O’quvchilarni matematikadan PISA testiga tayyorlash
PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) - turli davlatlarda 15 yoshli o’quvchilarning savodxonligini (o’qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo’llashni baholovchi dastur hisoblanadi. Bu dastur dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo’llanilgan. Mamlakatimiz ham 2021-yildan ushbu dasturga qo’shilishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Shu munosabat bilan o’quvchilarimizni ushbu dastur va uning testlari bilan tanishtirishimiz va ularda PISA testlarini yechishda ko’nikma hosil qilishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida o’quvchilarni PISA testlariga qanday tayyorlash haqida atroflicha to’xtalib amaliy maslahatlar berib o’taman.
Matematik savodxonlik - bu insonning matematikaning o’zi yashayotgan olamdagi o’rnini bilishi, matematik jarayonlarni to’g’ri va to’liq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga bo’lgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini ta’minlash bu bo’limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu yo’nalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk.) duch kelinishi mumkin bo’lgan matematik vaziyatlarni taklif qilinadi. Demak, o’z-o’zidan ma’lumki bu bo’limning maqsadi o’quvchining matematikadan biror mavzuni qanday o’zlashtirganini tekshirish emas, uning matematik savodxonligini, undan turmushda qanday foydalana olishini tekshirishdan iboratdir. Quyida 6-sinf matematikasiga oid PISA testlari namunalarini tahlil qilib chiqamiz.
1-savol. Mahsulot - 5000 so’m ….. bilan sotildi. Nuqtalar o’rniga qanday so’z qo’yilishi kerak?
Zarar B. Foyda C. Daromad D. Ko’tarildi
Bu savolga javobni topish uchun o’quvchidan faqatgina musbat va manfiy sonlar haqida bazaviy bilimga ega bo’lish talab etiladi. Savol matnida “-5000 so’m” deb yozilgan. - 5000 bu manfiy son va demak u kamayishni bildiradi. Bu o’z navbatida mahsulotning 5000 so’m zarar bilan sotilganini bildiradi. Javob: A.
2-savol. Har xil maxrajli kasrlarni taqqoslang. va
B. C. D.
Bu testni yechish uchun kasrlar va ularni qanday taqqoslashni bilish yetarli hisoblanadi. Birinchi aylanaga qarasak u 8 ta teng qismga bo’lingan va ulardan 5 tasi yashil rangga bo’yalgan. Demak bu aylananing 8 dan 5 qismi bo’yalganini, ya’ni kasrning ga teng ekanini bildiradi. Keyingi aylananing esa yarmi bo’yalgan, demak u ga teng ekanini ko’ramiz. Har xil maxrajli kasrlarni taqqoslash uchun avvalo ularni umumiy maxrajga keltirish zarur. Bu yerda 8 va 2 sonlarining eng kichik umumiy karrasili ushbu kasrlarga umumiy maxraj bo’la oladi. Demak, EKUK (2,8) = 8. U holda kasrlarimiz ko’rinishga keldi. Kasrlarni taqqoslash qoidasidan ma’lumki, bir maxrajli kasrlarning qaysinisining sur’ati katta bo’lsa o’sha kars kattadir. Demak bizning vaziyatda birinchi kasr katta, ya’ni . Javob: A.
3 - savol. Qonuniyatni aniqlab yashiringan sonni toping.
A. 72 B. 75 C. 70 D.71
Bu savolda qonuniyatni aniqlash uchun 2 ta namuna ko’rsatilgan. Bu sonlar uchligi o’quvchilar uchun bir qarashda tushunarsiz bo’lishi mumkin biroq, e’tibor bilan qaralsa tepadagi ikkita sonning yig’indisini 3 ga ko’paytirish orqali pastdagi uchinchi son hosil bo’lishini ko’ramiz. Ya’ni (14+17)*3=93, (11+14)*3=75. Demak uchinchi son quyidagicha topiladi: (9+16)*3=75 ga teng bo’lar ekan. Javob: 75.
Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, PISA testlari o’quvchilardan matematikaning bazaviy bilimlari bilan birgalikda bu bilimlarni amaliyotning turli masalalariga tadbiq qilishni, topqirlikni talab qiladi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, PISA testlari o’quvchilarning fanga oid bilimlari bilan birga ularning aqliy salohiyatini ham tekshiradi. PISA testlarini yechish va unda yuqori natijaga erishish uchun o’quvchilarda birinchi navbatda matematikaning bazaviy bilimlari mustahkamlinishi zarur. Bundan tashqari o’quvchilarni qiziqtirish uchun turli xil qiziqarli masalarni ham yechishga taklif qilishimiz zarur. Bu esa mamlakatimiz o’quvchilarining jahon standartlari darajasida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishida katta yordam beradi.
Amudaryo tumani 48-sonli o’rta umum ta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Abdirahmonova Mohimjon
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Matematika o’qitish metodikasi. S.Alixonov. “Cho’lpon” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2011 y.
Internet manbalar:
1. https://baxtiyor.uz/matematika-fanidan-barcha-sinflar-uchun-pisa-testlar-toplami
2. https://baxtiyor.uz/pisa-dasturi-haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |