“TASDIQLAYMAN”
Maktab direktori: _________________________
O’.T.I.B.D.O’: __________ _______________
“9-may Xotira va qadrlash kuni”
mavzusiga ishlagan
D A R S I S H L A N M A S I.
2017 - 2018-O’QUV YILI.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda insonning azizligini, o’tganlar ruhini shod etishlikni, tiriklar qadriga yetib yashashlikni o’rgatish.
Tarbiyaviy: «Tarixiy o’tmishsiz kelajak yo’q» shiori orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftixor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
1
|
Tashkiliy qismi
|
3 daqiqa
|
2
|
Nazorat savol-javoblar asosida
|
5 daqiqa
|
3
|
Uy vazifasini so’rash
|
10 daqiqa
|
4
|
Guruhlarda ishlash
|
8 daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
7
|
Mustahkamlash
|
2 daqiqa
|
Kun shiori:
“Bu muqaddas Vatanda azizdir inson”
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi,tassurotlari va olgan xulosasi
Foydalanilgan ko’rgazmali qurollar:
Darslik, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”, “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”,O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, adiblarimizning ijodlaridan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Darsni tashkillashtirish
Metod: Noan’anaviy.
O’qitish shakllari: : Aralash.
Ko’rgazmali qurollar: Darslik, video proektor, vatman, marker, skoch, dars vaqtida beriladigan atama, konspekt-tushuncha, sanalar yozilgan kartochkalar.
Nazorat: Savol-javob, baholash, rag’bat.
Tashkiliy qismi:
O’quvchilar bilan salomlashish, dawomatni aniqlash, o’quvchilar diqqatini darsga jalb etish, sinfda mavzuga bog’liq adabiy muhitni yaratish, dunyoda va O’zbekistonda yuz berayotgan asosiy yangiliklardan qisqacha ma’lumot berish.
Darsning borishi.
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini
o’z maqsad muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alahida ahamiyat kasb etadi .
Xulosa qilib aytsak, xalqimiz boshiga tushgan bu fojianing dahshati yanada yaqqol namoyon bo’ladi.
Ya’ni tarixiy
xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi
Shu davrda qancha qancha o’z oilasidan judo bo’lgani ayollar bevalikka go’daklar yetimlikka mahkum etilganini, minglab mirishkor dehqonlar olis o’lkalarga surgun qilingan
Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va ellatlarning vakillari bor edi.
Ma’lumki, 1937-1953-yillarda sobiq SSSR da mudhish ommaviy siyosiy qatag’onlar amalga oshirilgan edi. O’zbekiston bo’yicha qariyib 100 ming kishi qatagonga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya
9-may Xotira va qadrlash kuni
Do'stlaringiz bilan baham: |