Oracle database express edition muhitida jadvallar yaratish



Download 2,46 Mb.
bet1/2
Sana10.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#649728
  1   2

Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni yozish, o‘zgartirish va o‘chirish
ORACLE DATABASE EXPRESS EDITION MUHITIDA JADVALLAR YARATISH
Oracle Database 10g Express Edition (Oracle Database XE) - bu Oraclening bepul versiyasi. MBBT bilan ishlash brauzerning intuitiv WEB-interfeysi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu interfeysdan foydalanib, ma'lumotlar bazalari jadvallarini yaratish, jadvallar o'rtasida aloqalarni o'rnatish, ma'lumotlarni kiritish, so'rovlar, hisobotlarni yaratish va foydalanuvchilarni boshqarish bo'yicha barcha asosiy operatsiyalarni bajarishingiz mumkin.
Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko'rinishida o'rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin.
Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma'lumotlar bazasi tushunchasi tashkil etadi.
Ma'lumotlar bazasi – bu serverda joylashgan bir yoki bir necha fayllardan tashkil topgan, shu serverga yig'iladigan va so'rovlar orqali nazorat qilib boriladigan ma'lumotlardir. Ma'lumotlar bazasi mantiqiy va jismoniy ko'rinishda bo'lishi mumkin. Mantiqiy ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasining asosini jadvallar tashkil etadi. Jadvallar ustun va qatorlardan tashkil topgan bo'lib, ular birlashgan joy(yacheyka) da ma'lumotlarni saqlaydi. Bu ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasi " реляционная база данных " deyiladi. Baza eng kamida jadvaldan tashkil topgan bo'lishi shart, bu shart ma'lumotlar bazasi mavjud bo'lishning eng minimum shartidir.
Bazada saqlanayotgan ma'lumotlarni xafsizligini saqlash maqsadida Oracle(MBBT) da juda ko'p ishlar amalga oshirilgan, biz ularni keyingi maqolalarda ko'ramiz. Ma'lumotlar bazasini tashkil etgan fayllarni: ma'lumotlar bazasi fayllari va ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllar ko'rinishida ajratishimiz mumkin. Ma'lumotlar bazasi fayllarida ma'lumotlar saqlanadi, ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo'shimcha ma'lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar bilan Oracle administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi.
Oracle ning juda ko'p utilitlari(Rman, Oracle Data Guard, Oracle Data Grid,… ) mavjud bo'lib, ular ham ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda taqdim etish(boshqarish, nazorat qilish) uchun ishlatiladi. Misol tariqasida Rman utilitasini oladigan bo'lsak, bu utilita bazani to'liq yoki qisman zahira nusxalarini juda katta xajmga kamaytirib(siqib) hosil qiladi va saqlash uchun o'zi chunarli bo'lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast etganda shu zahira nusha orqali bazani qayta tiklash mumkin bo'ladi.
Oracle SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so'rov tili ma'lumotlar bazasini yuklash, uni to'xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o'chirish, o'zgartirish, ma'lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Bu til juda ko'p Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizim lari uchun umumiy hisoblanadi. SQL kodlari bir yoki bir necha jadvallar ustida so'rovlarni amalga oshira oladi.
Ma'lumotlarni boshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan web sahifa yaratishgan bo'lib, bu sahifa orqali butun Oracle ni boshqarish mumkin bo'ladi. SQL kodlarini bilmaydigan foydalanuvchilar ham bu web sahifa orqali barcha vazifalarni bajarishi mumkin, faqatgina kerakli "ссылка" larni bosish kifoya. Har bir ma'lumotlar bazasi uchun alohida-alohida Enterprise Manager sahifasi bo'ladi, har bir sahifa portlar orqali ajratiladi. Barcha brauzerlarda bu sahifa yaxshi namoyon bo'ladi va bazani xafsizligiga portlarni boshqarish yo'li bilan erishish mumkin.
Ushbu paket bilan ishlashning asosiy qoidalarini ko'rib chiqamiz.
1. Paket taqsimotini ishga tushiring - OracleXE.exe fayl (hajmi 240 mb). O'rnatish joyini ko'rsatamiz va boshqa variantlar bilan kelishib olamiz. O'rnatish sahifalarining birida siz MBBT serveriga kirishimiz mumkin bo'lgan parolni ko'rsatishingiz kerak. Oracle ga parolingizni o'rnating.
2. O'rnatishdan so'ng, Пуск\Программы bo’limida Oracle Database 10g Express Editing pastki qismlarni o'z ichiga olgan menyu paydo bo'ladi

1.35-rasm
Get Help - yordam
Backup Database – Ma'lumotlar bazasini zaxiralash
Get Started – Oracle Express yordamiga murojaat qilish
Go To Database Home Page – Bosh sahifa
Run SQL Command Line – SQL buyruqlari yordamida ma'lumotlar bazasi bilan ishlash
Start Database – serverni ishga tushirish
Stop Database – serverni to'xtatish
3. Ma'lumotlar bazasi bosh sahifasiga Go To Database Home Page ga o'ting. Quyidagi oyna ochiladi:

1.36-rasm
4. Dastlab, (oracle) o'rnatishda ko'rsatilgan parol bilan bitta tizim foydalanuvchisi serverda yaratildi, shuning uchun dastlab ushbu foydalanuvchi nomi va parol bilan tizimga kirish kerak. Foydalanuvchi nomini tekshirish uchun havolani bosing: «Click here to learm how to get started». 2-bandda kiritilishi kerak bo'lgan foydalanuvchi nomi ko'rsatiladi.

1.37-rasm
5. Keyin Administration dan Database Users  Create Users tanlanadi:

1.38-rasm
6. Yangi foydalanuvchining nomini va MBga kirish uchun parolni kiritib olamiz:

1.39-rasm
7. Shaklni to'ldirgandan so'ng Create (Создать) tugmasini bosing. Keyinchalik, ekranning yuqori o'ng burchagidagi Logout havolasini bosib, jarayonni yakunlang.

1.40-rasm
8. dan Create Table ni tanlaymiz.

1.41-rasm
9. Jadval yaratish oynasi ochilgach, jadval yaratiladi. (Columns) jadval tekshiriladi:

1.42-rasm
10. Next tugmasi bosiladi. Kalit maydonni belgilab olamiz(Primary Key): Populated from a new sequence ni belgilab, Kalit sifatida kelgan atributni ko’rsatamiz:

1.43-rasm
11. Next tugmasini bosing. Tashqi kalitni o'rnatish uchun forma (Foreing Key) ochiladi. Agar tashqi kalit o'rnatilmagan bo'lsa, "Next" ni bosing.

1.44-rasm
12. Cheklovlarni yaratish uchun shakl ochiladi. Hech qanday cheklovlar bo'lmasa, Finish-ni bosing.
13. Quyidagi shaklda foydalanuvchi jadval yaratgani haqida xabar berilgan. Ko’rish uchun create tugmasini bosing.

1.45-rasm
14. Jadval sozlamalari dialogi ochiladi. Chap tomonda barcha yaratilgan jadvallarning ro'yxati. O'ng tarafda: jadvalni yaratish va o'zgartirish uchun sozlamalar menyusi mavjud:
- ustun qo'shing,
- ustunni o'zgartirish,
- Ustunning nomini o'zgartiring,
- ustunni o'chirish,
- Jadvalning nomini o'zgartirish,
- jadvalni nusxalash,
- Jadvalni o'chirish.
Jadvalni to'ldirish uchun Data-> Insert Row qatorini tanlang.
Ko'rsatilgan shaklda ma'lumotlarni kiriting:

1.46-rasm

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish