O’quvchilarni Alisher Navoiy asarlarini o’qishga qiziqtirish usullari
Navoiy she’riyati dunyoni zabt etdi, juda ko’plab xorijiy tillarda chop etildi. O’zbek mumtoz she’riyatini jahonga tanitdi. Navoiy ijodi-cheksiz ummon, ma’naviyatimiz javohirlari ummoni. Ana shu tengi yo’q xazinadan o’quvchilarimiz qay darajada bahramand bo’lmoqdalar. Navoiy asarlarini sevib o’qishiyaprimi? Menimcha, bu deyarli barcha ustozlarni o’ylatadigan savol.
Navoiy ijodini o’rganishga 5-9 sinflar uchun 25 soat dars ajratilgan. Lekin aksariyat o’quvchilar Navoiyning hayotini, uning ayrim ruboiylari-yu bir-ikkita g’azallarini bilishadi , xolos. Hatto asarlarini sanab ham bera olamaydilar.
6-7 sinf o’quvchilariga “Hayratul-abror”, “Mahbubul-qulub”, “Lisonut-tayer” asarlarini, Navoiy haqidagi “El desa Navoiyni”, Oybekning “Bola Alisher” kitoblarini tarqatib, navbat bilan o’qishlariga erishish mumkin. ( Kitoblarni Navoiy ijodini o’rganishdan ancha oldin berish kerak).
O’quvchilarga o’qigan asarlari yuzasidan savollar , testlar tuzish topshiriladi. Ayrim parchalarni, hikmatli so’zlarni yod olish tavsiya etiladi.
Adabiyot o’qituvchisi Navoiy dostonlarini o’quvchilar tomonidan o’qilishiga katta e’tibor berishi kerak. Shuningdek, “Xamsa” asari qahramonlari so’zlaridan yod oldirish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, 8-9 sinflar uchun ajratilgan dars soatlaridan unumli foydalanib, Navoiy ijodini chuqur o’rganib, ko’p asarlarini o’qitish mumkin.
Navoiy g’azallari, ruboiylari, fardlarini ko’proq yod oldirishga erishish lozim. 5-6 sinf o’quvchilari, dastlab, g’azallardan ayrim baytlarni yodlashni boshlashsa, 8- sinfgacha 5-6 va undan ortiq g’azalni to’liq yod ola bilishadi. Navoiy she’riyati bo’yicha bahribayt musobaqasi bu borada yaxshi natija beradi.
Bahribayt musobaqasi.
Yigitlar:
Aylagach ishqning balosi zor ko’nglimni hazin
Qilg’ay erding mani mahzunga parvo koshki.
Qizlar:
Ishq aro yuz ming malomat o’g’iga bo’ldim nishon,
Bir kamon obro’da tuzlukdin nishone topmadim.
Yigitlar:
Mehr ko’p korguzdum, ammo mehriboni topmadim,
Jon base qildim fido orami jone topmadim.
Qizlar:
Men qachon dedim vafo qilg’il, manga zulm aylading,
Sen qachon deding, fido bo’lgin manga, bo’ldim sanga.
Yigitlar:
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Rozg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.
Qizlar:
Ishq dardinmu deyin, hajru nabardinmu deyin,
Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmu deyin
Yigitlar:
Nenavo soz aylagay bulbul gulistonin judo,
Aylamas to’ti takallum shakaristonin judo.
Qizlar:
Orazin yopqoch, ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh
Navoiy asarlarini o’qish, o’rganishni ham musobaqa tarzida tashkil etish mumkin. Shoirning barcha asarlari ro’yxatini yozdirish maqsadga muvofiqdir.
Devonlari 8 ta
“Ilk devon”( Navoiyning zamondoshlari tomonidan tuzilgan)
“Badoyeul-bidoya” (Badiiylik ibtidosi)
“Navodirun-nihoya” (Behad nodirliklar)
“Xazoyinul-maoniy” ( Ma’nolar xazinasi)
4 devondan iborat
1. “G’aroyibus-sig’ar” ( Bolalik qiziqliklari)
2. “Navodirush-shabob” ( Yigitlik nodirlari)
3. “Badoyiul-vasat” ( O’rta yoshlik go’zalliklari)
4. “Favoyidul-kibar” ( Keksalik foydalari)
8. “Devoni Foniy”
Dostonlari 6 ta
“Xamsa” ( 5 dostondan iborat)
“Lisonut-tayr” ( qush tili)
Ilmiy asarlari:
“Mezonul-avzon” ( vaznlar o’lchovi)
“Risolai muammo” yoki “Mufradot” ( muammo janriga oid risola)
“Muhokamatul-lug’atayn” ( ikki til muhokamasi)
“Sab’aty abhur” (yetti dengiz)-lug’atshunoslikka oid
“Majolisun-nafois”( go’zal majlislar)-adabiyotshunoslikka oid tazkira
_____________________________________________________________________
“Mahbubul-qulub” ( ko’ngillarning sevgani)- falsafiy-nasriy asar
“Xamsatul-mutahayyirin” ( Besh hayrat)
“Holoti Sayid Hasan Ardasher”
“Holoti Pohlovon Muhammad”
“Munshaot” ( Xatlar)
“Forsiy munshaot”
“Vaqfiya”
“Fusuli arbaa” (4 fasl)
“Tarixi muluki Ajam” ( Ajam podsholari tarixi)
“Risolai tir antoxtan” (o’q-yoy otish risolasi)
“Nazmul javohir” ( gavharlar tizmasi)-din va axloqqa doir asar.
“Nasoyimul-muhabbat” (muhabbat shafasi)-tasavvuf va so’fiylar haqida
“Tarixi anbiyo va hukamo” ( payg’ambarlar va hakimlar tarixi)
“Sirojul-muslimin” (musulmonlik nuri)
“Chihil hadis” ( qirq hadis)
“Munojotnoma” (diniy risola)
Alisher Navoiy ijodini qo’chimcha adabiyotlarsiz o’rganish, asarlarini tushunish ancha murakkabdir. Shuning uchun o’quvchilarga Navoiy ijodi bilan bog’liq adabiyotlarni tavsiya va targ’ibot etish har bir adabiyot o’qituvchisining asosiy vazifasi bo’lmog’I kerak. Adabiyotshunos olimlarning quyidagi kitoblaridan foydalanish mumkin:
Ibrohim Haqqulov “She’riyat-ruhiy munosabat”, “Kamol et kasbkim”, “Tasavvuf va she’riyat”, “Kamalak” nashriyoti tomonidan chop etilgan “G’azallar, sharhlar” , Hajmiddin Komilov “Tasavvuf”, Ibrohim G’ofurov “Dil erkinligi”, Abdurashid Abdug’afurov “Buyuk beshlik saboqlari”, Nusratillo Jumayev “ Satrlar silsilasidagi sehr”, Abduqodir Hayitmetov “Navoiyxonlik suhbatlari”, Sultonmurod Olim “Luqmayi halol”, “Ishq, oshiq va mashuq”, Sharofiddin Sharipov “Lisonut-tayr haqiqati”, shuningdek, Yoqubjon Isoqov, Suyima G’aniyeva va boshqalarning kitoblaridan foydalanish ayni muddaodir.
Navoiy hayoti va ijodini puxta o’rgangan , asarlarini sevib o’qigan o’quvchi o’z taassurotlarini yozma bayon eta oladi. Ijodiy matn mavzulari quyidagicha bo’lishi mumkin:
Navoiy hikmatlari misli dur.
Navoiy g’azallari shaydosiman.
Navoiy-she’riyat mulkining sultoni.
Navoiy-serqirra ijod sohibi.
Navoiy-buyuk alloma.
Navoiy ruboiylarini tahlil etganda.
Navoiy-ulug’ xamsanavis.
Meni maftun etgan doston.
Zamonamiz ardoqlaydi ulug’ shoirni.
Navoiy ijodini o’rganishni quyidagicha tashkil etish maqsadga muvofiqdir:
qo’chimcha adabiyotlardan foydalanish;
matbuotda yoritilayotgan maqolalardan yig’ib boorish;
shoir ijodiga bag’ishlangan telekursatuvlar haqida fikr-mulohazalar yuritish;
asarlari yuzasidan savollar tuzish;
testlar tuzish;
she’riy san’atlarni aniqlash;
lug’at bilan ishlash;
ifodali o’qish;
asarlari qahramonlariga tavsif berish;
albom, buklet, devoriy gazeta, referat, maqolalar tayyorlash;
navoiyxonlik kechasini o’tkazish;
sinflararo bellashuvni tashkil etish va boshqa tadbirlar uyushtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |