b) qo`shimcha topshiriqli bayon
Qo`shimcha topshiriqli bayon, asosan, ona tili darslarida o`tkaziladi. Bunda biror grammatik qoida yuzasidai olingan bilimni ko`nikma va malakalarga aylantirish ko`zda tutiladi. Masalan, so`zlarning o`zaro bog’lanishi, moslashuv, boshqaruv, bitishuv, gapda so`zlar tartibi, gap bo`laklari, gapning uyushgan bo`laklari, ko`chirma va o`zlashtirma gap, sinonim so`zlar, stilistika, ritorik so`roq gaplar, inkor gaplar va o`zbek tili tinish belgilariga oid qoidalar o`rganilgach, qo`shimcha topshiriq bayon o`tkazilishi zarur.
v) shaxsini o`zgartirib yoziladigai bayon
Shaxsini o`zgartirib yoziladigai bayonda birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs tomonidan bayon etiladigan fikr ifodalanadi. Shu sababli bayonning bu turi o`quvchilar bilan ko`proq mashq o`tkazishni, o`quvchilarning birinchi shaxsni uchinchi shaxsga aylantirish qoidalarini puxta o`zlashtirishlariga e`tibor berishni taqozo etadi.
Matnda dialoglar bo`lsa, ularni o`zgartirib bayon qilishda ko`chirma va o`zlashtirma gaplar qoidasini yaxshi bilishga ahamiyat beriladi, buning uchun muntazam ravishda mashq o`tkazib boriladi. Masalan, yozuvchi Abdulla Qahhorning «O`g’ri» hikoyasidagi Qobil bobo bilan amin o`rtasida bo`lgan dialogni o`zlashtirma gapga aylantirib, quyidagi mazmunda bayon yozish mumkin:
«Qobil bobo aminga ro`para bo`lganda, u baqbaqasini osiltirib, Qobil boboni masxara qilib kulib: «Sigir yo`qoldimi?» - deb so`radi. Qobil bobo sigir emas, ola ho`kiz yo`qolganini aytdi. Amin yo`qolgan mol ho`kiz ekanligini eshitib, taajjublangandek bo`ldi. Qobil bobo bisotida bor-yo`g’i bitta ho`kizi bo`lganini bildirdi. Amin kulib, yo`qolmasdan ilgari bormidi, qanaqa ho`kiz edi, deb so`radi. Qobil bobo ola ho`kiz ekanligini aytdi. Amin Qobil bobodan ho`kizi yaxshi, yomonligini so`radi. Qobil bobo qo`sh mahalida ho`kizsiz qiynalib qolishini aytib, zorlandi. Amin yaxshi ho`kiz birov etaklasa keta bermasligini aytdi. Qobil bobo bisotida ho`kizdan boshqa hech narsasi yo`qligini bildirdi va yig’ladi. Amin, o`zi qaytib kelmasmikan, birov olib ketsa, qaytib kelaber, deb qo`yilmagan ekanda, deb yig’lash kerak emasligini aytdi. Qobil bobo erga qarab qoldi. Shunda amin: qidirtirsakmikan, suyunchisi nima bo`ladi, deb so`rab, suyunchisidan chashna olib kelgan yoki olib kelmaganini bilmoqchi bo`ldi. Aminning bu gapi Qobil boboga, ho`kizingni ol, deganday tuyuldi. U suyunib, Aminga pul berdi. Amin pulni olib, darrov pristavga xabar bermoqchi bo`ldi va pristavning o`zi chaqirtirishini aytdi.»
Bayon rivoyat tarzidagi she`riy asar yoki undan olingan parchalar bo`yicha ham yozdiriladi. Masalan, Hamid Olimjonning «Semurg’ yoki Parizod va Bunyod» dostonidagi «Bunyodning dev bilan jangi» lavhasi bo`yicha bayon yozdirish mumkin. Bu turdagi bayonlarni yozish bir oz murakkab bo`lgani sababli, uni yozishdan oldin puxta tayyorgarlik ko`rish zarur. Ya`ni avval Bunyodning dev bilan jangi tasvirlangan lavhalar (VII, XIV boblar) o`qiladi, ular ustida suhbat o`tkaziladi, mazmunini o`quvchilar so`zlab beradilar, ularnnng hikoyasini o`qituvchi to`ldiradi, so`ngra reja tuziladi, shundan keyin yozishga kirishiladi. Bu xildagi bayon erkin Voxidovning «Buyuk hayot tongi» dostoni asosida ham yozilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |