2.3. Oilada bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalardan foydalanish
Ta‟lim tarbiyani oila instituti orqali olib borish ham o„z natijasini beradi. Inson dastlabki hayot haqidagi tasavvurlarini o„z oilasidan oladi. Mashhur rus yozuvchisi L.Tolstoy «Hamma tasavvurlarim 5 yoshgacha olgan taassurotlarim yig„indisidan iboratdir» degani bejiz emas. CHunki insoniyat ilk bora atrof-muhit
haqidagi ma‟lumotlarni jamiyatning asosiy o„zagi bo„lmish oilada oladi.oilada yaxshi tarbiya topgan bola maktabda, mahallada, jamoat joylarida ham nojo„ya harakat qilmaydi. Pedagog A.S.Makarenko ota-onalarga qarata shunday degan edi «Sizning xulq-atvoringiz hal qiluvchi omildir. Siz bolani faqat u bilan gaplashayotganda unga biror narsani o„rgatayotganda yoki buyruq berayotganda o„rgataman deb o„ylamang. Siz uni hayotingizni har bir soniyasida, hatto, o„zingiz uyda yo„q chog„ingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingiz, boshqa
kishilar bilan qanday gaplashishingiz, qanday quvonishingiz va tashvishlanishingiz, do„stlarga va dushmanlarga qanday muomila qilishingiz, qanday kulishingiz, qanday gazeta o„qishingiz bola uchun katta ahamiyatga ega. Tovushingizdagi ozgina o„zgarishni ham bola sezadi yoki his etadi, fikringizdagi barcha burilishlar ko„rinmas yo„llar orqali unga etib boradi». Demak, farzandlarga oilada ta‟lim tarbiya berilayotganda ota-onalarning o„zlari ular uchun namuna, ibrat bo„lishlari kerak. SHuning uchun milliy g„oyani insonlar ayniqsa o„quvchi-yoshlar ongi va qalbiga va ongiga singdirishni eng avvalo oiladan boshlash kerak.
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o`quv dargohlarida, balki radio, televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang – barang axborot va ma`lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini, faqat o`rab –chirmab, uni o`qima, buni ko`rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o`rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning maqsad – muddaolarimizga ham to`g`ri kelmaydi. Sababi biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o`z oldimizga qat`iy maqsad qilib qo`yganmiz va buy o`ldan hech qachon qaytmaymiz. Davlatimiz kelajagini o`z qobig`imizda o`rmashibolgan holda emas, balki umumbahsariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o`zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang–barangligini o`z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko`ramiz. Biz butun ma`rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o`zaro
manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz. Biz uchun boshqa yo`l yo`q. Aniqrog`i, yoshlarimizning ma`naviy olamida bo`shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat – ehtirom tuyg`usini bolalik paytidan boshlab, shakllantirishimiz zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma`naviyatiga qarshi yo`naltirilgan, bir qarashda arzimas bo`lib tuyulgan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko`zga ko`rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo`lmaydigan ulkan ziyon yetkazish mumkin.
Boshlang„ich sinf o„quvchilarini ot-onalarni hurmat qilishga o„rgatishda ta‟limning texnik vositalari xususan oynai jahonning ham imkoniyatlari katta. CHunki o„quvchilarga tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatishda bevosita obrazlar tarzida idrok qilib qabul qilishi samaraligini ko„pchilik yaxshi bilishadi. Boshlang„ich sinf o„quvchilari bilimi va tarbiyasida o„qituvchi ana shu xususiyatlaridan maqsad asosida foydalansa, samarali natijalarni qo„lga kiritadi. Buning uchun o„qituvchi oynai jahon va radio orqali ko„rsatiladigan ko„rsatuv va eshittirishlarning «Otalar so„zi-aqlning ko„zi», «Ma‟rifatnoma», «Oqshom ertaklari», «Mahallamiz bolalari» singari shakllaridan foydalansa maqsadga muvofiq. Boshlang„ich sinf o„qutuvchisi bunday turkumdagi ko„rsatuv va eshittirishlarni videomagnitafon va magnitafontasmalariga yozib, sinf tarbiyaviy soatlarida eshitib ko„rib, o„quvchilar bilan muhokama qilinsa, kuchli ta‟sir ko„rsatadi. CHunki boshlang„ich sinf o„quvchilari ko„proq o„zlari bevosita ko„rib idrok qilgan materiallarni samarali o„zlashtiradi hamda ulardan kuchli ta‟sirlanadi. SHuning uchun o„qituvchi ta‟limning texnik vositalaridan o„quvchilardan ota-onalarni hurmat qilishni o„rgatishda foydalanishni yo„lga qo„ysa samarali natijalarni qo„lga kiritadi. O„quvchilar mazkur ko„rsatuvdagi voqealar va ulardagi ishtirok etadigan qahramonlarning faoliyatiga baho berish va kuzatish orqali o„zlarining shu sohaga munosabatini bildiradi. O„quvchilar voqealarga, qahramonlarga bildirgan munosabatlarini o„z so„zlari orqali bayon qiladi. O„qituvchi sinf o„quvchilarining har birining bildirgan fikrlari orqali ularning o„z ota-onalarini qanday tarzda hurmat qilishi bo„yicha tushuncha va tasavvurlarini bilib oladi. O„qituvchi bunday
bahs orqali o„z navbatida har bir o„quvchining o„z ota-onalarini hurmat qilish bo„yicha yutuq, kamchilik va nuqsonlarini aniqlab oladi. Sinf o„quvchilarini ota-onalarni hurmat qilish bo„yicha kelgusida yana qanday tadbirlar tashkil qilishni o„qituvchi mo„ljallash imkoniga ega bo„ladi. o„qituvchi bunday shakldagi materiallarni ko„rish magnitafonlariga yozib, o„quvchilar bilan birga tomosha qilib, voqeadagi g„oyani o„quvchilarning ongiga singdirishga harakat qilsa, sinf o„quvchilarining ota-onalarga bo„lgan hurmat, e‟tiborini tarkib toptirgan bo„ladi. Bunday voqealar mazmuni boshlang„ich sinf o„quvchilarining o„z ota-onalari oldidagi farzandlik burchi va ma‟suliyati nimalardan tashkil topishini o„rgatishda katta amaliy ahamiyatga ega. O„quvchilar ko„rgan voqeadagi qahramonlarning hatti-harakatlarining qaysi biri to„g„ri yoki noto„g„riligining guvohi bo„lishadi. Natijada har bir o„quvchi o„zida mavjud bo„lgan ota-onalarni hurmatlashga avvalgi tushunchalari bilan hozirgi ko„rsatuv yangi bilim, ko„nikmalarni qo„shib, shu sohadagi ma‟lumotlarini taqqoslashtirishga muvaffaq bo„ladi. SHundan so„ng sinf o„quvchilarining har bir oilasida o„z ota-onalarini hurmat qilish, qadrlash bo„yicha to„g„ri ilmiy tushuncha, tasavvur, ma‟lumot hamda kerakli ko„nikmalar tarkib topa boradi. Bu masala ayniqsa 1, 2, 3, 4-sinf o„quvchilarida sezilarli tarzda sodir bo„ladi. O„quvchi endi oilada ota-onalar tomonidan har doimgidek qo„yadigan topshiriqlarni ma‟suliyatli his qilib ongli raviщda bajarishga o„rgana boshlaydi. O„quvchi asta-sekin ota-onalarni hurmat qilish, qadrlashga doir yana qanday bilim va ko„nikmalar o„zi uchun zarurligini anglay boshlaydi. Oilada ota-onalarning tutgan o„rni, mavqesi juda kattaligiga har bir o„quvchi ishona boradi. O„quvchi asta-sekin oilada ota-onalarning har bir farzandning o„qishi va kundalik hayotini tashkil qilishiga u ko„rsatayotgan xizmati hamda g„amxo„rligi haqida to„g„ri ma‟lumoti orta boradi. O„quvchida ota-onaning farzandga qilayotgan xizmati va g„amxo„rligi haqida qancha ko„p hamda to„la ma‟lumot ko„payib borsa, o„z ota-onalariga bo„lgan mehr-muhabbati shu darajada ko„payib boradi. SHuning uchun boshlang„ich sinf o„qituvchisi o„z sinfida o„quvchilariga ota-onalarning farzandlarga qilayotgan va kelgusida qiladigan xizmati va g„amxo„rliklari to„g„risida har tomonlama to„la ilmiy ma‟lumot berishga alohida e‟tibor bermog„i
darkor. Albatta sinf o„quvchilariga beriladigan ma‟lumot shakli turlicha bo„lishi mumkin. Misol uchun, O„zbekiston telekanalida «Turmush chorrahalarida», «Dengizdan bir tomchi», «Otalar so„zi-aqlning ko„zi» kabi ko„rsatuvlarda oilada farzandlarning o„z ota-onalarini hurmat qilish, qadrlash yuzasidan shu sohadagi tushuncha va tasvvurlari hamda ma‟lumotini chuqurlashtirishga bevosita yordam beradi, deb o„ylasa to„g„ri bo„ladi. «Otalar so„zi-aqlning ko„zi» da ko„rsatilgan ko„rsatuv mazmuni oila boshlig„i keksa onaning betob bo„lib qolganligi haqida xabar beradi. Ona o„zining kichik o„g„lining oilasida yashayotganda kelini uydan arazlab ketib qolgandan keyin qiynalayotganligini onaning katta o„g„li guvohi bo„ladi. O„z onasini qiynayotgan ukasining oila sharoitidan qanoatlanmay, onasini o„zi yashaydigan xonadonga olib ketadi. Ona katta o„g„lining xonadonida bir oz yashagandan so„ng katta keliniga ham yoqmay qoladi. Bunga quyidagi voqea sabab bo„ladi: Bir kun ona choy ichishni hohlab,gazga choynakda suv qo„yadi. Ona buni unitib, xotirasidan chiqib, choynak qop-qorayib qoladi. Buni ko„rgan katta kelin ham bolalarini olib uydan ketadi. Ona shundan so„ng katta o„g„li xonadonidan ham ketishga majbur bo„ladi.
Umuman mazkur ko„rsatuv oilada farzandlarning ona oldidagi farzandlik burchi nimalardan iboratligini mohirona ko„rsatib bera olgan. Oynai jahon orqali ko„rsatilgan bu tarzdagi ko„rsatuvlar boshlang„ich sinf o„quvchilarini ota-onalarni hurmatlab, qadrlashga o„rgatishda katta amaliy ahamiyatga ega deb o„ylaymiz. Bundan tashqari oynai jahondagi bunday ko„rsatuvlar oila a‟zolariga o„zaro mehr-muhabbat, e‟tibor, hurmat singari ahloqiy sifatlarni hosil qilishga ham yordam beradi.
SHuning uchun o„qituvchi sinf o„quvchilari bilan birgalikda bunday turkumdagi ko„rsatuvlarni ko„rsatish magnit lentalariga yozib, sinf tarbiyaviy soatlaridan birga muhokama qilsa foydali bo„ladi.
YUrtboshimiz I.A.Karimov “SHaxsan men har safar «Tohir va Zuhra», «O„tgan kunlar», «Sen etim emassan», «Mahallada duv-duv gap» kabi mumtoz filmlarimizni ko„rganda bu haqiqatga ishonch hosil qilaman. Mana shunday tom ma‟nodagi milliy asarlar nafaqat xalqimiz ma‟naviyatini yuksaltirishga, balki
uning go„zal qadriyatlarini butun dunyoga tanitishga ham katta hissa qo„shib kelmoqda.
Kino san‟atining inson ongi va tafakkuri, jamiyat hayotiga ta‟siri beqiyos ekanini hisobga olgan holda, istiqlol yillarida milliy kinematografiyani ham har tomonlama rivojlantirish, bu borada zarur moddiy va ma‟naviy shart-sharoitlarni yaratish bo„yicha amalga oshirilgan keng ko„lamli chora-tadbirlar tufayli yangi-yangi filmlar suratga olinmoqda, ular orqali tariximiz va bugungi hayotimiz bilan bog„liq turli mavzular yoritilmoqda. O„zbek kinolari nufuzli xalqaro festivallarda sovrinli
o„rinlarga sazovor bo„layotgani, albatta, quvonarlidir. Lekin shuni ham xolisona aytish kerakki, yoshlarning tarbiyasiga chuqur ta‟sir ko„rsatadigan zamonaviy qahramon obrazi kino ekranlarimizda hali yaratilganicha yo„q. Suratga olinayotgan aksariyat filmlarda kinochilarimizning bugungi kunning haqiqiy manzarasi, uning o„tkir muammolarini chuqur his eta olmasligi, oddiy odamlar hayotidan uzoqlashib qolgani sezilib turadi” –deb o„rinli ta‟kidlagan edilar.
Va yana “Buning sabablari haqida ko„p gapirish mumkin. Lekin asosiy sabablardan biri shundaki, kinosan‟ati sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy o„quv yurtlari ilgari O„zbekistonda umuman mavjud emas edi. Sobiq Markazdagi kino institutlarida ta‟lim olgan oz sonli o„zbek rejissyorlari va kinodramaturglari esa, afsuski, milliy ruh, milliy zamindan begona bo„lgan mutaxassislar bo„lib etishar edi va ana shunday holatning salbiy asorati va ta‟siri aksariyat kinoijodkorlarimiz faoliyatida hozirga qadar saqlanib kelmoqda.
SHuning uchun keyingi yillarda milliy kinodramaturg va rejissyorlar tayyorlash dolzarb masala bo„lib turibdi. CHunki, buni ochiq tan olishimiz kerak - professional kino mutaxassislari, xususan, rejissyorlar, ssenaristlar tayyorlaydigan tom ma‟nodagi milliy maktab o„zimizda hanuzgacha shakllangani yo„q.
Bu ahvolni tubdan o„zgartirish uchun yuksak badiiy mahorat bilan bir qatorda, milliy tafakkur salohiyatiga ega bo„lgan iste‟dodli yoshlarni tarbiyalash va ularni qo„llab-quvvatlash masalasiga alohida e‟tibor qaratishimiz lozim.
70
Albatta, bu yo„lda dastlabki qadamlar qo„yilayotganini aytish lozim. Masalan, Mustaqillik va Navro„z bayramlari, «SHarq taronalari» musiqa festivaliga bag„ishlangan asosiy tomosha va tantanalarni tayyorlash bo„yicha teatr va televidenie rejissyorligi, badiiy-publitsistik ssenaristlik borasida ulkan tajriba to„plandi. Ana shu boy tajribalarni har tomonlama chuqur o„rganish, umumlashtirish va shu asosda yosh ijodkorlarni tarbiyalash bo„yicha zarur nazariy va o„quv-uslubiy bazani shakllantirish, bugungi talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan amaliy ishlarni keng yo„lga qo„yish bu muammolarni echish imkonini berishi shubhasiz” –deb o„rinli ta‟kidlagan edi yurtboshimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |