1.2. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning holati
asrgacha bo„lgan insoniyat tarixida ijtimoiy xavf sifatida, eng avval, qurolli to„qnashuvlar, harbiy harakatlar va urushlar uning hayoti, salomatligi va mavjudligiga salbiy ta‟sir ko„rsatilganligini aytib o„tish lozim. Insoniyatning moddiy ehtiyojiga moyilligi, hukumronlik yoki gegemonlikka ishtiyoqi doimiy ravishda turli ko„rinishlardagi ijtimoiy xavflarni keltirib chiqargan.
Prezident I.A.Karimov yosh avlodda yuksak ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish uchun ular orasida ma‟naviy-ma‟rifiy targ„ibot-tashviqotining samarasini oshirish zarurligini ta‟kidlab, «YUksak ma‟naviyat-engilmas kuch»
nomli asari(129-bet)da shunday yozadi: «Ma‟naviyat haqida harqancha da‟vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatlarimizni har tomonlama puxta o„ylangan, tizimli ravishda tashkil etmasak tabiiyki, biz ko„zlagan maqsadga erisholmaymiz, ya‟ni inson qalbiga yo„l topaolmaymiz.
YOshlarni ayniqsa bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda oshkoralikni pesh qilib bo„lmag„ur materiallarni aks ettirish sodir bo„layotganligi haqida I. A. Karimovning bildirgan fikri nihoyatda to„g„ri. «San‟atda oshkoraliki pesh qilib, televizor, kino ekranlarda, matbuot vositalarida bo„lmag„ur lavhalarni aks ettirish, be‟maniylik va hayosizlikni, ba‟zan esa hatto axloqiy buzuqlikni targ„ib qilishlar ko„rinib qoladi», -deb bildirgan fikridan yuqorida ta‟kidlangan joylarda mehnat qilayotgan malakali mutaxassislar tegishli xulosa chiqarsalar bolalar tarbiyasidaginuqsonlar bartaraf bo„lgan bo„lar edi. Bizningcha, ularning o„zlari
o„zbek xalq tarixi, madaniyati qolaversa, xalq tarbiyashunosligi masalalarini asosli o„rgansalar to„g„ri bo„lardi.
SHuning uchun ham biz bugungi kunda ta‟lim-tarbiya sohasidan boshlab matbuot, televidenie, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san‟atiga, bir so„z bilan aytganda insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta‟sir etkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma‟naviy extiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur».
«Milliy istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoillar» risolasi(3-bet)da milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning «ta‟lim va tarbiya, fan va ilmiy muassasalar; madaniyat va ma‟naviyat muassasalari; adabiyot va san‟at; din; jismoniy tarbiya va sport; urf-odat, marosim va bayramlar; oila, mahalla va mehnat jamoalari; siyosiy partiyalar; nodavlat tashkilotlar; ommaviy axborot vositalari» kabi 13 vositasi ko„rsatilgan.
Shu munosabat bilan ushbu tizimning har bir komponentini hamda ularning o„zaro aloqadorlik (integratsiyasi)dagi faoliyatini o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy щakllantirishdagi samarasini o„rganish muhim vazifa hisoblanadi.
Ma‟naviyat, milliy g„oya, mafkura va milliy qadriyatlarga bag„ishlangan anjumanlar va adabiyotlarda bo„lajak o„qituvchilarni milliy istiqlol g„oyasi asosida ma‟naviy shakllantirish bo„yicha yuqorida ko„rsatilgan vositalar orasidan eng asosiy, qudratli va ta‟sirchan, ijtimoiy fikrni o„zgartiradigan vosita sifatida ommaviy axborot vositalari (OAV) nisbatan ko„proq o„rganilgan. Jumladan, keyingi yillarda o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy, mafkuraviy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining rolini yoritishga bag„ishlangan izlanishlarga e‟tiborni kuchayganini ta‟kidlash joizdir.
Ular jumlasiga M. Abdiraxmonovning «Matbuot va targ„ibot: an‟ana, yangilik va muammolar», K.Zokirovaning «Oilada farzandlarning komil shaxs bo„lib etishtirishda televideniening roli», E.Iskandarovning «Ochiq axborot tizimi sharoitida talaba-yoshlarda mafkuraviy imunitetini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik asoslari», H.Maxmudovaning «YOshlar tarbiyasida ommaviy axborot
vositalarining roli», A. Sohibovning «Ommaviy axborot vositalari –ma‟naviy-axloqiy tarbiya manbalari», R.Rejepovning «Milliy g„oyani yoshlar ongiga singdirishda ommaviy axborot vositalarining o„rni», K.Farfievning «YOshlarning xulq-atvorlari o„zgaruvchanligida teleko„rsatuvlar» va boshqalarni kiritish mumkin.
Ayni paytda mamlakatimizda 870 tadan ziyod gazeta va jurnallar, 100ga yaqin davlat va nodavlat radiotelestudiyalar faoliyat ko‘rsatayotganligini hisobga olganda yuqorida ko‘rsatilgan tadqiqotlarning ko‘lamini etarli emasligini ta’kidlash lozim.
Mazkur tadqiqotlarda milliy istiqlol g„oyasini targ„ibot-tashviqot qilish orqali xalqimiz ongiga va qalbiga ma‟naviyatni singdirish bo„yicha asosan markaziy OAVlarining imkoniyatlari yoritilgan, xolos. Ularni ro„yobga chiqarishning shakl, metod va vositalari esa e‟tibordan chetda qolgan desak xato bo„lmaydi.
SHuningdek, markaziy gazeta va jurnallar hamda maxalliy matbuotda bosilgan islom dinining ma‟rifiy mohiyatini, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni, mustaqillik yillarida keng quloch yoygan tadbirkorlik harakatini, mamlakatimizni jaxon hamjamiyatida tobora mustahkam o„rin egallab borayotganligini targ„ibot-tashviqot qilishning birgina o„zi talabalarda mamlakatimiz kelajagi buyuk ekanligiga etarli darajada iymon keltira olmaydi, desak xato bo„lmaydi.
Har qanday g„olib mafkuralar sahnaga chiqqanida o„zining g„oyaviy ta‟sirini mustahkamlash va o„z mavqeini mustahkam tutib turish uchun emotsional – axborotli vosita (bayram, dabdabali marosim va h.k.) lardan foydalanganliklari bizga uzoq o„tmishdan ma‟lum. Jumladan, bundan uch ming yil avval yaratilgan «Avesto» muqaddas kitobining guvohlik berishicha, ajdodlarimiz badiiy bezatilgan ommaviy mafkuraviy tadbirlarni fuqorolik bag„ishlovlarning keng targ„ib qilishib, mafkuraviy tarbiyaviy tajribalarini keyingi avlodlarga meros qilib qoldirganlar. Prof. T.Mahmudov «Avesto» nomli kitobi(42-bet)da «inson ruxini, dilini, tasavvurini ulug„lash va ko„tarish, insonning ma‟naviy tomonga parvoz etishida
madadkor bo„lish «Avesto» qo„shiqlarining romantik tantanavorligida o„z ifodasini topgan», deb yozadi.
O„quv-tarbiya jarayonida o„quvchi-yoshlarni OAVlari yordamida ma‟naviy shakllantirish masalasi qaralganda matbuotining bu sohadagi imkoniyatlarini ham o„rganish maqsadga muvofiq. CHunki, bugungi kunda matbuoti nafaqat guruhlar devoriy gazetalari, ko„p tirajli gazetalari, radio-televidenie tarmoqlarini, balki tobora kengayib borayotgan komp‟yuter, internetni ham o„z ichiga oladi.
YUqorida ko„rsatilgan imkoniyatlarning barchasini hisobga olgan taqdirdagina ma‟naviyat bilan bog„liq ishlarimiz mazmuniga o„zimiz yashab turgan vaqt (davr)ning ruhi, nafasini muntazam ravishda singdirib borish mumkin.
Yana qizlar tarbiyasida ongsiz taqlidning ommaviylashib borishi oila tarbiyasiga katta ma‟naviy zarar keltirmoqda. Ayollarning kiyimlari ham bir asr davomida jiddiy o„zgarishlarga uchradi. U paytda ayollar libosi keng va uzun ko„ylak, kamzul va kavsh-maxsidan iborat edi. An‟anaga ko„ra, ayollar ko„ylagi badanning past-baland joylarini bilintirmaydigan darajada keng bo„lishi, englari esa bilaklarini to„la yopib turishi lozim edi. Ayollarning shunday kiyimlari 30-yillargacha moda bo„lib keldi. O„sha paytlarda biror kishi yana 30-40-yillardan keyin o„zbek ayollari tor ko„ylak va yubka, shim kiyib yurishadi, desa boshqalar uni aqldan ozganga chiqarib qo„yishi hech gap emas edi. Oradan 40-50 yil o„tar-o„tmas ayollar shunchaki tor ko„ylak va shim emas, mini yubka, juda tor shimlar kiya boshlashdi. Endi kiyim ularning badaniga past-baland joylarni yashirishga emas, bo„rtib turgan joylarini yana ham bo„rttiribroq ko„rsatishga xizmat qila boshladi. Asr boshida ayollar badanining 5-6 foiz qismi ochiq yurgan bo„lsa, asr oxiriga kelib yoz paytlarida ayollar badanining 50-60 foiz qismi ochiq yuradigan bo„ldi. XX asrning so„nggi choragida ayollar asr boshidagi ayollar liboslarini kinofilm va fotasuratlarda ko„rib ajablanishadi, xolos. Bularning bari hozirgi til bilan aytganda, globallashuv, aniqrog„i ma‟naviyatdagi globallashuv natijasi edi. Ko„rib o„tgan misollarimizda erkak va ayollar liboslaridagi o„zgarishlar yuz bergan har bir bosqichda avvalgi bosqich liboslarini himoya qiluvchi, yangiliklarni esa Farbdan kelayotgan ma‟naviy tahdid, deb baholovchilar ham anchagina bo„lgan.
29
Mana shu misollar globallashuv jarayonida chetdan kirib kelayotgan hodisalarning qaysi biri ma‟naviyatga tahdid-u, qaysi biri hayotbaxsh ekanini aniqlab olish qiyin ekanini ko„rsatadi. SHuning uchun chetdan kelayotgan har qanday g„oyani yot va vayronkor, deb e‟lon qilishdan avval milliy manfaatlar yo„lida foydalanish mumkin yoki mumkin emasligi to„g„risida obdon o„ylash lozim.
Prezidentimiz I.A. Karimov «Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo„li» asarida: «O„z ishini aql bilan, tushunib bajaradigan kishida mehnatdan faxrlanish, hayotdan zavqlanish tuyg„usi kuchli bo„ladi. Ana shunday odamlarni tarbiyalashimiz, mamlakatimizning har bir fuqarosi ana shunday tuyg„u bilan yashashiga erishishimiz kerak», -deb istiqbolli reja qo„ygan edi. Ana shu maqsadga erishishning to„g„ri yo„li bolalarni o„z mehnatlaridan faxrlanish, hayotning barcha jabhalaridan zavqlanish tuyg„usini tarbiyalashni yoshlik chog„laridanoq o„rgatishimiz, odatlantirishimiz darkor bo„ladi.
O„quvchi-yoshlarda axborot madaniyati ko„nikmalarini shakllantirish murakkab jarayon sanaladi. Uning murakkabligi shundaki, mazkur jarayonni izchil, uzluksiz, tizimli boshqarishning imkoni yo„q. SHu sababli yoshlarda ommaviy axborot vositalar foydalanish ko„nikmasini shakllantirishda ta‟lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, oila hamda ommaviy axborot vositalarining xizmatlaridan samarali foydalanish talab etiladi. Bunda, ayniqsa, davlat tasarrufida bo„lgan ommaviy axborot vositalari – gazeta, eurnal, tele-radiokanallarning tarbiyaviy ta‟sir imkoniyatlarini aniq maqsadga yo„naltira olish muhimdir.
Ta‟lim muassasalarida yoshlar orasida axborot madaniyatini ta‟minlashning ijtimoiy-pedagogik ahamiyatini yorituvchi amaliy harakatlarni tashkil etishga jiddiy e‟tibor qaratilishi kerak. bunda quyilagi yo„llardan foydalanish, kutilgan natijalarni qo„lga kiritishga imkon beradi:
YOshlar orasida axborot manbalariga bo„lgan qiziqishlar darajasini o„rganuvchi
tashxis xizmatidan foydalanish.
Ma‟naviy-ma‟rifiy targ„ibotni yo„lga qo„yish.
Nodavlat hamda tijorat faoliyatiga asoslangan ommaviy axborot vositalari
faoliyati yuzasidan «Ijtimoiy o„rganish»ni yo„lga qo„yish.
4. Yoshlarning g„oyaviy-mafkuraviy immunitet va dunyoqarashga egaliklarini o„rganish maqsadida monitoringni tashkil etish va hokazo.
Xozirgi global axborotlashuv davrida yoshlarda axborot olish ko„nikmalarini shakllantirish muhim ijtimoiy-pedagogik talab sanaladi. Maxkur talabning qondirilishi jamiyat a‟zolari tomonidan axborot xavfining mohiyatini etarlicha tushunishni taqozo etadi. YOshlar orasida axborot olishni ta‟minlashning ijtimoiy-pedagogik ahamiyatini izchil, uzluksiz, tizimli va maqsadga muvofiq tashkil etilishi kutilgan natijalarni qo„lga kiritish imkonini beradi.
Insonlar faoliyatini erkinlik, ijodiyot, mehnat, oila butunligi va ularning istiqboli kabi sifatlar egallay boshlanadi. Buning oqibatida, odamlarda tabiat va jamiyatga nisbatan, ideal, real va ratsional munosabatlar paydo bo„ladi.
Shaxsning va yoshlarning o„zligini anglashda avvalo, individ, shaxs va sub‟ekt taraqqiyotining quyidagi holatlariga e‟tibor qaratish lozim.
Ayni paytda bir necha tashkiliy masalalarni ham hal etish zarur. Chunonchi, ko'pgina o'qituvchilar dars berish uslubiyotini yaxshi egallagan bo'lsalar-da, axborot- kutubxonachilik sohasida yetarli bilim va malakaga ega bo'lmaydilar. Kutubxonachilar esa aksincha. Shu sababli ham o'qituvchilarga axborot-kutubxonachilik sohasidan ma'ruzalar o'qib, ularni axborot-kutubxonalar faoliyati bilan tanishtirish, kutubxonachilarga esa dars o'tish qoidalari, uslubiyotini o'rgatish muhimdir. Bizningcha, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda o'quvchilarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning o'ta muhimligini hisobga olib axborot-kutubxonachilik darslarini ommalashtirish, yo'lga qo'yish zarur. Avvalo, buning uchun masalaning tashkiliy jihatini hal etish, ya'ni axborot-kutubxonachilik darslarini yo'lga qo'yish yuzasidan qaror qabul qilish, shu qarorga asosan umumiy o'rta ta'lim muassasalari va axborot-kutubxona muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish va
o'tkazishning aniq shakllarini ishlab chikish zarur. Axborot-kutubxona muassasasida o'quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasini hal qilish faqat ta'lim-tarbiya jarayoniga aloqador bo'lmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, ma'naviy yuksalishi bilan
bog‟liq, davlatning strategik maqsadlariga xizmat qiluvchi faoliyatiga ham daxldordir. Shu sababli ham mazkur muammo ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan kompleks o'rganishni taqozo qiladi. Binobarin, tadqiqot natijalari ko'rsatganidek, kutubxonada o'quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi pedagogika, psixologiya, falsafa, adabiyotshunoslik, sosiologiya kabi kator fanlar erishgan yutuqlarga tayangan holdagina hal etilishi mumkin.
Axborot-kutubxona muassasasida axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi borasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
Axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy, umummilliy muammo hisoblanadi. Bu ma'lum davr bilan chegaralanadigan hodisa bo'lmasdan, inson umr bo'yi o'rganadigan ma'naviy ehtiyojdir.
Hozirgi davrda televizor qisman kitob o'qishni siqib chiqarayotir, degan e'tirozlar ham paydo bo'lmoqda. Lekin televizorda biror ko'rsatuvni ko'rish uchun har bir inson tayyorlanadi, o'ziga qulay sharoit yaratadi. Teledasturlar qaysi ko'rsatuvni qachon ko'rishga o'rgatadi. Agar kitob o'qish uchun ham ota-onalar ana shunday sharoit yaratsa, televizor ko'rish va tanlab kitob o'qishni, qiziqib o'qishni
o'rgatsa, ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Kitobxonlikda eng muhimi oilada kitobga mehr uyg'otish, uni avaylab-asrashni tarkib toptirishdir. Faqat allomalargina emas, ko'plab oddiy insonlar ham kitobni asrab-avaylaydilar. Xalqimiz azaldan “Kitob har narsadan aziz, uni peshonaga surtish - o'pish savob”, deydi. Buyuk olimu adiblarimiz Oybek, G'afur G'ulom, Izzat Sulton, Mirzakalon Ismoiliy va boshkalarning uy muzeylariga ota-onalarning o'z farzandlari bilan sayohatlarida bu insonlar uchun kitobdan boshqa aziz narsa bo'lmaganligi, ular kitoblarni avaylab-asraganlari, juda ko'p o'qiganlari ma'lum bo'ladi. Zero, xalqimizning kitobni e'zozlab ardoqlagani, nam tegmaydigan tokchalarda asragani, bo'sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o'tkazganlari kitobga
nakadar mehr-muhabbat qo'yganlarning guvohidir.
Bularning barchasi o'smirlarda shaxsiy kutubxona tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kitob yig'ishda uni ko'z-ko'z qilish emas, balki o'z oilasidagi farzandlari va ularning do'stlarini ham bahramand qilishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |