Korrupsiyaga qarshi ko‘rashishnnng tashkiliyhuquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi ko‘rashish tadbirlarining samaradorligini oshirish. Jinoyatchilikka qarshi ko‘rash tizimini va inson huquqlarining ishonchli himoyasini yanada takomillashtirish, xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash qonuniylikni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslarni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi ko‘rashish samarali tizimini tashkil etish zaruriyatini namoyon etadi.
Mazkur sohadagi islohotlarning amalga oshirilishida milliy qonunchilikka xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari tadbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi, buni biz 2008 yili «Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi ko‘rash konvensiyasiga (NyuYork, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining kushilishi to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur Konvensiyaning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashda uning oldini olish bo‘yicha yanada samarali va ta’sirchan chora-tadbirlarni qabul qilish va mustahkamlash, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
2010 yili O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha tizimining Istanbul harakat dasturiga qo‘shildi. OESR xalqaro ekspertlari o‘zining bir necha bor amalga oshirgan tashriflari natijasidagi hisobotlarida oxirgi yillarda yurtimizda ushbu sohada amalga oshirilgan va tadbiq etilgan islohotlarga ijobiy baho berishdi.
O‘zbekiston tomonidan tashlangan yana bir muhim qadam bu 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar kompleks rejasi tasdiqlanganidir.
Ushbu Kompleks dastur turli davlat idoralari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va ilmiy soha mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan. Reja korrupsiyaga qarshi ko‘rashish siyosat va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha masalalarning ayrim jihatlarini uz ichiga oladi.
Xalqaro standartlarni hisobga olgan xolda, korrupsiyaga qarshi ko‘rash bo‘yicha huquqiy va institutsional asoslarni kelgusida takomillashtirish maqsadida 2017 yilning 4 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi ko‘rashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga qarshi ko‘rashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vakolatli davlat organlari tizimi, fuqarolarning o‘zini uzi boshqarish organlari, nodavlatnotijorat tashkilotlarining, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi ko‘rashishda ishtirok etishi, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik masalalari aks etgan.
Qonun bilan qamrab olingan chora-tadbirlar doirasi O‘zbekistonning siyosiy hoxish-irodasi va korrupsiyaga qarshi ko‘rashish siyosatining jiddiyligini tasdiqdaydi. Qonun yagona bir butunligicha barcha korrupsiyaga qarshi ko‘rashish elementlarini o‘zida qamrab olgan.
Qonunga ko‘ra korrupsiyaga qarshi ko‘rashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning mukdrrarligi.
Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qorakalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
«Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni uz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqdandi[10].
SHunday qilib, O‘zbekiston antikorrupsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish uchun institutsional bazani mustahkamlash maqsadida muhim qadamlarni tashlagan, desak, adashmaymiz.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida:
qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash;
davlat xizmati organlarining faoliyatida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash;
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan mutlaq murosasizlik madaniyatiga erishish;
xalqning davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga erishiladi.
Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |