ORALIQ NAZORAT JAVOBLARI
Топшириқ. Қуйидаги назарий саволларга жавоб беринг.
Ta’lim tizimini boshqarish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Boshqaruv psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo„lib, rahbarning boshqaruv sohasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish, umuman jamoa va shaxsni boshqarish metodikasini o’rganadi. Ushbu muammo boshqaruv psixologiyasi predmeti nuqtai nazaridan turli fanlarda, masalan, falsafa, psixologiya, pedagogika, sotsiologiya va boshqa fanlarda o’rganadi.Ta’lim sifatini ko’tarishda ta’lim tizimini boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim tizimini boshqaqrish o’z navbatida pedagogdan yuksak sa’viya va mahoratli psixologlikni talab etadi. Ta’lim tizimini boshqarish psixologiyasi kishilarni boshqarish faoliyatlari xususiyatlari va natijalarini aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o’rganadi.U kadrlarni tanlashda ularni joy joyiga qo’yishda topshiriqlarni funksiyalarni taqsimlashda xodimlarni rag’batlantirishda intizomni mustahkamlashda va boshqalarda qo’llaniladi. Ta’lim tizimida kadrlar bilan ishlashda boshqaruv psixologiyasini bilish barcha hodimlar bilan birdek ularning psixologiyasidan kelib chiqqan holda ish olib borilsa natija bir necha barobarga ortishi mumkin. Ta’lim tizimini boshqarish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi esa bu sohaning yanada chuqurroq o’zlashtirililishiga turtki bo’ladi. Ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, ta’lim tizimini boshqarish psixologiyasi bevosita informatika, pedagogika, dinshunoslik, etika-estetika fanlari bilan bog’liqdir.Boshqaruv muammosi XX asrning oxiri va XXI asr boshlaridagi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Bu holat inson omilining barcha ijtimoiy jarayonlardagi oshgan roli bilan izohlanadi. Bundan tashqari, insonlarning o'zida ham ilk yoshlikdan liderlikka ishtiyoq, xizmat lavozimlarida muvaffaqiyatga intilishga moyillik kabi shaxsiy sifatlar ham namoyon bo'la boshladi. Bunday ijtimoiy psixologik hodisalar eng avvalo boshqaruv sohasini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish, mehnat maxsuldorligi va insoniy munosabatlarni yaxshilash kabi masalalarda ushbu omilning ta’sirchan rolini oshirishni kun tartibiga dolzarb qilib qo'ydiMustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan O'zbekiston uchun ham boshqaruv tizimini takomillashtirish, rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish, ularning bilim saviyalarini yanad yuqori bo'lishi bilan bog'liq shart-sharoitlarni yaratish masalasi taraqqiyotning muhim omiliga aylanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |