Oralik nazorat 4-variant.
1)Telenutqdagi lisoniy vositalar haqida nimalarni bilasiz?
Televideniye – ommaviy kommunikasiyaning audiovizual vositasi sifatida yuzaga keladi. U yangrayotgan nutq va ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘layotgan obrazni birlashtiradi. Televideniye tili tadqiqotchisi O.V.Aleksandrovaning fikricha, telekommunikasiya – avvalo, ommaviy kommunikasiyadir. Bu shunday axborot almashinuviki, unda turli guruh va tabaqalarga mansub millionlab odamlar axborotni qabul qiladi va undan foydalanadi.Telenutqda til vositasini tanlash zaruriy emas, unda ko‘proq og‘zaki-adabiy me’yorga murojaat qilish kuchli. Biz bu jarayonni zamonaviy televideniyening prinsipial, belgilovchi ifodasi sifatida tan olamiz. Bugungi kunda elektron kommunikasiyaning zamonaviy ko‘rinishlarining rivoji, “so‘zlashuv janri”ga xos tele- va radiodasturlarning ko‘payganligi tadqiqotchining fikrini tasdiqlaydi. Hozirgi adabiy til funksiyasida uning asosiy kommunikativ sohalar bilan ommaviy nutqiy kommunikasiyalar sohasi borgan sari kuchaymoqda. Hozirgi zamon televideniye tili haqida to‘xtalganda, teleboshlovchi nutqning prosodik xarakteristikasi tahlilida, teleobraz yaratayotganda, tasvir vositalarini tanlashda zamonaviy televizion nutqning quyidagi xususiyatlarini hisobga olishi zarur:
– intimizasiya;
– dialogizasiya;
– individualizasiya;
– tagmatn(podtekst)ning mavjudligi.
2) Internet tili va uslugi k,anday tasniflanadi?
Internet tilining ayrim tadqiqotchilari elektron muloqot va elektron diskurs tushunchasini bir biridan farqlab, kompyuterdagi “matnli” muloqotning til va nutqga xos xususiyatlarini ta’riflovchi tor tushuncha deb hisoblaydilar, qaysiki diskursiv tahlil uslublari bilan o‘rganiladi. Shu tariqa, elektrondiskurs elektron kommunikasiya deb atalmish yanada kengroq tushunchaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Internet tili haqida gapirilganda uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak :
-Internet – global muloqot muhiti, kommunikativ makon;
-kompyuter kommunikasiyasi;
-tarmoqda ishlatiladigan matnlar yordamidagi kompyuterkommunikasiyasi;
-kompyuter suhbati;
-kompyuter orqali amalga oshiriladigan mantli kommunikasiya
.Internetdagi muloqotning imkon qadar soddalashuvi til, keyin esa jismoniy (real) shaxsning soddalashuviga olib keladi va ruhiyatdagi to‘xtatib bo‘lmas o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Muloqotning vizuallashuvi verbal ifoda va qabul qilish qobiliyatining pasayishiga olib keladi, bu esa turli yoshdagi insonlarning muloqotida aks etadi, uning samarasi va o‘zaro anglashuvni pasaytiradi.Agar Internet funksiyalarini til funksiyalari haqidagi ta’limotga tayangan holda tasavvur qilishga harakat qilsak, unda tilning an’anaviy ravishda ajratilib ko‘rsatiladigan funksiyalari global tarmoqning funksiyalarini ham g‘oyatda aniq tavsiflashi ayon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |