Ustanovka qonuni. Ustanovka organizmning yaxshi idrok etish yoki payqashga nisbatan organizmni moslashuvidir (nemis olimi L.Lange, keyinchalik D.N.Uznadze ). Ustanovka bu faoliyatga yoki harakatga tayyorlikni bildiradi. Ustanovka bu organizmda ma’lum zo‘riqishlar paydo bo‘lganda namoyon bo‘lib qolmaydi. Ko‘p yoki oz ustanovka va yaqqol ustanovka organizmdagi ko‘pchilik reaksiyalar sharoitida gavdalanadi. Katta yoshdagilarda tajriba ta’sirida ustanovkaning uzoq va barqarorligi shakllanadi. Ular ichki qo‘zg‘alishlar ta’sirida paydo bo‘ladi. (masalan, ish, o‘qish, murakkab vazifalarni yechishda). Kqp marotoba takrorlangan mashqlar diqqatni mashqlanishiga olib keladi.Shundagina kerak bo‘ladigan darajada diqqatni boshqarish mumkin bo‘ladi. Ustanovka qonuni diqqatni mashqlantirish uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |