O`quvchilar bilimini tekshirish va baholash tamoyillari
O`quvchilarning ta`lim natijalarini tekshirish va baholashga qo`yiladigan
pedagogik talablar N.A.Sorokin ta`riflashicha ta`lim nazariyasi va amaliyotida
quyidagicha belgilangan:
1)
har bir o`quvchining o`quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf
yoki guruhning o`quv ishi natijalari o`quvchining shaxsiy natijalarining o`rnini
almashtirishga yo`l bermaydigan nazoratning individual tavsifi;
2)
nazoratni ta`lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang`ich idrok
etishdan to bilimlarni amalda qo`llashgacha bo`lgan bosqichlarida o`quvchilarning
o`quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi;
3)
nazoratning o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan,
uni olib borishga o`quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari;
4)
o`quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, o`quvchilarning nazariy
bilimlari, intellektual hamda amaliy ko`nikma va malakalarini tekshirishdan iborat
nazoratning keng ko`lamliligi;
5)
o`quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o`qituvchining xato
xulosalar chiqarish, sub`ektiv munosabatda bo`lishiga yo`l qo`ymasligi,
shuningdek, o`zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat`iy rioya
qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi ;
6)
har bir fan, uning bo`limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek,
o`quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat
metodlarini tanlashning tabaqalashganligi;
7)
muayyan sinf o`quvchilarining o`quv ishlarini nazorat qilishda barcha
o`qituvchilar tomonidan qo`yiladigan talablarning bir xil bo`lishi.
Yuqorida ko`rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi ortadi
va o`quv jarayonida o`z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi.
O`qituvchi o`quv jarayonida qo`llashi kerak bo`lgan holatlar:
1.
o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida hamkorlik psixologiyasi va munosabatlarini
shakllantirish;
2.
faqat “quloq solish” emas, balki “ishtirok etish yo`li orqali o`qitish;
3.
faqat natijaga emas, balki jarayonga ham e`tibor qaratish;
4.
o`qitishning zamonaviy usullaridan samarali foydalanish;
5.
o`quvchilarga nisbatan empatiya va refleksiyani qo`llash;
6.
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini qo`llash;
7.
shaxsning o`zlashtirishiga zamin yaratuvchi holatlarni yuzaga keltirish;
8.
o`quvchilarni o`qishga undash va faollashtirishning zamonaviy usullarini
qo`llash;
9.
dars mashg`ulotlarini o`tkazishda, jumladan yaratish va izlanish-ijodiy
darajalarida o`qitishning zamonaviy texnologiyalari va usullarini qo`llashning
xilma-xilliga erishish;
10.
o`qitish natijalarini baholashda zamonaviy usullarni qo`llash.
Pedagogning metodik,ilmiy salohiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
-
u faqat boshqalarni o`qitish bilan cheklanmasdan, o`zining mustaqil ta`limi
bilan ham shug`ullanadi;
-
uning ishi faqatgina o`quv dasturida ko`zda tutilgan ma`lumotni
o`quvchilarga yetkazib berish bilan cheklanmaydi, balki turli usullarni qo`llab,
o`quvchilarni o`quv jarayonida faol qatnashishga undaydi. Buning uchun u
o`zining hatti-harakatining an`anaviy modelini o`zgartirishi, o`zi ko`proq
interaktiv bo`lishi lozim;
-
o`qituvchi innovatsion va pedagogik texnologiyalardan samrali foydalana
olishi lozim;
-
o`quv jarayonini tashkil etish ba`zi bir muomala ko`nikmalarini,
kommunikabellikni, o`zgaruvchanlikni, mustaqil qarorlarni qabul qilishni, o`z
faoliyatining natijalarini tanqidiy baholashni talab qiladi;
-
Internet, masofaviy ta`lim rivojlanishi va ulardan foydalanuvchilarning soni
ko`payishi bois, ularni o`qita oladigan maxsus mutaxassis - pedagoglar kerak
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |