Dissertatsiya tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya uch bob, 8 fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati va ilovalardan iborat.
I.BOB. YOSHLAR TARBIYASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish davr talabi
Axborot bugungi kunda davlatlarning geosiyosiy ta‟sirini belgilovchi kuchga aylanmoqda. Sohta axborotlar insonning qalbini, ongini nishonga oladi, ruhiyatini zaharlaydi, istiqbolga ishonchni susaytiradi, shuurida ikkilanishni paydo qiladi. Quloqqa xabar bo„lib kirsada, miyani o„qday jarohatlaydi.
Hozirgi kunda dunyoning tunli burchaklarida paydo bo„layotgan nizolar, urushlar terorchilik xati-harakatlarning avj olishiga bundan manfaatdor tashqi kuchlar ta‟siridagi ommaviy axborot vositalarining informatsion xurujlari ham sabab bo„layapti.
Jamiyat taraqiyoti tarixini o„rganish, ijtimoiy rivojlanishning turli davrlarida inson hayoti va uning salomatligiga ziyon etkazuvchi xavflar mavjud bo„lganligidan dalolat beradi. Inson hayotiga daxl qiluvchi xavflarni sodir bo„lish holati va ta‟siri nuqtai nazaridan ikki turga ajratish mumkin: 1) tabiiy xavf; 2)ijtimoiy xavf.
Tabiiy xavf – bu tabiat qonuniyatlariga muvofiq ro„y beradiganxavf bo„lib, ko„p hallarda uni bartaraf etish mashaqqatga aylanayapti. Masalan, ilm-fan, texnika va texnologiya yuksak darajada rivojlangan mavjud sharoitda ham er yuzining turli xududlarida sodir bo„layotgan suv toshqinlari, dovullar, ekologik inqirozning oldini olishga muvaffaq bo„linmayapti. Ibtidoiy tuzum kishilari uchun eng katta xavf – bu tabiiy xavf, ya‟ni, tabiiy ofatlar edi. Tabiiy jarayonlar mohiyatini to„g„ri baholay rlmagan kishilar tabiat tomonidan yuzaga keltirilga xavfning oldida butunlay ojiz edilar. Bugungi kunda ham tabiiy xavf mavjud va u insoniyat hayotini, salomatligiga salbiy ta‟sir ko„rsatib turibdi. Biroq, shuni ham ta‟kidlab o„tish lozimki, global tabiiy xavfning paydo bo„lishiga asosiy sababchi – bu insonning o„zi. Global isish, ozn qatlamining emirilishi, ekologik inqiroz kabilarningyuzaga kelishida bevosita inson omili etakchi o„rin egallamoqda.
Axborot- xavfsizlikni ta‟minlash uchun malakatimizga kirib kelayotgan barcha axborot xurujlarga qarshi kurash yo„llarini va choralarini ko„rish kerak bo„ladi. Buning uchun axborot xavfsizligini nima ekanligi anglab etish lozim. Mamlakatimiz va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib ijtimoiy munosabatlar sohasida aytish mumkinki, axborot xavfsizligi –bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining axborot sohasidagi turli tahdidlardan mustahkam va etarli darajada himoyalanganligi holatidir.
1994 yilda respublikada 475 ta OAV, ulardan 384 ta gazeta, 66 ta jurnal, 19 ta telestudiya, 3 ta kabel televideniesi, 2 ta radiostudiya va bitta agentlik faoliyat ko„rsatgan bo„lsa1, davlatimiz rahbari o„z ma‟ruzasida ta‟kidlaganidek, keyingi 10 yilning o„zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko„payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga etdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O„zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko„rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda.2
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining qonunlar yordamida mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi va mustaqilligini amalda ta‟minlash, ularni tom ma‟noda "to„rtinchi hokimiyat" sifatida shakllanishi uchun etarli huquqiy asos bo„lib xizmat qilmoqda.
“O„zbekistonda keyingi yillarda sun‟iy yo„ldosh aloqa tarmog„i orqali teleradiodasturlarni tarqatish yo„lga qo„yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo„nalish bo„yicha to„g„ridan-to„g„ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. YUrtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko„rsatuv va eshittirishlar Internet
ОАВ: ҳуқуқий база такомиллаштирилмоқда // Халқ сўзи. – 2010. – 20 август.
И.Каримов. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси // Халқ сўзи, 2010 йил 13 ноябрь.
global tarmog„i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda” deb ta‟kidlaydi Islom Karimov
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini huquqiy tartibga solish maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori, 600 dan ziyod qonunosti xujjatlari qabul qilinib, bir qator milliy dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” ,“O„zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmog„ini 2010 yilgacha bo„lgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi”i va boshqalar shular jumlasidandir.
Mustaqillik yillarida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilgani bois ushbu sohani jadal sur‟atlar bilan rivojlanish, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini ko„paytirish va uni xorijiy hamda mamlakatimiz investorlari uchun yanada jozibador qilish imkonini berdi.
Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari korxonalari samarali faoliyati tufayli 2010 yilning birinchi yarim yilligida ular tomonidan 911,6 mlrd. so„m miqdorida xizmatlar ko„rsatildi. Bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 107 foizni tashkil etadi. Bu mablag„ning asosiy qismi 60 foizi (552,4 mlrd. so„m) aholiga xizmat ko„rsatish natijasida olingan3.
Istiqlol tufayli fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri, huquqiy ongi va madaniyatida tub o„zgarishlar yuz berdi. Bugun O„zbekistonda boshqaruvni liberallashtirish davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari OAV faoliyatiga yangicha yondashuvlarni taqozo etmoqda. Mazkur masala, shubhasiz, fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri bo„lmish ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish masalalariga borib taqaladi.
3 Результаты внедрения высоких технологий // Народное слово. - 2010 год. – 5 августа.
14
O„zbekistonda demokratik tamoyillarni yanada rivojlantirish va kuchli fuqarolik jamiyatini takomillashtirish bo„yicha ustuvor yo„nalishlar mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish chora-tadbirlarining izchil va qonuniy tus olganiga bevosita bog„liq. Ana shundan kelib chiqib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning hozirgi bosqichida huquqiy demokratik davlat tamoyillarini amalda ro„yobga chiqarish - davlat organlari, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan OAV orqali jamoat nazoratini o„rnatish zarurati kuchayib bormoqda.
OAV faoliyatini erkinlashtirish – jamiyatda o„tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta‟minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga joriy etuvchi vositadir. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishda OAVning roli tobora oshib bormoqda. Bu, hatto, davlat tizimi faoliyatining barcha jabhalarida xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar o„rtasida raqobat muhitini qaror toptirish va hammaga barobar bo„lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi, davlat boshqaruvi idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlariga o„tkazish masalasida aks etadi.
O„zbekistonda telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo„nalish bo„yicha to„g„ridan-to„g„ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega.
Keyingi 10 yil ichida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar,
elektron ommaviy axborot vositalarining soni 7 barobar ko„paydi. Respublikada Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 6 milliondan oshdi. O„zbekistonda keyingi yillarda sun‟iy yo„ldosh aloqa tarmog„i orqali
teleradiodasturlarni tarqatish yo„lga qo„yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo„nalish bo„yicha to„g„ridan-to„g„ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. YUrtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko„rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog„i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda...
1994 yilda respublikada 475 ta OAV, ulardan 384 ta gazeta, 66 ta jurnal, 19 ta telestudiya, 3 ta kabel televideniesi, 2 ta radiostudiya va bitta agentlik faoliyat
15
ko„rsatgan bo„lsa4, davlatimiz rahbari o„z ma‟ruzasida ta‟kidlaganidek, keyingi 10 yilning o„zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko„payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga etdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O„zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko„rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda.5
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini huquqiy tartibga solish maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori, 600 dan ziyod qonunosti xujjatlari qabul qilinib, bir qator milliy dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” ,“O„zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmog„ini 2010 yilgacha bo„lgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi”ii va boshqalar shular jumlasidandir.
O„zbekistonda 2015 yilga qadar to„la raqamli teleko„rsatuvlarga o„tish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniega o„tish ishlari 2007 yilda boshlangan bo„lib, dastlab 2008 yilning avgust-sentyabrida Toshkent va Buxoroda raqamli televizion uzatgichlar o„rnatilib, 12 ta teledastur namoyish qilina boshladi. Kelgusida teledasturlar sonini 40 tagacha etkazish mo„ljallanmoqda.6 Raqamli televideniega o„tish natijasida bir chastotada birdaniga 12 stansiya ko„rsatuvlari tashkil etilishi radiochastotalar tanqisligi muammosini hal etib, radiochastotalarni olish uchun o„tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta‟minlash teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo„l qo„ymaslik uchun sharoit yaratadi.7
ОАВ: ҳуқуқий база такомиллаштирилмоқда // Халқ сўзи. – 2010. – 20 август.
И.Каримов. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси // Халқ сўзи, 2010 йил 13 ноябрь.
В будущее с новыми технологиями // Uzbekistan today.-2010.-23 сентября. №38.
Телевидение в цифровом формате // Народное слово. - 2010. - 27 июля.
O„zbekistonda 2015 yilga qadar to„la raqamli teleko„rsatuvlarga o„tish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniega o„tish ishlari 2007 yilda boshlangan bo„lib, dastlab 2008 yilning avgust-sentyabrida Toshkent va Buxoroda raqamli televizion uzatgichlar o„rnatilib, 12 ta teledastur namoyish qilina boshladi. Kelgusida teledasturlar sonini 40 tagacha etkazish mo„ljallanmoqda.8 Raqamli televideniega o„tish natijasida bir chastotada birdaniga 12 stansiya ko„rsatuvlari tashkil etilishi radiochastotalar tanqisligi muammosini hal etib, radiochastotalarni olish uchun o„tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta‟minlash teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo„l qo„ymaslik uchun sharoit yaratadi. Joriy yilning oxiriga qadar raqamli televidenie uzatgichlarini Qoraqalpog„iston Respublikasi, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida o„rnatish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniening qabul qilingan standarti DVB-T MR-4 bo„lib, u jahonda tan olingan va eng zamonaviy standartlardan biri deb qabul qilingan. Hozirgi kunda respublikamiz olimlari tomonidan DVB-T MR-4 signallarini qabul qiluvchi tyunerlar tayyorlanib, ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilingan. Ularni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etilgan, har yili korxonada 60 ming donagacha bunday yuqori texnologik uskunani ishlab chiqarish mo„ljallanmoqda.9
Ushbu dasturiy fikr barchamizga internet fenomenining ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur o„rganishni va yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish vazifasini yuklaydi. Kuchli mafkuraviy ta‟sir ko„rsatish vositasi bo„lgan internet tizimi jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Ushbu tizimdan qo„poruvchilik, g„aoyani «eksport» qilish, odamlar ongini manipulatsiya qilish maqsadlarida foydalanish mumkinligi esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtiradi, yoshlarni elektron «sayberterrorizm» qarshisida chorasiz qilib qo„ydi.
В будущее с новыми технологиями // Uzbekistan today.-2010.-23 сентября. №38.
Телевидение в цифровом формате // Народное слово. - 2010. - 27 июля.
Bugungi kunda axborot xurujining yana bir ko„rinishi odob-axloq, sharm-hayo kabi qadriyatlarga tajovuz tarzida namoyon bo„lmoqda. 2000-yilda AQSHning Kolorado shtatiga qarashli shaharchada ikki nafar o„smir 12 nafar sinfdoshini otib o„ldirgani, bir qanchasini yarador qilib, oxiri o„zlarining joniga qasd qilganligi haqidagi shov-shuv dunyoga tarqalgan edi. Internetdagi jangari o„yinlardan ta‟sirlangan bolalar anna shunday qotillik sodir etgan edilar.
«Tadqiqotlarning ko„satishicha, elektron pornagrafiya reklama uchun eng kam mehnat va mablag„ sarflanib, katta foyda beruvchi (30%) soha hisoblanadi. YAngi elektron bozorning 70 %ni pornagrafiya, video o„yinlar 4 %ni, sport esa 2 % ni tashkil etmoqda»10.
Angliyalik tadqiqotchi Maykl Xalmi kompyuter va mobil texnologiyalarini qurshoviga hozirgi 16 yoshgacha bo„lgan o„sayotgan yoshlarni «raqamli obonentlar» deb atadi. Bu toifaga kiruvchi yoshlar orasida individualizm, egotsentirizm sifatlari tarqala borayotganini kuzatish mumkin. Internetga mukkasidan ketish yoshlarnin do„stona muloqotiga ehtiyojlarni kamaytira bormoqda. Hozirgi dunyoda globallashuv jarayonida «Dunyo hukumati», «Dunyo fuqorosi» degan tushunchalar paydo bo„layotgani bejiz emas. Bu jahonda g„arbona andozalarga asoslangan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan yagona tamaddud barpo etishga intilishga namoyon bo„layotir. Bu esa faqatgina milliy mustaqillikka erishgan mamlakatlarning emas, balki butun dunyodagi davlatlarning taraqqiyotiga ham halokatli ta‟sir ko„rsatishi mumkinligi ma‟lum.
Psixologlarning e‟tirof etishicha, bugungi kunda kompyuter o„yinlari mubtaloligiga chalingan yoshlarning soni ko„payib bormoqda. Bu holatni mutaxassislar «Ludomaniya» deb baholashmoqda. Bu kasallikka chalingan bolalar kompyuterda o„ynamasa, depressiyaga tushib qoladi. Hozirgi internet klublaridan foydalanilayotganlarning aksariyat qismi yoshlar tashkil etayonganligi muammoning naqadar dolzarbligini ko„rsatib turadi.
Ayrim ota-onalarning farzandi nima ishlar qilib yurganidan bexabarligi sababli o„smirlar vaqtni internet klublarda o„tkazmoqda. Ba‟zi ota-onalar umuman
Ғаниев А. Ғарб оламидаги ахлоқий муаммолар. – Тошкент, «Ворис», 2007. 26 б.
internetga kirib ko„rmagan. SHuning uchun ham farzandlarning internetdagi salbiy g„oyalar sirmog„iga tushib qolishini bilmaydilar. «Navoiy shahridagi barcha internet-kafelarning aksariyati mijozlar 10-15 yoshli o„smirlar. Ularning ayrimlarihar kuni ertalab uydan maktabga ketayapman, deb chiqadi-yu, maktabga emas, to„g„ri internet-klubiga kirib boradi. Portifelini bir chekkaga qo„yib, ota-onasi tanaffus chog„ida egulik olish uchun bergan pulni «kompyuterchi aka»ga beradi va soatlab o„yin o„ynashga sho„ng„ib ketadi. Kompyuter ekranida bir-birini do„pposlagan, bir-birini quvgan,bir-biriga o„q otgan o„yin qahramonlariga qiziqtirib, og„zidan qo„pol so„zlar chiqib ketganini ham bilmay qolayotgan bu yosmirlarga qarab tashvishlanasan kishi»11, -deb yozadi «Xabar» gazetasining muxbiri Marusa Hosilova.
Ma‟luska, internetdagi ayrim o„yinlar kishi ongini zararli tomonga o„zgartirib yuboradi. Bunday o„yinlarni targ„ib qiluvchi saytlar»g„oyaviy virus» saytlari deb ataladi. Bunda qonho„rlik, vahshiylik, o„g„irlik, zo„ravonlik kabi illatlarni targ„ib etadigan o„yinlarni misol keltirish mumkin. Internetdagi fahsh sahifalaridan foydalangan yoshlarning oila to„g„risidagi salbiy tomonga o„zgarib ketish mumkin. Ba‟zi o„smirlarning o„ta asabiy bo„lib qolayotganining sabablaridan biri anna shunday o„yinlardir. Fikrlashimizcha, bugungi kunda yoshlarni internetning salbiy oqibatlaridan asrash uchun qo„yidagilarga e‟tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |