O`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlari natijalarini tekshirish va tashxis qilishning maqsad va vazifalari. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida o`quv bilim mоtivlarini shakllantirish
O‘qituvchi o‘quvchilarda mustahkam ta'lim motivlarini shakllantirish uchun o‘quvchilarning o‘zini rivojlantirish motivatsiyalari o‘sishi dinamikasini muntazam kuzatib, tahlil qilib borish hamda o‘zlashtirishda nuqsoni mavjud ayrim o‘quvchilar faoliyatiga tegishli tuzatishlarni kiritib borishi talab qilinadi.
Buning uchun esa o‘quvchilarning motivatsiyalari va ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda ularni (so‘rov o‘tkazib borish) tashxislash hamda tashxis natijalari monitoringini yuritish talab etiladi.
Albatta, shaxsning umumiy rivojlanishi dinamikasini o‘rganish yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar faqatgina shaxs motivlarini aniqlash maqsadidagina olib borilmaydi, bu xususida ishimizning boshqa o‘rinlarida alohida to‘xtalib o‘tamiz, hozir esa o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi motivatsion faoliyati xarakterini aniqlash xususida to‘xtalib o‘tamiz. Buning uchun o‘qituvchining aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quvchi faoliyatini muntazam kuzatishi eng muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quvchilar motivlarini o‘rganishning uzoq muddatga mo‘ljallangan shaklida bolalarda tez-tez takrorlanib turadigan qiziqishlarni o‘rganish va aniqlash:
O‘quvchilar motivlarini o‘rganishning uzoq muddatga mo‘ljallangan shaklida bolalarda tez-tez takrorlanib turadigan qiziqishlarni o‘rganish va aniqlash:
O‘quvchida o‘quv-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqish mavjudmi?
Agar bo‘lsa aynan nimalarga nisbatan ko‘proq qiziqadi?
O‘quvchidan alohida olingan bir fanga nisbatan qiziqish bormi?
Mazkur predmetda uni quyidagilardan aynan nima qiziqtiradi?
O‘quv motivlarini aniqlashda individual yondashuv nisbatan aniqroq hamda xususiy ahamiyat kasb etadi. Natijalarni umumlashtirish esa ob'ektiv bahoni keltirib chiqaradi.
O‘quv motivlarini aniqlashda individual yondashuv nisbatan aniqroq hamda xususiy ahamiyat kasb etadi. Natijalarni umumlashtirish esa ob'ektiv bahoni keltirib chiqaradi.
Individual shakllantiruvchi tajriba metodi. Bunda o‘qituvchi bola vazifa va topshiriqlarni bajarishi uchun o‘quvchiga qo‘shimcha mashg‘ulot tashkil qiladi va unga tegishli metodik yordam ko‘rsatadi.Bu jarayonda o‘qituvchining metodik yordami mashq yoki masalani yechish paytida bevosita amalga oshiriladi va so‘ngra o‘quvchidan xuddi shunga yaqin shartdagi mashq yoki masalani mustaqil bajarilish talab etiladi. Natijada o‘quvchida o‘zi mustaqil mashq yoki masalani bajarish ko‘nikmasi mavjudligiga ishonch shakllanadi. O‘qituvchi esa bolaning aynan qaysi o‘rinda oqsayotganligini aniqlab oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi.
O‘quvchilar motivlarini aniqlashning individual shakllantiruvchi tajriba metodida topshiriqlar xilma-xilligi va murakkablik darajasining turliligi sharoitida amalga oshirilishi katta samara beradi. Shuningdek, individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi metod o‘quvchilar motivlarini aniqlashning eng samarali metodlaridan biri hisoblanadi.
Individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi tajriba metodining samarali variantlaridan biri o‘quvchini konkret–real sharoitda tanlovni amalga oshirishga majbur qilish shakli hisoblanadi. Bunda motivlar to‘qnashuvi vaziyati yuzaga keladi va o‘quvchi ulardan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi tajriba metodi dialog tarzida amalga oshiriladi. Bunda ta'limning ikki sub'ekti o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasidagi kommunikativlik shakli muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun har ikkala tomon, ayniqsa, o‘qituvchi muomala madaniyatini yuqori darajada egallagan bo‘lishi talab etiladi.