16. Бош миянинг қаттиқ мия пардаси: синуслар, ўсиқлар, клиник аҳамияти.
Bosh miyaning qattiq pardasi (dura mater encephali) pishiq bo'lib, tarkibida kollogen va elastik tolalari bo'lgan biriktiruvchi to'qimadan iborat. Kalla bo'shlig'ini ichki tomondan qoplab, u kallaning miya qismi suyaklarini qoplovchi suyak usti parda vazifasini ham bajaradi. Kalla qopqog'i suyaklari bilan u pishiq birikmagan bo'lib, oson ajraladi. Kalla asosi suyaklari bilan u choklaming chekkalari va teshiklar sohasida mustahkam birikkan. Qattiq pardaning to 'r pardaga qaragan ichki yuzasi silliq. Ba’zi sohalarda qattiq parda bo'linib, endoteliy bilan qoplangan uchburchak shaklidagi vena bo'shliqlarini hosil qiladi. Vena bo'shliqlariga qon bosh miya va kalla suyaklari venalaridan oqib keladi. Bosh miyaning qattiq pardasi o'zining ichki yuzasidan miyaning qismlari o'rtasiga kirib, ulami bir-biridan ajratuvchi bir nechta o'simtalar beradi. Ulardan bosh miya o'rog'i (falx cerebri) yarimsharlar o'rtasidagi bo'ylama yorig'da joylashgan yupqa plastinka bo'lib, qadoq tanaga yetib bormaydi. Miyacha chodiri (tentorium cerebelli) ikki qiyalik chodir shaklidagi gorizontal tortilgan qatlam, miya yarimsharlarining ko'ndalang egatiga kirib, bosh miyani miyachadan ajratadi. Miyacha o'rog'i (falx cerebelli) sagital yo'nalgan bo'lib, miyacha yarimshariari o'rtasiga kiradi.Turkegari to'sig'i, (diaphagma sellae) gipofiz chuqurchasi ustida gorizontal joylashgan, o'rtasida teshigi bor qatlam. Uning ostida yotgan gipofiz teshikorqali gipotalamus bilan qo'shiladi. Bosh miyaning qattiq pardasi vena bo'shliqlari uning ikki bo'linishidan hosil bo'lgan bo'lib, ular orqali bosh miyadan vena qoni ichki bo'yinturuq venaga oqadi. Vena bo'shliqlari devori qattiq tortilgani hamda har doim ochiq va klapanlari bo‘lmagani uchun har qanday sharoitda ham qon erkin oqadi. Bosh miya qattiq pardasida quyidagi vena bo'shliqlari bor: 1. Eng katta va keng ko'ndalang vena bo'shlig'i (sinus transversus). 2. Bosh miya o'rog'ining yuqori chekkasi bo'ylab joylashgan yuqori sagittal vena bo'shlig'i (sinus sagittalis superior). 3. Bosh miya o'rog'ining pastki chekkasi bo'ylab joylashgan pastki sagittal vena bo'shlig'i (sinus sagittalis inferior). 4. To'g'ri vena bo'shlig'i (sinus rectus) yuqori va pastki sagittal vena bo'shliqlarining orqa uchlarini qo'shib turadi. 5. Ensa vena bo'shlig'i (sinus occipitalis) ko'ndalang va sigmasimon sinuslami qo'shib turadi. 6 . Sigmasimon vena bo'shlig'i (sinus sigmoideus) o'z nomidagi egatda yotib ichki bo'yintumq venaga o'tib ketadi. 7. G'ovak vena bo'shlig'i (sinus cavemosus) turk egarining yon tomonida yotadi. 8 . Yuqori va pastki tosh vena bo'shliqlari (sinus petrosus superior et inferior) chakka suyagi piramidasining yuqori va pastki chekkalari bo'ylab yotadi. Ba’zi sohalarda qattiq parda sinuslari emissar venalar (v.v.emissariae) vositasida boshning tashqi venalari bilan, diploik venalar (v.diploicae) kalla qopqog'i g'ovak moddasi venalari bilan anastomoz hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |