O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Adabiy-nutqiy kompetensiyalar


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu



Download 1,37 Mb.
bet116/341
Sana29.09.2021
Hajmi1,37 Mb.
#188706
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   341
Bog'liq
5 sinf adabiyot konspektkompetensiyal

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Andersen 1805-yil 2-aprelda Daniyaning Odens shahrida kambag‘al etikdo‘z oilasida dunyoga keldi. Andersen oilasi muhtojlikda kun kechiradi. Bo‘lajak ertakchining bolaligi muhtojlik va yupunlikda o‘tadi. Biroq yupun va nochor ahvoliga qaramay yosh Andersen ko‘proq o‘qish, o‘rganish payidan bo‘ldi. Otasi vafot etgach, o‘n to‘rt yoshli Andersen Daniya poytaxti Kopengagenga keladi. Bu yerda ham o‘qish, izlanishda bo‘ladi. Dastlab u teatrga qiziqadi. Bu sohada jiddiy shug‘ullanishga ahd qiladi. Aktyor bo‘lish rejasi amalga oshmagach, o‘zicha kichik-kichik sahna asarlari yozadi, ularni shahar teatrlariga taklif qilib ko‘radi. Kopengagen teatrlaridan birining direktoriga uning yozganlari ma’qul bo‘ladi shekilli, u pyesalarni sahnalashtirmasa-da, qaysidir mulohaza bilan yosh muallifni qo‘llab-quvvatlashga qaror qiladi. Andersen uning tavsiyasi bilan teatrdan stipendiya oladi va unga Lotin maktabida bepul tahsil olish huquqi beriladi. So‘ngroq Andersen Konpengagen universitetida o‘qiydi.

O‘qish-o‘rganishda suyagi qotgan yosh Andersen uzoq-uzoqlarga sayohat qiladi. U Yevropa, Osiyo, Afrikaning qator mamlakatlarida bo‘ladi. O‘zi uchun qiziq tuyulgan har bir narsani ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab ko‘rmaguncha ko‘ngli joyiga tushmasdi. Bundan tashqari, sayohatlari davomida zamonasining mashhur shoir va adiblari, san’atkorlari bilan uchrashdi. Gyugo, Balzak, Dyuma, Dikkens, Geyne, Rossini, Vagner, List kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo‘ldi.

1835-yilda adib o‘zining birinchi yirik asari - «Improvizator» romanini e’lon qiladi. Roman o‘quvchilar orasida mashhur bo‘lib ketadi. Biroq bu mashhurlik shundan keyingi muvaffaqiyatlar oldida hech narsa bo‘lmay qoladi. Gap shundaki, adibning o‘sha yili bosib tarqatilgan dastlabki ertaklar to‘plami kutilmaganda unga katta shuhrat keltiradi. Boshda ertaklarini o‘quvchilar yoqtirishiga o‘zi ham ishonmagan yosh ertaknavis adib bu to‘plamdan so‘ng bolalar va kattalar birday qiziqib o‘qiydigan ertaklar yaratishga qodir ekanligiga amin bo‘ladi va bundan keyingi umrini ijodning shu sohasiga bag‘ishlaydi. Unga yaratgan ertaklari olamshumul shuhrat keltirdi. «Bolalarga aytilgan ertaklar», «Yangi ertaklar», «Tarixlar», «Yangi ertaklar va tarixlar» to‘plamlari Andersen nomini dunyoga mashhur qilib yubordi.



Jahon adabiyotida munosib iz qoldirgan ertakchi adiblar ko‘p. Andersen o‘shalarning biridir. Xo‘sh, uning bolalar va kattalar uchun e’zozli ertaknavis ekanligining sababi nimada? Bu savolga javobni uning maftunkor ertaklaridan izlash kerak. Andersen ertaklari shunchaki xayoliy voqealar tasviri emas, aksincha, jonli hayot bilan bog‘liq real hikoyalardir. Ularda real buyum va hodisalarga fantastik tus beriladi, jonlantiriladi, harakatga keltiriladi. Masalan, «Dyumchaxon», «Suv parisi», «Qor malikasi», «Bulbul» ertaklaridagi talqin jonli inson muhitiga yaqinlikda berilsa, «Bronza to‘ng‘iz», «Kumush tangacha» ertaklarida jonsiz ashyolar harakatga kelib, odamlarday so‘zlaydilar, bu esa kishida qiziqish uyg‘otadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish