O`quvchilar jamoasidagi va oiladagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi va uni bola shaxsi shakllanishiga ta`siri
REJA
Bolalar jamoasidagi va oiladagi shaxslararo munosabatlar haqida tushuncha.
Guruhlar klassifikastiyasi, ya`ni referent guruhi haqida tushuncha.
Guruhiy o`zaro moslikning komponentlari, ya`ni fiziologik, psixologik, ijtimoiy-psixologik va ma`naviy o`zaro moslik tushunchalari.
Shaxsning guruhdagi sostiometrik mavqeini aniqlash yo`llari haqida tushuncha.
Pedagogik jamoa va bolalar guruhlari haqida tushuncha.
Jamoadagi guruhbozlik haqida tushuncha.
Pedagogik jamoa va bolalar guruhlarining ma`naviy-psixologik holatini tashxis va tahlil qilish hamda muammolarni bartaraf qilish.
Oiladagi shaxslararo munosabatlar va ularni bola shaxsining shakllanishiga ta`siri haqida tushuncha.
“Shaxs” va “individ” tushunchasining - B.G.Ananev, A.N.Leontev, B.F.Lomov, S.L.Rubinshteyn va boshqalar inkor etishadi.
Shaxs individlararo munosabatlar sub`ekt. “Individ” va “shaxs” tushunchalarining bir-biriga mos kelmasligi va aynan o`xshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatining har bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, qadriyatlari va mohiyati orqali namoyon bo`ladigan shaxslararo munosabatlarining mavjudligi anglanishi mumkin. Bunday shaxslararo aloqalar realdir, lekin ular tabiatan “g`ayrihissiy”dir. Ular jamoaga kiradigan odamlarning konkret individual xususiyatlari va hatti-harakatlarida namoyon bo`ladi, lekin ularning sababchisi bo`la olmaydi... Ular har bir individlararo aloqalar sistemasida va undan kengroq miqyosda-ijtimoiy munosabatlar sistemasida egallaydigan alohida mavqeini belgilab beradigan ana shu shaxsiy hislatlarini namoyon qiladigan guruh shaklidagi o`sha faoliyatning alohida fazilatini tashkil etadi.
Shaxsni jamoada shakllantiradigan shaxslararo aloqalar, tashqaridan qaraganda, konkret faoliyatga mos munosabatlar yoki sub`ekt munosabati kabilida yonma-yon mavjud bo`lgan sub`ekt-sub`ekt munosabati shaklida yuzaga chiqadi. Lekin bilvosita namoyon bo`lish momenti, fakti faqat konkret faoliyatining emas, balki munosabatning ham eng muhim tarkibiy qismi bo`lib qoladi.
Jamoa va jamoa a`zolarini tarbiyalash ijtimoiy maqsadlarga qaratilishi, birinchidan jamoaning qiziqishini ustun qo`yishga, qobiliyatli bo`lganlarni tarbiyalashga qaratilishi lozim.
Psixologiyada individuallikning ko`pgina hislatlari-moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, mayillik darajasi, tashvishlanish va shular kabi aniqlangandir. Bular jamlanib individning o`ziga xosligini ko`rsatadi. Bu psixologik hodisalar o`z mohiyatiga ko`ra o`zaro munosabatda bo`lib, oshkora yoki oshkora bo`lmagan holda allaqanday muhitning mavjudligini taqozo etadi. Shaxs aynan shunday muhitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik tashvishlanish va hokazolarni namoyon qiladi. Bordiyu, agar odamlarning individual fazilatlari bu tadqiqotlarda izchil, o`zgaruvchan, rang-barang mazmunli tarzda namoyon bo`lsa, u holda sostial muhit o`zgarmaydigan, shakllanmagan (amorf), mazmunsiz, “umuman muhit” sifatida tasavvur qilinadi.
Shaxsning tuzilishidagi biologik va ijtimoiy omillar-Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning o`zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasidagi eng murakkab va munozarali masalalardan biridir.
Psixologiyada ikkita omil bo`lib, birinchisi biologik omil ikkinchisi esa ijtimoiy omillardan iborat bo`ladi. Shaxs esa shu omillar ta`sirida shakllangan ikkita asosiy kichik tuzilish borligini alohida ta`kidlaydigan nazariya sezilarli o`rin egallaydi. Inson shaxsining o`zi “endopsixik” va “ekzopsixik” tuzilishiga bo`linadi, degan fikr ham ilgari surildi.
Shaxs tuzilishining kichik strukturasi sifatidagi “endopsixika” bamisoli kishining nerv-psixik tuzilishiga o`xshash bo`lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va funkstiyalarning o`zaro ichki bog`liqligini ifoda etadi...
Shaxs o`zi birikib ketgan jamiyat bilan, guruhlar bilan haqiqiy munosabatlar sistemasida sub`ekt bo`lib, individning organik gavdasi ichidagi allaqanday yopiq bo`shliqdagina joylashgan bo`lishi mumkin emas, balki u o`zini individlararo munosabatlar bo`shlig`ida namoyon qiladi. Individ o`z holicha emas, balki shaxslararo o`zaro birgalikdagi harakatning hech bo`lmaganda ikkita individ (amalda birlik, guruh jamoa) jalb etiladigan jarayonlari ana shu o`zaro birlikdagi harakat ishtirokchilaridan har birining shaxsi namoyon bo`lishi sifatida talqin qilinishi mumkin.
Shunisi diqqatga sazovorki, shaxsning tadqiqi etilishini individlararo “bo`shliqqa” ko`chirib, yuqorida bayon etilgan jamoaga taalluqli hodisalar jamoaning o`zini-o`zi belgilashi, jamoaning aynan bir xil bo`lib ketishi va hokazolar nimalardan iboratligi haqidagi savolga javob olamiz. Xususan, bular o`zi nima: guruh tarzidagi ko`rinishlarmi, yohud shaxsiy ko`rinishlarmi. Shaxsning ta`rifi va mavjudligining o`zi individning “terisi ichida” qolmasdan, balki individlararo “bo`shliqqa” olib chiqilishi bilanoq “individ” va “shaxs” (yoxud shaxsiy, yo guruhiy tarzidagi) tushunchalarni aynan bir-biriga o`xshatish natijasida hosil bo`ladigan sohta alternativaga barham berilgan bo`ladi. Shaxsiy fazilatlarning namoyon bo`lishi tarzidagi o`zaro munosabatlarning namoyon bo`lishi sifatida, guruh tarzi esa shaxsning o`zini namoyon qilishining konkret shakli sifatida yuzaga keladi.
Shaxsning yo`naltirilganligi va faolligi-kishining tevarak-atrofda munosabat, birgalikdagi faoliyat va ijodiy ish jarayonida namoyon bo`ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o`zgarishlar qilish layoqati shaxsning faolligi sifatida tushuniladi. Shaxs va uning faolligi to`g`risidagi g`arb nazariyalarining tanqidiy tahlili-Hozirgi paytda g`arb psixologiyasida shaxsni tadqiq qilish va tushunish borasida “insonparvarlik psixologiyasi” deb atalmish psixologiya vakillarining psixoanalitik nazariyalari va qarashlari eng nufuzli yo`nalishlari bo`lib hisoblanadi.
Asrimiz boshlaridayoq venalik psixiator va psixolog Z.Freyd kishi shaxsi faolligi manbai va xarakterining o`zicha talqinini tavsiya etgan edi. Uning ko`pchilik izdoshlari tomonidan ma`qullangan nuqtai nazarga ko`ra, kishi unda hayvonot dunyosiga mansub ajdodlaridan meros qilib olgan instinktiv mayillar va eng avvalo, jinsiy instinktiv va o`zini himoya qilish instinkti mavjud bo`lganligi tufayli faol emish. Lekin jamiyatda instinktlar o`zini hayvonot olamida bo`lgani kabi namoyon qila olmaydi, negaki, jamiyat kishini ko`plab cheklashlar turiga o`rab tashlaydi, uning instinktlari va mayillarini “stenzura”ga ro`baro` qiladi, bu esa kishini ularni cheklashga, tayilishga majbur etadi. Instinktiv mayllar shu tariqa shaxsning anglanilgan hayotidan sharmandali bo`lgan, man etilgan va obro`-e`tiborga putur etkazadigan hodisalar sifatida chiqarib tashlanadi va anglanilgan sohasiga aylanadi, “yashirin holatda yashay boshlaydi”, lekin yo`qolib ketmaydi. Ular o`zining harakatlanuvchi kuchini, o`z faolligini saqlab qolgan holda anglanilganlik sohasidagi sekin-asta kishilik madaniyatining turli shakllari va inson faoliyati maxsuli tusiga (qismlarga ajratgan holda) shaxsning hulq-atvorini yo`naltirishni davom ettiraveradi.
Sostiometriya metodi haqida tushuncha:
Psixologiyada guruh ichidagi tabaqalanishning ikkita asosiy sistemasi – sostiometrik va referentometrik afzal ko`rish va tanlashlar alohida ajralib turadi.
ShAXSLARARO TANLASH SOTSIOMETRIYASI:
Yaxshi o`quvchi bilim mumkin va lekin o`rtoqlariga yoqmasligi, sinfdagi eng intizomsizlar safida bo`lishi va lekin ko`pchilik uchun azih bo`lib qolishi ham mumkin. Xo`sh ko`rish-xissiyotga ko`ra afzal ko`rish-guruhdagi tabaqalanishning yashirin manzarasini tushunib etishda g`oyat muhim omildir.
Amerikalik psixolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo afzal ko`rishlarni aniqlash usulini va xissiy afzal ko`rishlarni qayd qilish texnikasini taklif etdi. Buni u sostiometriya deb atadi. Sostiometriya yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh a`zolarida namoyon bo`ladigan afzal ko`rishning, befarqlik yoki xush ko`rmaslikning miqdoriy me`yorini aniqlash mumkin. Sostiometriya guruh a`zolarining bir-birlarini xush ko`rishi yoki xush ko`rmasligini aniqlashda keng qo`llaniladi. Guruh a`zolarining o`zlari bunday munosabatlarni anglab ola olmasliklari va ularning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida o`zlariga hisob bermasliklari mumkin. Sostiometriya metodi juda ham tezkor bo`lib, uning natijalari matematik usul bilan qayta ishlanishi va yozma shaklda ifoda etilishi mumkin (guruhda tabaqalashning sostiometrik holatini o`tkazilgan tadqiqot natijalari orqali aniqlash mumkin).
Sostiometrik usulning negizida “Sen kim bilan birga bo`lishni xohlarding?” degan to`g`ridan-to`g`ri savol turadi. U kishilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning xohlagan jabhasiga tatbiqan qo`yilishi mumkin: Sen kim bilan birga bitta partada o`tirishni, dam olishni, vaqtichog`lik qilishni, ishlashni xohlarding va hokazo. qoida tariqasida tanlashning ikki yo`nalishi-birgalikda mehnat qilish sohasidagi va vaqtichog`lik qilish sohasidagi yo`nalishlar tavsiya qilinadi. Bu o`rinda tanlashning maqbulligi darajasiga (benihoya istak borligi, bajonudilligi, befarqligi, unchalik istalmayotganligi, sira ham istak yo`qligi) aniqlik kiritilishi va tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxslar soni cheklangan bo`lishi ham mumkin. Tanlashlari tanlash matristasiga tushirish chog`ida yanada tahlil etish o`zaro xush ko`rish va xush ko`rmasliklarning murakkab tarzda chatishib ketganligini, sostiometrik “yulduzlar” (ularni ko`pchilik tanlaydi), “bas boylash” (ulardan xamma o`zini chetga tortadi) mavjudligini va bu qarama qarshi tomonlar o`rtasidagi oraliq bo`g`inlarning butun ierarxiyasini ko`rsatib beradi.
Sostiometriya metodining juda ham tezkor ekanligiga shubha yo`q va uning yordami bilan guruh ichidagi xissiy intilishlari manzarasi etarli darajada aniq-ravshan ko`rsatilgan bo`lishi mumkin. Uni kuzatishlar yo`li bilan aniqlash uchun uzoq vaqt sarflashga to`g`ri kelgan bo`lardi.
Har qanday guruhni uning a`zolarining o`zaro birgalikdagi harakati jarayonida hosil bo`ladigan kommunikativ shahobcha sifatida talqin qilish mumkin. Lekin sostiometrik tahlil qilish mumkin. Lekin sostiometrik tahlil bu kommunikativ shahobchaga juda ham umumiy tarzdagi ta`rif berishi mumkin. U nima uchun individ bir xil birgalikda guruhga qarama-qarshi qo`yilgan-ligini, boshqalarida esa kommunikativ shahobchadagi bunday o`zilishi payqamasligini tushunib etishga olib bormaydi.
Hozirgi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida shaxsning kadrlar tayyorlash jarayonining bosh sub`ekti va bugungi kun psixologiyasining markaziy muammolaridan biri – shaxs muammosi ekanligidir. Bu sohada O`zbekiston psixologlari (E./oziev, R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, /.B.Shoumarov, M.O.Ochilov, V.Karimova, B.R.qodirov va boshqalar)ning olib borayotgan tadqiqotlari ham bunga asos bo`laoladi.
Bolalarda oilada tarbiyalash masalasi murakkab va ko`p qirrali. Ota-onalarning chuqur bilimi, ziyrak va oqil bo`lishi talab qilinadi. Zero, har bir bola uchun o`ziga yarasha tarbiya usullarini topish lozim bo`ladi. Bola hayotining birinchi kunlaridanoq to`g`ri tarbiya qilinsa odam shaxs sifatida to`g`ri rivoj topadi va shakllanadi, u rostgo`y va halol mehnatsevar, jamoani hurmat qiladigan, jamiki go`zallikka intiladigan bo`lib etishadi.
Oilaviy ta`sir, ya`ni oiladagi turmush tarzi ota-ona nufuzi, oila a`zolari o`rtasidagi munosabatlar, ona tili muhiti, ma`naviyatga intilish, qiziqish va boshqalarda o`z-o`zini anglash namoyon bo`ladi. Barcha ma`naviy qadriyatlar oilada tarkib toptiriladi. Zero, oila etnik taalluqlilik va etnopsixologik xususiyatlarga ega bo`ladi. Oilaviy tarbiya bolaning ilk yoshida ruxiy va shaxs sifatida rivojlanishlar asosiy ahamiyatga ega ekanligi uchun ustun bo`lmog`i kerak. Bola o`z xulqining madaniyati turmushi bilan ilk bor oilada to`qnash keladi, milliy an`analarni o`rganadi, nutqi o`sadi va tafakkuri shakllana boshlaydi. Oilaviy tarbiya bolani har tomonlama himoya qilib unga jismoniy va ruxiy imkoniyatlar yaratadi.
Tarbiya ikki tomonlama o`ziga xos xarakterga ega bo`lib, faoliyatning bolalarga, ularning xulqlariga bo`lgan ta`sirini ifodalaydi. Oilada bolalarni tarbiyalashda milliy xususiyatlarni tashkil etadi. Ular katta yoshlilarni hurmat qilish, xayrixohlik qilish kabi axloqiy sifatlarni tarkib toptirish uchun sharoit yaratadilar. Kundalik hayotimizda bo`ladigan oddiy, juda kichik voqea-hodisalar ham bolaning shaxsini shakllanishida o`zining xoh ijobiy, xoh salbiy o`chmas asoratni qoldirish mumkin. qolaversa, bola faqat ota-onaninggina tarbiya maxsuli bo`lib qolmay, u faol shaxs hamdir.
ETNOPSIXOLOGIK MASALALAR-haqida tushuncha va uning dolzarbligi: o`zbek xalqining o`z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xarakteri, milliy tuyg`usi, mijozi, hulq-atvori, axloqi, didi, ta`bi alohida ajralib turadi. O`zbek xalqining bilish jarayonlari, qobiliyatining muayyan yo`nalishga qaratilganligi, ehtiyoji va qiziqish milliy ongi o`ziga xos xususiyatlarga egadir.
O`zbek xalqining tarixiy an`analari, urf-odatlari, udumi rasm-rusmlari, axloq me`yori, turmush tarzi, ma`naviy qadriyatlari, shaxslararo munosabatlari, muloqot maromi va xususiyati boshqa xalqlarnikidan ma`lum darajada tafovutlanadi.
Milliy xarakter muayyan millat fazilatlarining o`ziga xos xususiyatlarining majmuasidan iborat bo`ladi. Milliy xarakter o`z ichki irodaviy sifatlarini va axloqiy hislatlarni qamrab oladi. Milliy xarakter odamlarga munosabatlarni, mehnatga bo`lgan munosabatlarning narsalarga bo`lgan munosabatlarni va odamlarning o`z-o`ziga nisbatan munosabatlarini ifodalaydi.
Milliy o`z-o`zini anglash odamning ijtimoiy etnik umumiylikka mansubligida, ijtimoiy sohadagi munosabatlarda o`z millatining egallagan mavqeini yaqqol tasavvur qilganligida, milliy manfaatdorligida yorqin ifodasini topadi.
Oilaviy ta`sir, milliy til muhiti, ma`naviyatiga intilish, turmushdagi qarindosh urug`chilik rishtasi yordamida o`z-o`zini anglash namoyon bo`ladi.
Milliy o`z-o`zini anglashning qator ob`ektiv omillari mavjudligi shu omillarning pishib etilishi mazkur jarayonini jadallashtiradi. Milliy tuyg`u (g`urur, iftihor) shaxslararo munosabat jarayonida xissiy ta`sirlanishda, yuksak ichki tuyg`ularida (nafosat, lazzatlanish, rohatlanish, qoniqish) ijodiy g`oyalar tug`ilishida, milliy zavq va shavqda, kayfiyat, shijoat, xush ko`rish, yoqtirmaslik kabi ichki kechinmalarida aks etadi.
Milliy kuy xalq his tuyg`usi va kechinmalarning uyg`un bir maromdagi tovushlar orqali ifodalanishidir. Milliy san`at, adabiyot rasm-tasvir, maromchilik o`zining jilosi, maromi, gavdalanishi, milliy g`ururi, ohangdorligi va monandligi bilan betakrordir. Hatto o`zbek millatning kamol topishi, qomad tutishi, kiyinishi, ibosi, imo-ishorasi o`z harakatlari, tabassumi, uyg`usi, holati, ta`zimi, marosimlari, ta`bi, didi, ochiq qalbligi ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega.
Ota-bobolarimizdan xalqlarimizga meros qolgan saxiylik, mehmondo`stlik, rostgo`ylik, tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik fazilatlari milliy xarakterning eng muhim jihatlari hisoblanadi.
Ushbu hislatlarni ta`lim-tarbiya jarayonida yosh bola ongida milliy qadriyatlardan oqilona tadbirlariga e`tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Axloq va odobli bo`lish, ota-onalar, kattalarga hurmat, samimiylik, inoqlik qadr-qimmat, vijdonlilik, iffatlilik, o`zaro yordam kabi insoniy hislatlar o`zbek xalqi ma`naviyatining ramzi sanaladi. Tug`ishganlarga, avvalo, ota-onaga nisbatan milliy tuyg`udagi munosabat, qarindoshlik rishtalari ham milliy ruhiyatni aks ettiradi. Bu narsalarning barchasi xalqning boy madaniyati, tili, adabiyoti, obidalarida o`z ifodasini topadi. Ana shu sababdan milliy ma`naviyatni bolalar chuqur egallashlari uchun uning bebaho durdonalarini keng ko`lamda namoyish qilishimiz, bular to`g`risidagi bilim ma`lumotlarni farzandlar ongiga mingdirishimiz zarurki, bularning barchasi yoshlarda milliy tuyg`uning keng quloch yoyishi uchun puxta zamin hozirlasin.oila a`zolarining o`zaro samimiy salomlashuvi, ayniqsa notanish kishilarga ham salom berib o`tish milliy urf-odatlarimizning ibratli va o`ziga xos bir ko`rinish hisoblanadi. “Assalomu alaykum” tinchlik, salomatlik ramzi, osoyishtalikka, beg`arazlikka etaklaydigan beg`araz vosita. Salomlashish bu hurmat ehtirom, do`stlikka birodarlik aloqalarini bog`lovchi ko`prik, xohish-istaklarni aks ettiruvchi qalb sadosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |