Oraliq nazorat ishi
2- variant
1.Og'zaki nutq avvalgidek kommunikatsiya (muloqot)ning eng ko'p ommalashgan shakli bo'lib qolmoqda. So'zlovchini tushunishlari uchun faqat yaxshi diksiyaga ega bo'lishning o'zi kamlik qiladi. So'zlovchi nima demoqchi ekanligini o'zi yaxshi tushunishi zarur. Bundan tashqari shunday so'zlarni tanlash kerakki, so'zlovchining fikri aniq va tushunarli bo'lishi lozim. Agar inson katta auditoriya oldida nutq so'zlashi kerak bo'lsa, u o'zi uchun ma‘ruza matnini shakllantiradi. Lekin kundalik turmushda og'zaki nutq oddiylikni talab qiladi va bu holat insonlarda xavotir, ishonchsizlik, ba‘zan esa qo'rquv paydo qiladi. Og'zaki nutq ustida ishlashni lug'at boyligini kengaytirishdan boshlash mumkin. Martin Iden J.Londonni eslang. U yozuvchi bo'lishga qaror qilib, har kuni belgilangan miqdorda yangi so'zlarni o'rganishni boshlagan. Bu unga yordam bergan. Hozir, odatda xorijiy tillarni o'rganish uchun yangi so'zlar o'rganiladi. Agar siz aynan nima demoqchiligingizni bilsangiz (tushunsangiz)va sizning lug'at boyligingiz yetarlicha boy bo'lsa, siz o'z fikringizni aniq ayta olasiz va bu bilan yuz berishi mumkin bo'lgan anglashilmovchiliklarga barham berishingiz mumkin.Nutqdan foydalanib biz suhbatdoshimizning ijtimoiy statusini tan olishimiz yoki tan olmasligimiz mumkin. Chunonchi, biz birovga salom berar ekanmiz odob nuqtai nazaridan qo'lni ko'ksimizga qo'yib, boshni sal egib, ta‘zimga yaqin harakat qilib salomlashamiz. Bu – o'zbekona urf-odati. Shunda bu nolisoniy, mohiyatan etnik-etnografik tamoyillar bilan birga, albatta, «Assalomu alaykum!» lisoniy iborasi ham ishlatilishi zarur. Bosh kiyimini yechib salomlashish rus xalqiga xos, hind xalqi esa qo'l kaftlarini bir-biriga jipslashtirgan holda salomlashadi. Hatto, o'zbeklarning o'zini ichida turli toifa va guruhlarning bir-biri bilan salomlashishi jarayonida lisoniy va nolisoniy vositalar, nutqiy shtamplar, harakat va holatlar bir xil emas. Bularni hisobga olish esa, nutq odobi uchun juda zarurdir.Verbal va noverbal suhbatda turli vositalardan foydalanish ma‘lum ijtimoiy holatni shakllantirish va tushunish uchun imkoniyat beradi. Ayollarga qilinadigan iltifot har doim ham uning rostdan ham go'zal yoki yoqimli ekanligini ifodalamaydi. Bu ―kommunikativ jarayon, kommunikantlar o'rtasida turli ijtimoiy holatdarni belgilab beradi. Ayol va erkaklar davrasida turli xil leksik birliklar ishlatiladi. Aralash davralarda esa turli qo'pol, birovlarning oriyatiga tegadigan so'zlardan ishlatishga yo'l qo'yilmaydi. Suhbatlar davomida davraning sotsialmadaniy saviyasi, davra a‘zolarining yoshi va jarayon sodir etilayotgan joy inobatga olinadi.
2.Maqola yozish jarayonida jurnalist ko'plab axborot manbalari bilan ishlashiga to'g'ri keladi. Ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida band bo'lgan insonlarda mavjud axborot ayniqsa qimmatli hisoblanadi. Shu ma'noda ulardan intervyu olish jurnalist uchun axborot to'plashning eng samarali usullaridan biri sanaladi. Ammo ko'p vaqt va kuch talab qiladigan jarayon. U ko'p jihatdan bo'lajak suhbatni tashkil etish, ijtimoiy ahamiyatli axborotga ega bo'lgan suhbatdosh uchun savollarni tayyorlash bilan bog'liq bo'ladi. Materialning oxirgi ko'rinishida intervyudan parchalargina beriladi. Jurnalistika amaliyotida tayyor bo'lgan materialni xato va kamchiliklar hamda noaniqliklarga yo'l qo'ymaslik uchun intervyu beruvchiga o'qitib olish yaxshi odat hisoblanadi. Televideniye va radio intervyularida auditoriya savol va javoblarni eshitib turadi, shu bois xatoliklar ehtimoli kam bo'ladi. Suhbatdoshga beriladigan savollarni shakllantirib olish uchun mahoratli jurnalistlar intervyudan oldin mavzuni diqqat bilan o'rganadi. Agar jurnalist intervyuda tilga olinayotgan mavzu bilan tanish bo'lmasa, aniq va asosli savollar berishi mushkul. Intervyu olish tavsiyalar:
- qisqa javoblar qaytariladigan savollar bermaslik lozim,
- savollarni navbatma-navbat berish maqsadga muvofiq. Bir vaqtda ikkita savol berilganda intervyu beruvchi ularning bittasiga javob qaytarishi yoki javoblar aralashib ketishi ehtimoli yuqori bo'ladi,
- jurnalist o'zining suhbatdoshga va mavzuga qiziqishini ko'rsatib bera olishi uchun intervyuga jiddiy tayyorgarlik ko'rishi zarur. Aniq shakllantirilgan savollar bo'lg'usi materialning muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillardan biri hisoblanadi.
- diqqatingizni jamlab suhbatdoshingizni tinglang. Javoblar izoh talab qilsa, qo'shimcha savollar bering,
- o'z nuqtai nazaringizni bildirmang, intervyu beruvchining fikrlariga e'tibor bering,
- o'ta murakkab savollar bermang.
3.Inson kamol topar ekan, hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi. U qaysi sohani tanlamasin, odamlar bilan munosabatga kirishadi, xizmat vazifasi bilan bog‘liq yoki shaxsiy masalalarni hal qiladi. «Muomala madaniyati» degan ibora zamirida qanday ma’no yotadi? Savol oddiy, ammo uning javobi esa zalvorli. Mutaxassislar muomala madaniyatini ikki qismga bo‘ladi: tinglash va so‘zlash jarayoni.
Tinglash madaniyati. Hayotda turli xil fe’l-atvorga ega insonlarga duch kelamiz. Ba’zilar bilan hamsuhbat bo‘lib, uning o‘zini tutishiga, did-farosatiga havas qilamiz, o‘rnak olamiz. Boshqa bir toifadagilar bilan suhbatlashganda esa kayfiyat buziladi. Nega shu odam bilan uchrashib qoldim-a, deya afsuslanasiz. Sababi shuki, u sizning fikringizni to‘liq eshitmaydi, gapingizni og‘zingizda chala qoldiradi. Sizga gal bermay, faqat o‘zi gapiradi.
Bir ziyoli tanishim bor. U-bu narsalar yozib turadi. Suhbatdoshining gapiga umuman quloq solmaydi. Unga o‘zining fikridan muhimroq narsaning o‘zi yo‘q. Tanbeh beray desangiz, yoshi katta. Bu holat boshqalarning g‘ashiga tegadi. Masalaga jiddiy qaraganimizda, birovning fikrini tinglayolmaslik, betoqat bo‘lish bilan bir qatorda noxush taassurot qoldiruvchi holatdir. Bu qusur insonga ko‘plab imkoniyatlar eshigini yopishi allomalarimizning bizgacha yetib kelgan bitiklarida qayd qilingan.
Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shahri» asarida: «Har bir inson, o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi», deydi. Fikrning mazmuniga e’tibor qaratsak: insonga hayotda ko‘p narsa kerak bo‘ladi, buning uchun u insonlarga qo‘shilishi kerak. Jamoa esa, boshqalarning fikrini hurmat qiladigan, muhimi, e’tibor bilan tinglay oladigan odamlarni o‘z davrasiga qabul qiladi. Jamoaga qo‘shilib keta olish qobiliyati bolalikdan shakllangan bo‘lsa, ulg‘ayganda odamlar bilan munosabatga kirishib ketish mushkullik tug‘dirmaydi. Tinglash madaniyati bolalikdan tarbiyalanib borilmasa, ulg‘ayganda buni shakllantirish juda qiyin. Hech kimni eshitmay, tinimsiz javrayotganlar xuddi qulog‘i burab qo‘yilgan radioga o‘xshaydi: yo tinglash kerak yoki undan uzoqlashish.
O‘zaro muloqotda bir kishi gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muloqotning samarali kechishi har ikkalasining dunyoqarashi bir-biriga mosligiga bog‘liq. Mashhur amerikalik notiq Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh — yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deb bejizga aytmagan. Zero, eshitish madaniyati o‘ziga xos ijobiy xislat sifatida e’tirof etiladi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, kishi bir sutkalik vaqtining 45 foizini kimlarnidir tinglashga sarflar ekan. Odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘luvchi shifokor, savdo xodimi, aloqachi, rahbar, muxbir, tadbirkorlar oylik maoshlarining 35-40 foizini odamlarni tinglaganligi uchun oladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tinglash qobiliyatini o‘zlashtirish xuddi so‘zlash mahorati kabi muhim ahamiyatga ega.
Muloqot chog‘ida tinglovchi suhbatdoshining yuziga qarab turishi, imo-ishora bilan uning gaplariga befarq emasligini bildirishi so‘zlovchiga nisbatan unda do‘stona munosabat borligini anglatadi va bu faol tinglashga misol bo'la oladi.
Tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali kechishida katta o‘rin tutadi. Suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglab, unda o‘z-o‘ziga hurmatni tarbiyalashingiz, uni ilhomlantirishingiz, ruhlantirishingiz kerak.
Nofaol tinglash yoki umuman tinglamaslik odatining yana bir turi paydo bo‘ldiki, bu zamonamizga xos bo‘lib qoldi. Sizni tinglamayotgan odamga biror imo-ishora yoki harakat orqali gapingizni yetkazarsiz, biroq telefon orqali so‘zlashuv jarayonida suhbatdoshini eshitmasdan «bidirlab» ketadigan odamga nima deysiz?
Muloqot etikasi va aynan tinglash madaniyati barcha zamonlarda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Vaqti tig‘iz kishining kimnidir sabr-toqat bilan tinglashga chog‘i kelavermaydi. Sizga ko‘nglini ochib so‘zlayotgan insonni eshitmaslik unga nisbatan hurmatsizlikning bir ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |