Sana 26. IX 2013
Fan nomi : Musiqa madaniyati
Sinf : 7 .
Dars mavzusi : Buxoro- Samarqand musiqa uslubi haqida tushuncha . Sozandachilik san’ati .
Dars maqsadi :
O’quvchilarga Buxoro- Samarqand musiqa uslubi haqida tushuncha . Sozandachilik san’ati haqida bilim berish
O’quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
O’quvchilarda sozandachilik san’atiga bo’lgan mehrni shakllantirish.
Dars vaqti : 40 daqiqa .
Dars jihozi :
Qashqar rubobi,
Musiqa darsligi.
A-4 qog’ozlari
T/R
|
Darsning borishi
|
Belgilangan vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
Uyga vazifani so’rash, baholash
|
12 daqiqa
|
3
|
Uyga vazifani mustahkamlash.
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Yakuniy qism .
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi :
Tashkiliy qism.
A.Salomlashish.
B.Sinf davomatini aniqlash.
S. Sinf ozodaligiga e’tibor berish.
Musiqa tinglash . O’quvchilar “Buxorcha II “ kuyini tinglaydilar .
Uyga vazifani mustahkamlash : Surxondaryo- Qashqadaryo dostonchilik an’analari ..
Doston adabiy-musiqiy asardir. Surxondaryo - Qashqadaryo doston ijrochilarini shoir yoki baxshi deb atashadi. Doston ikki shaklda “ ochiq ovoz” va “ bo’g’iq ovoz” da ijro qilinadi. Xorazm da ochiq ovozda dostonni ijro qilishsa , Surxondaryo – Qashqadaryoda bo’g’iq ovozda ijro qilishadi.
Dostonlarni ijro qilish mavsumi asosan kech kuzda , qishloq ahli dehqonchiliklarini yig’nab bo’lgach erta bahorgacha o’tkazadilar. Dostonlarni do’mbira cholg’usida ijro qilishadi. Dostonlarni kuylash tarkibiga ko’ra , avvalo termalar aytiladi.
Terma- biror bir doston ijrosidan oldin baxshi tomonidan kuylanadigan aytim bo’lib , bunda baxshi o’z bisotida bor dostonlarni qisqacha ta’riflaydi. Baxshilar “ Alpomish” , “ Go’ro’g’li ” , ‘ G’arib va Shohsanam ’ va boshqa dostonlarni ijro qilishadi.
Yangi mavzu: Buxoro- Samarqand musiqa uslubi haqida tushuncha . Sozandachilik san’ati .
Buxoro- Samarqand musiqa uslubi deganda - Buxoro va Samarqand shahri va hududlarida qaror topgan musiqiy an’analar tushuniladi. Bu hududlarda ikki tillilik , yani o’zbek va tojik tillari an’anasining namoyon bo’lishidir.
Bahor mavsumi bilan bog’liq “ Guli surx ” xalq marosimi tantanalarida qo’shiqlar aytilgan.
“ Qayroq o’yin ” , “ Zang o’yin ” kabi buxorcha raqslarga tushilgan .
Sozanda bu yakkaxon aytimchi bo’lib , u qo’lida qayroq yoki zang ( qo’ng’iroqcha ) ushlab raqsga tushadi. Hamda qoshiq bandlarini ijro qilishadi. Demak sozanda dastasida jami uch –to’rt ayol – yakkaxon sozanda, doyrachi, naqarotchi qatnashadi .Ularning repertuari o’zbek va tojik tillarida bo’ladi.
Jamoa bo’lib kuylash. “ Yoshlik sening parvozingdir ” qo’shig’i o’quvchilar bilan birgalikda
kuylanadi. Po’lat Mo’min she’ri, Nadim Norxo’jayev musiqasi. Qo’shiq o’rtacha tez kuylanadi.
Yakuniy qism : O’quvchilarga Buxoro- Samarqand musiqa uslubi haqida tushuncha . Sozandachilik san’ati mavzusi uyga topshiriq qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |