7-BILET
. 1. O‘quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish
2. STEAM ta’lim (STEAM education) o‘ziga xos hususiyatlari.
3.Yangi avlod darsliklarini yaratishga qo‘yiladigan talablar.
Javoblar
1. O‘quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish
Bugun biz tez suratlar bilan o‟zgarib borayotgan,insoniyat hozirga qadar boshdan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o„ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz.Davlat va siyosat arboblari,faylasuflar va jamiyatshunos olimlar,sharhlovchi jurnalistlar bu davrni turlicha ta‟riflab, har xil nomlar bilan atamoqdalar.Kimdir yuksak texnalogiyalar zamoni desa,kimdir tafakkur asri,yana birov yalpi axborot davri sifatida izohlamoqda.Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma‟lum ma‟noda haqiqat,ratsional mag‟iz bor.Chunki ularning har biri o„zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy.Ammo ko„pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg‟otmoqda.Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganing asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obektiv tan olish kerak-bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo„shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‟lanib boryaptiki,biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish,anglash qiyin emas. Shu ma‟noda,globallashuv-bu avvalo hayot sur‟atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.Har bir ijtimoiy xodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo„lgani singari,globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.Hozirgi paytda uning g‟oyat va keng qamrovli ta‟sirini deyarli barcha sohalarda ko‟rish,hiz etish mumkin.
Ayniqsa bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar
tig‟iz,shu qadar tezkor rivojlanayotgan bir paytda,elgarigidek,ha bu voqea bizdan
juda olisda yuz beribdi,uning bizga aloqasi yo„q deb beparvo qarab
bo„lmaydi.Mana shunday vaziyatda odam o‟z mustaqil fikriga,zamonlar sinovidan
o„tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga,sog‟lom negizda shakllangan dunyoqarash va
mustahkam irodaga ega bo‟lmasa,har turli ma‟naviy tahdidlarga,ularning goh
oshkora,goh pinhona ko‟rinishidagi ta‟siriga bardosh berishi amrimahol.
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o„quv dargohlarida,balki radio-
televideniya,matbuot,internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot
ma‟lumotlarni olmoqda.Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan
shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini to„g‟ri axborot bilan boyitish,ularda
axborot iste‟moli madaniyatini shakllantirish asosiy vazifalarimizdan biridir.Bu
o„rinda badiiy adabiyot,kitob mutolaasi katta yordam beradi.
Badiiy adabiyotning inson ma‟naviy dunyosiga ta‟siri benihoya katta.Badiiy
adabiyot qalbni tarbiyalaydi.Adabiyotga oshno insonning dili mehr-muhabbatga
to„liq bo„ladi.Kitob,xususan,badiiy asarlar o‟quvchiga ma‟naviy zavq berishi
bilan birga axborot iste‟mol madaniyatini shakllantiradi.”Qanday qilib axborot
iste‟moli madaniyatini shakllantirish mumkin,degan savol hamisha dolzarb bo‟lib
kelgan.Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki,buni birinchi navbatda badiiy
asarlar o‟qish, ommaviy axborot vositalaridan o‟rinli foydalanish,internet
tarmog‟idagi ma‟lumotlarning faqat to„g‟ri talqinlarini qamrab olish, undan faqat
yaxshilik yo‟lida foydalanish bugungi yoshlarimizning oldida turgan asosiy
vazifalardan biridir.
Inson qancha ko„p kitob o„qisa,uning fikr doirasi tiniqlashib,silliqlashib
boradi.O‟qish madaniyatini shakllantirish asosida “kitobxonlik madaniyati” tarkib
topadi.Ana shu sababli kitobxonlik madaniyati fan darajasiga ko„tarilishi,nafaqat
kitob mutolaasini targ‟ib etish,balki muntazam kitob o‟qishga odatlanish,o‟qish
uchun kitobni to„g‟ri tanlay olish,voqelik bilan dialogga kirishi asosida o„z-o‟zini
anglashga erishish o‟ta muhimdir.O„qish madaniyati keng qamrovli tushuncha
bo„lib,kitobga qiziqish va uni sevish,adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob
bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bol„ishni taqozo etadi.Shu bilan
birga hozirgi vaqtda “kitobxonlik madaniyati”,”mutolaa madaniyati”,”axborot
madaniyati”,”axborot iste‟moli madaniyati” kabi atamalar keng qo‟llanmoqda.
Bugun axborotlar oqimi shiddat bilan kuchayib borayotgan, kompyuter va
umuman texnika olami inson hayotida tobora kengroq va mustahkamroq o‟rin olib
borayotgan bir zamonda ”axborot iste‟moli madaniyati “muammosining yanada
dolzarblik kasb etishi sir emas. Zero, iste‟mol madaniyati inson ma„naviy
olamining ajralmas qismi ekan, inson ma„naviyatini shakllantirish, axborotni
to„g‟ri yetkazish va qabul qilish ta„lim-tarbiya jarayonidagi eng asosiy vazifa
bo‟lib qolaveradi. Bunda esa kitobxonlik” madaniyati ko‟mak beradi.O„quvchi
yoshlar har qanday axborotni o„qiganda unga ongli, eng muhimi, estetik
munosabat bildira oladigan, undan to„g‟ri foydalanadigan darajaga yetishi uchun
birinchi navbatda ko„p kitob o„qishi,o‟qilganda ham kitob zavq bilan o‟qilishi,
kitobxon undan tegishli huzur va ruhiy qanoat tuyishi kerak. Buni ixcham tarzda
―estetik to„yinish deb ifodalash mumkin bo‟lar.Zamonaviy sharoitda axborot -
kommunikatsiya texnalogiyalarining jadal taraqqiy etishi va internet tarmog‟idan
ma‟lumotlar olish,imkoniyatining kengayishi bolalarda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishda katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ta‟lim-tarbiya jarayoniga
salbiy ta‟sir ko‟rsatuvchi ayrim muammolarni yuzaga keltirmoqda
1.Internet tarmog'idan noto'gri foydalanish turli to'gri-noto'gri ma'lumotlarni o'qish unga ishonish
2.Bugun axborot iste‟molchilarining kattagina qismini o„ziga og‟dirib
ulgirgan ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, ko„pincha ma‟lum guruhlar yoki
foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilishi. Bunday axborotlarning shakli,
mazmuni, hajmi turlicha bo„lish bilan birga ko„pincha manba tekshirilmasdan
tarmoqqa qo„yilishi.
Ushbu holatni rasmiy saytlar misolida ko‟rganimizda, ularda birinchi
axborot manbalaridan ko„ra havola(link)li xabarlar ko„pligiga guvoh bo„ldik.
3. Global tarmoq texnologiyalarining iste‟molga kirib kelishi tushunchasi va
uni taqdim etish haqidagi ming yillik tasavvurlarni butunlay o„zgartirib yuborilishi.
Avvallari keng jamoatchilik asosiy axborotni faqat OAV orqali qabul qilgan
bo„lsa, bugun auditoriyaning o„zi ham axborot yetkazuvchi “xabarchi”larga
aylanishi;
4. Jurnalistika olamida hamma davrlarda ham noto„g„ri axborot xolis,
ob‟yektiv, sifatli axborot bilan yonma-yon yashashi.Ayniqsa, bugungi kundagi
noto„g„ri axborotning salmoqli qismi internet hissasiga to„g„ri kelishi. Ayni paytda
milliy jurnalistikada virtual axborot oqimini tartibga soluvchi huquqiy asosning
yo„qligi va tegishli qonunchilik hujjatlari hali bu sohani yetarlicha qamrab
olmagani noto„g„ri axborotning tarqalishiga yaxshigina zamin yaratishi;
Internet cheksiz-chegarasiz axborot manbaidir. Ammo bu axborotlar to„g„ri yoki
noto„g„riligini qanday farqlash mumkin? Qanday axborotlardan ehtiyot bo„lish,
qandaylariga ishonish kerak? Umuman internetdagi axborotning to„g„riligiga kim
mas‟ul? Bu kabi savollar juda ko„p va ular sohaning rivojiga jiddiy yondashuvni
taqozo qilyapti.
Bugungi kunda kiber olamda noto„g„ri axborotning ko„payishi, ayniqsa internetda
tobora ommalashayotgan bloglardagi asosiy xabar va ma‟lumotlarning sub‟ektiv
qarashlardan iboratligi bilan ham bog„liq. Sub‟ektivlik esa axborot
noto„g„riligining muhim omili bo„ladi. Saytlar hozir internet olamida ommaviy
axborot vositasi vazifasini bajarmoqda. Bunday jonli kundaliklarning doimiy
o„quvchilari soni ayrim ro„yxatdan o„tgan milliy saytlarimiz auditoriyasidan-da
ko„proq. Shunday ekan, bloglarda e‟lon qilingan har qanaqa fikr, qarash undan
foydalanuvchilar tomonidan axborot sifatida qabul qilinishi va o„zlashtirilishini
unutmaslik kerak. Shu nuqtai nazardan shaxsiy qarashlarni ifodalashga berilib
ketgan ayrim saytlar internetda noto„g„ri axborot tarqalishida sababchi
bo„lmoqdalar. Natijada bundan avvalo,o‟quvchi-yoshlarimiz ziyon ko‟rishmoqda.
Insoniyat hayotiga televidenie kirib kelganida, yoshlar tugul kattalarning katta
bir qismi ham: “Mana endi teatr san‟ati o„ldi, tamom bo„ldi deyavering, har qanaqa
spektaklni uyda o„tirib, ekran orqali bemalol, hatto yonboshlab ham tomosha qilish
mumkin”, deyishgan. Bu gapni odamlar ongiga nechog„li singdirishga
urinishmasin, televidenie ham, teatr san‟ati ham gurillab o„sishdan, takomil
topishdan to hanuz to„xtashgani yo„q, aksincha, bir-birlariga yelkadosh, sirdosh,
sahnadosh bo„lib kelishmoqda.
Kitob mutolaasi haqidagi bahsga kelsak, fikrimcha, “qog„oz kitob” bilan
“internet kitob”ning ikki muhim o„ziga xosligi bor. Insoniyatning buyuk ixtirosi
hisoblanmish qog„oz kitob o„quvchining ongiga, qalbiga, fikri-zikriga, ma‟naviy
olami, turmush tarziga ta‟sir ko„rsatadi, internetning beqiyos, aql bovar
qilmaydigan imkoniyatlari esa bizning xabardorligimizni oshiradi, buni inkor
etmoqchi emasmiz.
Ikkinchi o„ziga xoslikni quyidagicha izohlash mumkin. Biz aytayotgan o„sha
qog„oz kitoblar, bilsangiz, bizning hayot bulog‟imiz,tomirlarimizda oqayotgan
hayot chashmasining naqd o„zi”. Buning hech mubolag„asi yo„q. Nashrdan yangi
chiqqan kitobni “sovutmay” o„qish, issig„ida mag„zini chaqish nechog‟lik lazzatli
ekanini tushuntirib o„tirishga hojat bo„lmasa kerak.
Adabiyot ixlosmandlaridan biri bundan ancha yillar avval: “Insoniyat yigirmanchi
asrga ot minib, gurillab kirib kelgan edi, undan piyoda, boshini egib chiqib
ketmoqda”, deb yozgan edi.Biz yangi asrning yangi o„n yilliklariga, bizdan keyingi
avlodlar esa yangi-yangi asrlarga boshni baland tutib, hazrat Alisher Navoiy
bobomizdan qolgan she‟riyat deb atalmish ma‟naviy xazinani qog‟oz kitoblar
holida qo„ltiqqa qistirib, ulardan taralayotgan yog„du jilolaridan ruhlanib kirib
boramiz.Davrlar evrilishi g„alati, bizlar kitob o„qishga mukkasidan ketgan 80-90-
yillarda, ota-onalarimizga bobo,buvilarimiz “Ko„p kitob o„qima, miyang suyulib
ketadi”, deb tanbeh berishgan. Bugungi yoshlarga kitob o„qishni gapirsang, ensasi
qotadi. Ammo biz bu o„rinda yoshlarni mutlaqo ayblamoqchi emasmiz, agar
jamiyatda bilim-ma‟rifat, adabiyot qadr-qimmat topsa, albatta, aziz bolalarimiz
kitobga qaytishlariga ishonaman. Bugun kitoblarni chop etish, ularni tarqatish
tizimini takomillashtirish va eng muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat siyosati darajasiga ko'tarilayotganidan quvonishimiz kerak
Darhaqiqat, har bir inson dunyoga kelar ekan, atrof-muhitga, o„zi o„sib-
ulg„aygan jamiyatga tafakkur nigohi bilan boqib, undan ibrat oladi, xulosalar, fikr-
tushunchalar bilan boyiydi va shularga tayangan holda inson bo„lib shakllanadi.
Chinakam badiiy adabiyot ana shu fikru- xulosalarni benihoya go„zal bir tarzda
ifoda etadi, eng ta‟sirchan, unutilmas voqealar vositasida teranlashtiradi,
mustahkamlaydi. Bir so„z bilan aytganda, adabiyot odam bolasida chin insoniy
fazilatlarni shakllantiradi.
Unutmasligimiz kerakki, shaxsiyati mazkur mezon va fazilatlardan mosuvo kimsa
halol va yaxshi ishchi yoki xizmatchi tugul, tom ma‟nodagi inson ham bo„la
olmaydi.
Fuqarolarida ushbu mezon va fazilatlar shakllanmagan jamiyatda esa sof
ma‟naviy-iqtisodiy taraqqiyotning bo„lishi mumkin emas. Bunday jamiyatni bir-
birini aldovchi, talovchi, bir-birining haqini yeyishdan qo„rqmaydigan beshafqat
olomon, desak, sira-sira xato qilmaymiz.
Achchiq bir haqiqatni tan olaylik, ayni paytda ko„pchilik mutolaa qilishga
ajratiladigan vaqtini “bemaza qovunning urug„iday “ko„payib ketgan seriallarga,
ko„ngilochar gazetalar, ularda bosilayotgan oldi-qochdi, badiiylikdan ming
chaqirim yiroq “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz
adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, umuman har qanday kitobni agar u andak
o„yga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan jiddiyroq bo„lsa, o„qishni
xohlashmayapti.
Yana bir gap, bugungi kunda biz farzandlarimiz kitobdan uzoqlashib borayapti,
degan gapga yopishib olib, bunda darrov zamonaviy texnika va texnologiyalarni,
internetni ayblashga tushamiz. Holbuki, globallashayotgan dunyoda butun
insoniyat texnikadan unumli foydalanmoqda, lekin ular kitoblarni, ayniqsa,
mumtoz adabiyotni aslo chetga surib qo„yishayoganlari yo„q. Kitobxonlik darajasi
borasida jahon mamlakatlari reytinglarini ko„rib chiqib, bunga ishonch hosil qilasiz
Xorijda ushbu muammoni hal qilish yo„llari avvalgidan qizg„inroq, jiddiyroq
yo„sinda olib borilmoqda. Turli anjumanlar, muhokamalar, adiblar bilan
uchrashuvlar, kitob bayramlari sifati ortib bormoqda. O„rta maktablar dasturiga
mutolaa bo„yicha maxsus darslar kiritilmoqda. Bu darslarda o„quvchilarda kitobga
muhabbat, matnni tushunib, to„g„ri talqin qilish, eslab qolish ko„nikma va
malakalari shakllantirilmoqda
Bir qator o„zbek adabiyotining eng sara namunalarini nashri hali ham
qoniqiqarli emas.Jumladan, Alisher Navoiyning yigirma jilddan iborat asarlari
ma‟lum bir tirajlarda bosilib chiqdi.Ammo nazarimizda bular kam, chunki Alisher
Navoiy nafaqat maktab va institut kutubxonalari, balki har bir o„zbek xonadonida
bo„lishi zarur. Navoiyni qo„ya turing, hatto Abdulla Qodiriyning “O„tkan kunlar”
romani har yuzta o„quvchidan bir yoki ikkitasiga to„g„ri kelayotganiga nima
deysiz?! Qodiriyning eng mashhur asari shunchalik kam darajada o‟quvchi
e‟tiborida ekan, boshqalar haqida gapirmay qo„ya qolaylik.
Kitob savdosi va narxi eng og„riqli nuqtamizga aylangan, desam aslo mubolag„a
bo„lmaydi Hozir televizor va matbuotda chiqish qilayotgan ko„pgina noshirlar,
mutaxassislar bu borada aniq takliflar berishga ojizlik qilishyapti. Bizningcha,
buning yechimi bor, bu ham bo„lsa, adabiy doirada e‟tirof etilgan, mutaxassislar
tavsiya etgan kitoblarni yirik tirajlarda chop etish. Takror bo„lsa-da aytamizki,
muallif, kitob va kitobxon o„rtasidagi uzilishni tiklash uchun bosilayotgan
kitoblarning adadini qo„rqmasdan oshirgan holda kitob bahosini tubdan
arzonlashtirish lozim. Bunday kitoblar do„konlarda uzoq vaqt turib qolmaydi.
Qolaversa, kitob mualliflari bo„lgan zahmatkash ijodkorlar ham mehnatiga yarasha
qalam haqi, ya‟ni rag„bat oladi. Moddiy va ma‟naviy rag„bat esa ularni yanada
yaxshi asarlar yozishga, kerak bo„lsa, o„z asarlari bilan dunyo adabiyotiga
chiqishga undashi turgan gap. Shu o„rinda kitoblar saviyasi va albatta, mualliflar
masalasiga ham to„xtalib o„tishga to„g‟ri keladi. Bugun axborotlar oqimi nihoyatda katta cheksiz
O„quvchi shu axborotlar orasidan eng saralarini, o„ziga ma‟qulini, muhimini
tanlab, saralab olib o„qishi kerak. Buning uchun eng yaxshi asarlar yuzasidan xolis
ilmiy munozaralar, amaliy mashg„ulotlar olib borilishi maqsadga muvofiq.Yaxshi
kitoblarning televidenie, OAVdagi targ„ibot va taqdimotlari ham ayniqsa, katta
samara beradi. Albatta, qaysi asarni o„qish har kimning shaxsiy ishi. Birovni
zo„rlab bunga qiziqtirib bo„lmaydi.
Lekin afsuski, bugun iste‟dodli shoir yoki adib kitobini chiqarolmay, chiqargan
taqdirda ham sotolmay o„tirgan bir paytda adabiyotga mutlaqo aloqasi yo„q
kimsalar badiiyatdan yiroq, hatto insoniy odob-axloqqa zid bo„lgan jild-jild
kitoblarni chop etib, do„konlaru maktab va kollej o„quvchilarini o„z “ijod”laridan
bahramand etishmoqda. Ko„plab xususiy nashriyotlar kitobning nonday aziz va
pokligiga putur yetkazib, maza-matrasiz, imloviy xatolar g„ij-bij kitoblarni
chiqarish ishiga o„z “hissa”larini qo„shishmoqda. Alal-oqibatda bu bir jihatdan
zukko yoshlarni kitobdan bezdirib qo„ysa, ikkinchidan odamlarning tarbiyasiga,
ma‟naviyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda. Bunga esa aslo loqayd qarab bo„lmaydi.
Bizningcha, umuman, ta‟lim maskanlaridagi kutubxonalarga badiiy adabiyot
niqobi ostida soxta va sayoz narsalarni turli yo„llar bilan kirib kelishiga zinhor yo„l
qo„ymaslik kerak.
Nazarimizda, kitobga, kitob mutolaasiga munosabatni tubdan o„zgartirish uchun
avvalo, ziyoli o„qituvchilarga suyanishimiz kerak. Ya‟ni axborot targ„ibotchilari
qanchalik bilimli, ziyoli bo„lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Aytish
kerakki, kitob chiqarish va sotish bu cho„ntakni qappaytirish yoki biznes qilish
emas.Yaxshi kitoblar qaysi janr yoki mavzuda bo„lishidan qat‟i nazar, u
ma‟naviyat quroli, axborot manbayi ekanini mas‟uliyat bilan to„la-to„kis
anglashimiz lozim. Iqtisodiy zararni hamma vaqt to„ldirish mumkin, lekin
ma‟naviy ziyonni qoplab bo„lmaydi. So„zning, adabiyotning qadrini qanchalik
yuksak ko„tarsak, madaniyatimiz, ma‟naviyatimiz shunchalik yuksaladi. Axborot
iste‟moli madaniyati oshadi ,mana shunda bolalarimiz jinoyatchilik, turli bema‟ni
oqimlar ko„chasidan ming chaqirim uzoqda bo„ladi. O„zining kimligini, o„zligini bilgan inson ota-ona, ona Vatan vatanparvarlik degan muqaddas qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo'ladi
2. STEAM ta’lim (STEAM education) o‘ziga xos hususiyatlari
dolzarblik kasb etishi sir emas. Zero, iste‟mol madaniyati inson ma„naviy
olamining ajralmas qismi ekan, inson ma„naviyatini shakllantirish, axborotni
to„g‟ri yetkazish va qabul qilish ta„lim-tarbiya jarayonidagi eng asosiy vazifa
bo‟lib qolaveradi. Bunda esa kitobxonlik” madaniyati ko‟mak beradi.O„quvchi
STEAM ta’lim tizimi nima?
Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: STEAM bu — S – science, T – technology, E – engineering, A – art va M – math. Ingliz tilida bu shunday bo’ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |