O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Adabiy-nutqiy kompetensiyalar


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu



Download 1,37 Mb.
bet91/341
Sana29.09.2021
Hajmi1,37 Mb.
#188706
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   341
Bog'liq
5 sinf adabiyot konspektkompetensiyal

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

O‘zbek adabiyotining XX asrdagi ulkan vakillaridan biri Maqsud Mas’um o‘g‘li Shayxzodadir. U 1908-yili Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasining kasbi shifokorlik bo‘lib, she’riyatni nihoyatda sevgan, farzandlariga ham adabiyotga muhabbat tuyg‘usini singdirgan inson edi. Shayxzoda tug‘ilgan shahrida maktab ta’limini olgach, Ozarbayjon poytaxti Bokudagi Oliy pedago-gika institutiga sirtdan o‘qishga kiradi. 1925-yildan muallimlik qila boshlaydi. 1928-yili u hurfikrliligi, ya’ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, Toshkentga badarg‘a qilinadi. Ayni shu davrdan boshlab to umrining so‘ngiga qadar Shayxzodaning butun hayoti o‘zbekiston bilan bog‘lanadi. U avval turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida muharrir, 1935-1938-yillarda o‘zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan hayoti so‘ngigacha Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.

Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929-yildan e’lon qilina boshlandi. 30-yillarda shoirning «o‘n she’r», «Undoshlarim», «Uchinchi kitob», «Jumhuriyat» nomli to‘plamlari dunyo yuzini ko‘radi. Ana shu to‘plamlari bilan Shayxzoda o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos shoir sifatida tanildi va tan olindi.

Uning ijodi 40-yillarda, Ikkinchi jahon urushi davrlarida ayniqsa avj pardalarga ko‘tarildi. Butun insoniyatga tahdid solayotgan fashizmni yo‘q qilish, hayotni, tiriklikni, shon-u sharafni saqlash, xalqni ruhan yengilmaslikka, matonatga da’vat etish shoirning o‘sha yillari chop etilgan «Kurash nechun», «Jang va qo‘shiq», «Kapitan Gastello», «Ko‘ngil deydiki» kabi to‘plamlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Shu yillarda Shayxzoda ijodining yana bir mumtoz namunasi «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi yaratildi.

Siz tariximiz to‘g‘risidagi hikoyalardan yaxshi bilasizki, o‘lkamizni XIII asrlarda Chingizxon qo‘shinlari bosib olmoqchi bo‘lganida, xalqimizning mard o‘g‘lonlaridan Jaloliddin Manguberdi dushmanga qarshi qattiq kurash olib boradi. o‘z vatani mustaqilligini saqlash uchun mardonavor turib jang qiladi. Mana shu tarixiy shaxs siymosi va shonli o‘tmish sahifalarini badiiy haqqoniylik bilan tasvirlash «Jaloliddin Manguberdi» dramasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Pyesa Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatrida (hozirgi o‘zbek Milliy akademik drama teatri) sahnalashtiriladi. Botir lashkarboshi Jaloliddin siymosini sahnaga buyuk aktyor Shukur Burhonov olib chiqadi.

Shayxzoda urushdan keyingi yillar tinch hayot va yaratuvchilik zavqini tarannum etgan she’rlardan iborat «o‘n besh yilning daftari», «Olqishlarim», «Zamon torlari», «Shu’la», «Chorak asr devoni» kabi to‘plamlarini nashr ettiradi. 1957-yili qadim poytaxtimiz Toshkent haqida teran falsafiy va nihoyatda ehtirosli tuyg‘ularga boy «Toshkentnoma» dostonini yozadi. Tarixiy mavzulardagi izlanishlarini davom ettirib 1960-yilda «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasini yaratadi. Bu asar o‘zbek dramaturgiyasi rivojida juda katta o‘rin tutadigan pyesadir. Buyuk bobokalonimiz, dunyo falakshunos olimlari ichida e’tirof topgan, ulug‘ Amir Temurdan so‘ng temuriylar nasabini olamga tanitgan Mirzo Ulug‘bek siymosi asarda muhabbat va ulug‘vorlik bilan tasvir etiladi. Uning inson va shoh, shoh va olim, ota sifatidagi siymosi falsafiy teranlikda, badiiy baquvvat she’riy satrlarda ochib beriladi. Bu obrazni ham Shukur Burhonov katta mahorat bilan ijro etgan.



Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish