoti 

Toshkent – 2019; 91-bet

 

 




3.

 

Huquq  va  axloq  ifoda  etish  shakliga  ko’ra  farq  qiladi.



6

 

Modomiki,  huquq  normalari  hokimiyat  apparatiga  ega 



davlatning  maxsus  yuridik  hujjatlari(konstitutsiya,  qonunlar, 

qarorlar va hkz) bilan tartibga solinsa, axloq normalari bu kabi 

shaklga  ega  bo’lmay,  ko’pincha  og’zaki  ifoda  etiladi.  Davlat 

joriy  etgan  barcha  qonun  hujjatlarining  kuchga  kirishi, 

kimlarga tegishliligi va qay tartibda amal qilinishi ko’rsatilib, 

vaqt va zamonga qarab o’zgarish xususiyatiga ega bo’lsa, axloq 

barqarorlik  xususiyatiga  egaligi  tufayli    takomillashib 

boraveradi. 

4.

 

Huquq va axloq normalar kishilar ongi-tafakkuriga ta’sir qilish 



usullari hamda xususiyatiga ko’ra farqlanadi. Huquq normalari 

insonlar o’rtasida ulartning buzilgan haq-huquqlarini tiklashda 

yoxud  muhofazalashda  ularga  haqiqat  va  nohaqlik,  adolat  va 

adolatsizlik, 

qonuniy 

yoxud 


noqonuniylik 

nazaridan 

yondashsa, axloq butunlay insoniylik, burch tushunchalaridan 

kelib chiqib ularni barcha ezgu fazilatlarga, hilmga chorlaydi. 

5.

 

Axloq va huquq normalari ularni buzganlik uchun javobgarlik 



tartibi  va  usullari  bo’yicha  farqlanadi.  Biror  bir  shaxs 

huquqbuzarlik sodir etganda unga nisbatan oddiy jazo chorasi 

qo’llanilmasdan,  unga  nisbatan  maxsus-yuridik  javobgarlik 

joriy  etiladi.  Axloq  normalarini  buzganlik  uchun  qat’iy  jazo 

choralari mavjud bo’lmasdan, buni jamiyatning o’zi tafakkuri, 

odatlaridan kelib chiqib belgilaydi.  

6.

 

Huquq va ijtimoiy normalar amal qilish sohalari borasida ham 



bir-biridan  farq  qiladi.  Huquq  normalari  jamiyat  hayotining 

faqatgina  eng  muhim  sohalarini  tartibga  solsa,  axloq ijtimoiy 

munosabatlarning har bir jabhasiga taaluqli bo’ladi.  

 

6



 Sh.A.Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU,2021 -96-bet 


Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, huquq va axloq harakatda 

bo’lish  jarayonida  ko’plab  o’xshashliklar  bilang  birga  keskin 

farqlanishlarga ham ega. 

Ikkinchi masalaga to’xtaladigan bo’lsak, ayrim manbaalarda ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga  solishda  huquq  yoki  axloq  qaysi  biri  eng 

samarali vosita ekanligini aniqlash bo’yicha munozaralar ketgan. Ular 

ikkalasining  kelib  chiqishi,o’zaro  farq  qilishlarini  hisobga  olgan 

holda,  men  huquq  eng  katta  ta’sir  kuchiga  ega  regulyator  sifatida 

yuzaga  chiqadi  deb  o’ylayman.  Buning  bir  qancha  sabablari  bor. 

Masalan,  bir  fuqaro  jinoyat  sodir  etib  boshqa  bir  shaxsning 

huquqlarini  buzsa  va  buni  yopish  uchun  kelishuvga  erishib  olsa 

hamki, bu ish ochiq qolib ketmaydi. Chunki davlat o’z qo’lida bo’lgan 

huquq  orqali  zaruriy  choralar  ko’radi  va  adolat  tamoyillarini  ishga 

soladi.  Bu  kabi  hollarda  yolg’iz  axloqning  o’zi  yetarlicha  ta’sir 

ko’rsata 

olmaydi. 

Shuningdek, 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining  har  birbobida  inson  va  fuqarolarning,  butun 

jamiyatning huquq va erkinliklari aks etgan bo’lib, ularning barchasi 

davlat  tomonidan  kafolatlanishi  alohida  ta’kidlangan.  Uning  20-

moddasida “ Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda 

boshqa  shaxslarning,  davlat  va  jamiyatning  qonuniy  manfaatlari, 

huquqlari  va  erkinliklariga  putur  yetkazmasliklari  shart”  deb 

belgilangan.

7

  Bu  tartib,  albatta,  axloq  normalarida  ham  mavjud 



bo’lsada, (ya’ni har bir kishi o’z atrofidagilarga e’tiborli bo’lishi, o’z 

manfaatlarini deb boshqalarni ziyonga qo’ymasligi shartligi haqidagi 

tushunchalar),huquq  tomonidan  qo’riqlanadigan  bo’lganligi  uchun 

barcha unga so’zsiz, bab-baravar bo’ysunadi. Konstitutsiyaning 14-

moddasida esa “Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini 

ko’zlab  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylik  prinsiplari  asosida  amalga 

 

7

 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi . Toshkent- “O’zbekiston”- 2018. 9-bet 



 


oshiradi.”

8

  deb  belgilanib  bu  ham  insonlar  o’rtasidagi  ijtimoiy 



munosabatlarni  tartibga  solishga,  balansda  saqlashga  xizmat  qiladi. 

Shu  bilan  birga,  “Ijtimoiy  sheriklik  to’g’risida”gi  qonunda  ushbu 

qonun  ijrosi  uchun  mas’ul  organlar  qonunlar  qabul  qilinishida 

fuqarolar,  insonlar  manfaatlarini  hisobga  olib  borishni,  ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga  solishga  qaratilgan  harakatlarning  ijrosini 

nazorat qilishi kerak. “ Fuqarolarning o’z o’zini boshqarish organlari 

to’g’risida”gi qonunning 5-moddasida esa “ Fuqarolarning o‘zini o‘zi 

boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson 

huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlarining  ustuvorligi, 

demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga molik 

masalalarni  hal  etishda  mustaqillik,  jamoatchilik  asosidagi  o‘zaro 

yordam,  ijtimoiy  sheriklik,  mahalliy  urf-odatlar  va  an’analarni 

hisobga  olishdan  iboratdir

9

”  deb  ko’rsatilib,  bu  jamiyatda  huquq 



ustuvorligini ta’minlashda fuqarolarni ham jalb etishning bir usulidir. 

Garchi  axloq  normalari  insonlar  ongiga  ta’sir  etishda  alohida 

mohiyatga  ega  bo’lsada,  ular  barchaga  o’z  tartiblarini  qo’llashda 

birdek effekt bermaydi va ijtimoiy munosabatlarni muvozanatda tutib 

turishdagi funksiyalarni to’liq bajara olmaydi. 

  

 CONCLUSION: 



Xulosa  qilib  aytganda,  huquq  va  axloq  insoniyat taraqqiyoti  erishgan  eng  yuksak 

qadriyatlardandir hamda  jamiyatga, insonlarga ta’sir etishda katta kuchga ega. Ular 

o’rtasida  o’xshashliklar  va farqlar  bo’lib,  bu  har ikkisining  ijtimoiy  ahamiyati  va 

mohiyatini  yoritib  beradi.  Yuqorida  sanab  o’tilgan  ma’lumotlarga  asoslanib,  men 

bugungi  kunda  va  umuman  har  doim  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibda  saqlab 

turishda  huquq  eng  samarali  vosita  bo’la  oladi  deb  o’ylayman.  Chunki  huquq 

nafaqat umummajburiy, balki qat’iy, maxsus-yuridik choralarga ega bo’lib jamiyat 

 

8



 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi . Toshkent- “O’zbekiston”- 2018. 7-bet 

 

9



 Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari to’g’risidagi qonun. 


hayotining mutlaq ko’pchilik sohalarida regulyator vazifasini bajara oladi. U bor va 

ustuvorligita’minlangan 

makonda 

ijtimoi 


normalar 

tizimi 


hamizdan 

chiqmay,barqaror bo’ladi. 

 

 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR RO’YXATI: 



1.

 

Sh.A.Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: 



TDYU,2021. – 93-bet. 

2.

 



Islomov Z.M.  Davlat va huquq nazariyasi.- T.: Adolat,2007.- 425-bet 

3.

 



Odilqoriyev X.T.  Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Toshkent. 

“Adolat”, 2021. – 161-bet. 

4.

 

Сабуров Н., Сайдуллаев Ш. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. – Т.: ТДЮИ, 



2011. – 63-бет 

5.

 



Karimova.O, Ismatova.N, Sariqov. Sh,Amanova.O 8-sinf  O’zbekiston 

davlati va huquqi asoslari:darslik  "Huquq va Jamiyat" nashriyoti

 

Toshkent – 



2019; 91-bet 

6.

 



O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi . Toshkent- “O’zbekiston”- 2018 

7.

 



Shigeaki Tanaka articles(maqolalari) 

 

 



Elektron resurslar: 

1.

 



www.norma.uz

 

2.



 

www.lex.uz

  

3.

 



www.lawlibrary.ru

  

4.



 

www.Cyberleninka.ru



 

 

 



 

Download 110,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish