Oraliq nazorat ishi


Issiq suv uchuv qo’yiladigan asosiy talablar



Download 45,53 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi45,53 Kb.
#236037
1   2   3
Bog'liq
1- Oraliq nazorat ishi

Issiq suv uchuv qo’yiladigan asosiy talablar

Iste’molchilarga beriladigai issiq suv davlat tomonidan qo’yiladigan standart DAST 2874—82 "Ichimlik suvi" ga javob berishi kerak. Suv isitgichdan keyingi suvning issiqligi sanitar gigiena normalariga asoslanadi. Pastki chegara uchun 60°S belgilangan, bu haroratda suv tarkibidagi barcha biologik jonzodlar o’ladi. Yuqorigi chegara uchun 75°S belgilangan. Bu harorat iste’molchilarning suvni ochib kuyib qolishliklari oldini olish uchun belgilangan.

QMQ 2.04.07—96 suvning haroratini suv isitgichdan keyin emas balki suv olish nuqtalarida belgilaydi:

Issiqlik tormog’iga yopiq usul bilan ulangan markaziy issiq suv bilan ta’- minlash tizimlari uchun 50°S dan past bo’lmasligi kerak. Issiqlik tormog’iga ochiq usul bilan ulangan markaziy issiq suv bilan ta’minlash tizimlari uchun 60°S dan past bo’lmasligi kerak. Ikkala xolat uchun ham suvning yuqori harorati 75°S oshmasligi kerak

Yuvinish va dushlar aralashtirgichlaridan olinadigav suvning xarorati 37°S dan oshmasligi kerak. Agar istemolchilarga ko’rsatilgan yuqori chegaradagi suvning haroratidan (75°S) oshiq bo’lgan haroratdagi suv kerak bo’lsa (masalan jamoat ovqatlanish korxonalarida yog’li idishlarni yuvish uchun), suvni ko’shimcha, joyniig o’zida elektr yoki gaz pechkalari yordamida isitiladi. KMQ da berilgan suv haroratining yuqori va quyi chegarasi suvning quvurda sovushini hisobga olmagan holda belgilangan. Tizimda xarakatlanayotgan issiq suv 5 - 10% ga soviydi.

Issiq suv ta’minoti tizimlari quyidagi turlarga bo’linadi.

a ) ochiq tizim

2-rasm.


Bunday tizim uzuluksiz suv ishlatib turiladigan tizimlarda qo’llaniladi.

b) aylanma tizim

v) uzatuvchi quvurlari yuqoridan joylashgan tizimlar

3-rasm.Bunday tizimlar asosiy qo’llaniladigan tizimlardir.



1-issiq suv uzatuvchi quvur; ;

2-suv o’lchagich;

3-orkaga suv o’tkazmaydigan asbob;

4-suv isitgich;

5-bosh ustun;


6-xavo chiqargich

7-issiq suvni bo’luvchi quvur

8-suv olish krani;

9-aylanma kvur;

10- aylantiruvchi nasos.


2 Vertikal rejalashtirish hududni qurilish, rejalash, qurish va obodonlashtirish talablaridan kelib chiqqan holda tabiiy relyefni qayta shakllantirish, o'zgartirish va moslashtirish ishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Vertikal rejalashtirish maxsus tuziladigan loyihalar asosida tuproqni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish bilan

amalga oshiriladi.

Hududni injenerlik tayyorlash ishlari vazifasi barcha talablardan kelib chiqqan holda relyefning eng maqbul yechimini topishdan iboratdir. Vertikal rejalashtirish materiallari shahar hududida ko‘chalar; binolar, yer osti kommunikatsiyalari va boshqa turdagi inshootlami loyihalashda relyef haqida dastlabki ma’lumot hisoblanadi.

Vertikal rejani loyihalash va uni amalga oshirishda ikkita ketmaket bosqichni ko'rsatish kerak: birinchisi - hududni injenerlik tayyorlashga tegishli bo'lib, unda hudud relyefini umumiy holda tashkil etish va uni qurilishga tayyorlash masalalari hal etiladi, ikkinchisi — hududni rejalashtirish, qurish va obodonlashtirish bo‘lib, bu bosqichda mikrorelyef loyihalanib, binolar, inshootlar, ko'cha va yo'llar va shahar hududining boshqa elementlarining belgilari qo ‘yiladi.

Noqulay shart-sharoitlar va jarayonlami bartaraf etish bilan bog'liq tadbirlarda vertical rejalashtirishning roli quyidagi holatlarda o'rinlidir, xususan:

- shahar hududini kuchli yomg'irlar yoki suv manbalari ta’sirida suv bosishida hamda suv omborlari inshootlaridan shahar hududini himoya qilish hududni vertikal rejalashtirish vazifasiga kiruvchi dambalar qurish yoki hudud sathini ko‘tarish evaziga amalga oshiriladi;

- hududni sizot suvlari ta’sirida suv bosishidan saqlash, drenaj tizimi yordamida yoki maydon sathini vertikal rejalashtirish yordamida amalga oshiriladi;

- shahar hududida botqoqliklar mavjud hollarda ularga qarshi kurashning asosiylaridan biri vertikal rejalashtirish bo'lib, u yordamida turib qolgan suvlarning oqim yo'nalishi rejalashtiriladi va tashqi suvlarni qochirish uchun sharoit yaratiladi;

- cho‘l va yarim cho'I zonalarda hududni sun’iy sug'orish maqsadida sug'orilayotgan maydonlarga suv o'z oqimi bo'ylab vertikal rejalashtirish asosida amalga oshiriladi;

- jarlik mavjud va jariiklar rivojlanayotgan hududlarda vertical rejalashtirish yordamida jariiklar qiyaliklarini yuvib ketuvchi tashqi suvlarning yo'nalishi tashkil etiladi hamda jarliklami tugatish ulami ko'mish orqali amalga oshiriladi;

- ko'chkili hududlarda ko'chkilami oldini olish tadbirlariga tashqi suvlarni qochirishni tashkil etish orqali vertikal rejalashtirish ishtirok etadi;

- shahar hududida karst jarayonlari mavjud hududlarda karst natijasida vujudga kelgan voronkalami tashqi suvlardan saqlash va ularni yo'qotish bo'yicha vertical rejalashtirish hududni tekislash maqsadida qo'llaniladi.

Vertikal rejalashtirish va uni amalga oshirish u bilan bog'liq bo'lgan tadbirlar majmuasi bilan birgalikda qo'llanilganda maqsadga muvofiqdir, bular: yer osti suv qochirish tarmoq'ariri o'matish bilan tashqi suvlami qochirish; sizot suvlarining ssts ; baland bo'lgan hollarda drenaj tarmoqlaridan foydalanish; jarlik va ko'chkili hududlarda tirgak devorlar o'matish va boshqalar.



Relyef va uning vertikal rejasi ko ‘pgina shaharsozlik masalalariniyechishda bevosita yoki bilvosita o'z ta ’sirini ko'rsatadi, xususan:

* shahaming umumiy me’moriy-rejaviy kompozitsiyasida, uning tumanlari, majmualar, maydonlar va alohidagi bino va inshootlaming joylashuvida hudud relyefining xususiy shakllaridan kelib chiqqan holda foydalanish;

* shahar va uning tumanlarini qurishda, bino va inshootlami mikrorayonlar va turar joy kvartallarida joylashtirish xususiyatidan kelib chiqqan holda relyef va uning shakllarini hamda vertical rejalashtirishni inobatga olish;

* ishlab chiqarish texnologiyasidan kelib chiqqan holda, sanoat korxonalarini joylashtirish va odatda kichik nishabliklarga ega tekis sinlami talab qiluvchi maydonlami joylashtirish va h k. holatlarda.




Download 45,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish