PISA dasturida 12 mingdan ko‘proq 15 yoshli o‘quvchi ishtirok etadi
– PISA dasturi imtihoni uchun turlicha imkoniyatga ega maktablardan teng ravishda tasodifiy saralash orqali ishtirokchilar tanlab olinadi. Va mana shu o‘quvchilar butun mamlakat vakili sifatida ishtirok etishadi.
2021 yilda O‘zbekistondan taxminan 300ga yaqin maktab va taxminan 12 mingdan ortiq o‘quvchi sinovda ishtirok etadi.
O‘zbekiston kompyuter yordamida sinov testini bajarish usulini tanladi
– PISA sinovi 2 xil usulda: kompyuter yordamida va qog‘oz usulida test topshirig‘ini bajarishadi.
Lekin respublika bo‘yicha hali infrastruktura va kompyuter ta'minoti bilan bog‘liq muammolarimiz ham yo‘q emas.
Bizda hammasi tayyor, hamma maktablarimizda kompterlar yetarli desak, xato bo‘ladi. Yaqin oradagi o‘rganishlarimiz natijasida hali ko‘plab maktablarimizda kompyuterlar yo‘qligi yoki zamonaviy talablarga javob bermasligiga guvoh bo‘ldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |