TARBIYALASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN
FOYDALANISHGA YO„NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI NATIJALARI
3.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini metodikasi
Bizga ma‟lumki, muayyan ilmiy-tadqiqot doirasida tashkil etilayotgan tajriba-sinov ishlarining puxta ishlab chiqilgan dastur asosida olib borilishi, bu boradagi nazariy g‟oyalarning ilmiy jihatdan asoslanishiga, ularning haqiqiy bo‟lishiga zamin hozirlaydi.
O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda yo„naltirilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko‟zlangan maqsad Ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda o‟quvchilarda milliy qadriyatlar va milliy hulq-odob ko„nikmalarini shakllantirishga erishish hamda shu asosda ularda ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Tajriba-sinov ishlari oldimizga quyidagi vazifalarning hal etilishini talab
etdi:
1. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy axloqiy madaniyat haqida tasavvur hosil qilish;
2. O‟quvchilarida Ommaviy axborot vositalari orqali axloqiy madaniyatni to‟laqonli shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‟quvchilarda o„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali axloqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi maxsus metodikani sinovdan
o‟tkazish.
Mazkur maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, matematik-statistik metod yordamida tahlildan o‟tkazish.
Sinfdan tashqari ishlarda o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalari orqali milliy-axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‟naltirilgan tajriba-sinov ishlari quyidagi uslublar asosida o‟tkazildi: so‟rovnoma uslubi; suhbat uslubi; pedagogik kuzatuv uslubi; interfaol uslublar; pedagogik tajriba uslubi; matematik-statistika uslubi.
Tashkil etilgan tajriba sinov ishlari jarayonida o‟quvchilar ishtirokidagi tadbirlarning mazmuni, mohiyati hamda OAVlarining mavzu va yo‟nalishidan kelib chiqqan holda ularga mos ko„rsatuv va eshittirishlar hamda uslublardan foydalanishga harakat qilindi.
Taqdim etilgan OAV ularni bahs munozara, erkin muloqotga asoslangan, o‟quvchilarni fikrlashga undovchi, ma‟naviyatini shakllantiruvchi, dunyoqarashini o„stiruvchi tadbirlar samarali yakunlandi. Tadbirlarni o‟tkazishda noan‟anaviy (interfaol) metodlarning qo‟llanilishi tajriba-sinov jarayoni ishtirokchisi bo‟lgan o‟quvchilar faoliyatini yanada faollashtirdi.
Ilmiy-tadqiqot muammosi doirasida tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi:
Tajriba-sinov ishlarining o‟tkazilishini ta‟minlovchi tashkiliy tayyorgarlik
bosqichi.
Tajriba-sinov ishlari uchun obyekt sifatida belgilangan o‟quvchilar bilan
ishlash, maxsus metodikani dastlabki sinovdan o‟tkazish bosqichi.
3. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish va tahlil etish bosqichi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali axloqiy fazilatlarni shakllantirish bo‟yicha tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarining boshida o‟quvchilarning ma‟naviy-axloqiy sifatlari rivojlantirishga oid ilgari surilgan milliy-axloqiy sifatlarning shakllanganlik darajalari quyidagi jadvalda o‟z aksini topgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |