3. Mehnat ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari va shaxsiy fazilatlari
Pedagog bu yuqori madaniyat va ma’naviyatli mehnat ta’limi yuzasidan mutaxassis. U o‘z kasbini va fanini, tegishli sohaga oid fan va texnikani hamda ishlab chiqarish texnologiyasini, umumiy va kasbiy pedagogika hamda ruhshunoslik, um umiy ta’lim va tarbiya ishining uslubiy asoslarini zamon talabalari darajasida bilishi kerak.
O’quv jarayonida o‘qituvchi ralibarlil-c vazifasini bajaradi. Bu umumiy qoida melmat ta’limi o‘qituvchisiga ham taalluqlidir. Mehnat ta’limida vaqtning asosiy qismini o‘quvchilarning mustaqil amaliy ishlari egallashi o‘qituvchining rolini yanada oshiradi. Chunki, hamma narsa o‘qituvchi tomonidan oldindan puxta o‘ylansa va yaxshi rejalashtirilsagina o‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin. Mehnat ta’mi o‘qituvchisming lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:
— o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini rivojlantirish;
— tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
— ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali usullari, vositalari va shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash;
— o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil qilish;
— o‘quvchilarning bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish;
— o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash; — o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash;
— o‘quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda qatnashish;
— ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va qo‘llash;
— muntazam ravishda malakasini oshirish.
Mehnat ta’limi o‘qituvchisi bundan tashqari mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish texnologiyalarini, iqtisod asoslari, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish asoslarini bilishi kerak. Mehnat ta ’limi o‘qituvchisining shaxsiy fazilatlari. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘z fanining ilmiy asoslarini niukammal bilish bilan birga, mustahkam mehnat va kasb ko‘nikmalari va malakalarini egallagan bo‘lishi, ularni o‘quvchilarga mohirlik bilan yetkazib bera olishi kerak.
Shu munosabat bilan o‘z sohasida yaxshi malaka orttirgan va ishining ustasi bo‘lgan kishigina o‘quvchilarga o‘z ishini egallashda yordam bera oladigan bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘zining metodika, pedagogika fani, texnika va ishlab chiqarish sohalaridagi eng yangi yutuqlardan xabardor bo‘libgina qolmasdan, balki ilg‘or mehnat usullarini ham bilishi zarur.
Shu maqsadda mehnat o‘qituvchisi mehnat ta’limi va tarbiya masalalari, kasbga yuzasidan chiqarilgan psixologik, pedagogik va metodik adabiyot yangiliklarini, o‘z ixtisosi bo‘yicha hozirgi zamon lexnikaviy adabiyotini, ishlab chiqarish ilg‘orlari, ixtirochilarning lajribasini o‘rganadi, mehnat mashg‘ulotlarining metodik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Mehnat ta’limi o‘qituvchisi yuksak mahorati va madaniyati, o‘z ish jo‘yini to‘g‘ri tashkil eta olishi, ishga oid usullarni to‘g‘ri ko'rsata olishi, buyum namunasini tayyorlay olishi, uning nutqi, o‘quv-tarbiya jarayonining eng murakkab vaziyatlarida o‘zini luta bilishi, o‘quvchilarga va o‘z hamkasblariga xushmuomala bolishi, bularning hammasi O’quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinadi va ularning mehnat tarbiyasiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi talabchan bo‘lishi kerak.
Lekin uning yuqori talabchanligi o‘z tarbiyalanuvchilarining insoniy qadr-qimmatini chuqur hurmat qilish bilan ajralmasdir. Hatto, O’qituvchi biror nojo‘ya xatti-harakatlari uchun o‘quvchiga jazo berganda ham uni haqorat qilishga, masxara qilib yerga urishga, laqab qo‘yishga va hokazolarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. U guruhdagi o‘quvchilar orasida ana shunday holat ro‘y berishiga qat’iy chek qo‘yishi kerak.
Mehnat faoliyati shaxs tarbiyasining muhim omillaridan biridir. Mehnat jarayoniga jalb qilingan bola o'zi va uning atrofidagi dunyo haqidagi g'oyalarini tubdan o'zgartiradi. O'z-o'zini hurmat qilish tubdan o'zgaradi. U ishdagi muvaffaqiyat ta'sirida o'zgaradi, bu esa o'z navbatida o'quvchining sinfdagi obro'sini o'zgartiradi. Vakolat masalasi, ayniqsa o'zini o'zi tasdiqlash katta rol kattalarda o'ynaydi maktab yoshi.
O'qituvchi nafaqat o'z faniga, balki bilimning boshqa sohalariga ham rivojlanayotgan qiziqishni qo'llab-quvvatlashi va yo'naltirishi kerak. Bu qiziqish ta'sirida o'z-o'zini bilish rivojlanadi. Mehnatning asosiy rivojlanuvchi funktsiyasi o'z-o'zini hurmat qilishdan o'z-o'zini bilishga o'tishdir. Bundan tashqari, mehnat jarayonida qobiliyat, ko'nikma va malakalar shakllanadi.
Mehnat faoliyatida tafakkurning yangi turlari shakllanadi. Kollektiv mehnat natijasida o'quvchi mehnat, muloqot, hamkorlik ko'nikmalarini oladi, bu esa bolaning jamiyatga moslashishini yaxshilaydi. Mehnat ta'limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Mehnat o'quv rejasining ekvivalent predmetidir. To‘g‘ri, so‘nggi yillarda aksariyat maktablarda ish sustlashmoqda.
Bu ham umumiy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga, ham umumiy rivojlanish jamiyat. Shu munosabat bilan mehnat ta'limi tubdan qayta qurishni taqozo etadi. Mehnat bolalarni ishlab chiqarishga tayyorlashdan ko'ra kengroq funktsiyani bajarishi kerak, lekin bundan mustasno.
Shuning uchun o‘z ishini yaxshi biladigan mehnat va mehnat ta’limi o‘qituvchisining metodik-pedogogik va kasbiy mutaxassislik mahorati o‘z o‘quvchilarining shaxsiga nisbatan bo‘lgan hurmat-ehtiromi bilan, ularning har biri to‘g‘risida mehribonlik va g‘amxo‘rlik qilishi bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu esa o‘z navbatida uning obro‘sini oshiradigan zarur shartdir.
O’qituvchining obro‘si o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida o‘sib va tarkib topib boradi. Mashg‘ulotlar vaqtida uning shaxsi, xarakteri va mahoratining shunday sifatlari namoyon bo‘ladiki, bular tarbiyalanuvchilarning umumiy tarzda e’tirof etishi va hurmat qilishiga sazovor bo‘ladi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘zining o‘quvchilari oldidagi obro‘si to‘g‘risida doimo g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Agar o‘qituvchi o‘z vazifalariga yuzaki qarasa, uning so‘zlari bilan ishlari bir-biriga muvofiq kelmasa, agar u o‘quvchilar bilan bo‘lgan munosabatlarida adolatli bo‘lmasa, uning obro‘si tezda yo‘qolishi mumkin.
O’quvchilarning moddiy ishlab chiqarish sohasida hayot va mehnatga tayyorlanishida mehnat ta’limi o‘qituvchisi yetakchi 245 roi o‘ynaydi. U o‘z mashg‘uIotlarida o‘quvchilarning turli kasblarga bo‘lgan qiziqishini aniqlashi va rivojlantirishi lozim. Buning uchun sinf rahbarini, shu sinfda ishlaydigan boshqa fanlarning o‘qituvchilarini va ota-onalarni jalb qilishi kerak.
Ular bilan muntazam uchrashib turish va suhbatlashish bu gurulidagi o‘quvchiIarni yaxshiroq bilish, ularning qiziqishlari va individual xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatini beradi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘quvchilarga ish joyi tashkil etishda, topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni tarbiyalashi, shaxsning halollik, kamtarlik, qat’iylik, dadillik, faollik, sabot-matonat xislatlarini, o‘rtoqlik, do'stlik, mas’uliyatni sezish hislarini tarkib toptirishi kerak.
Darsning, o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil etishni ham ma shakllarida ta’lim jarayoni ishtirokchilari orasidagi munosabatlar xarakteri muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ya’ni bunda ta’lim jarayonining ishtirokchilari bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchi hamda o‘quvchilarning o'ziari orasidagi munosabatlar nazarda tutilmoqda. Ushbu munosabatlarning ijobiy xarakteri O’quvchilarning anglash, bilish faoliyatini rag‘batlantiradi, luiing natijaviyligini oshiradi.
O’qituvchi darslarda o‘quvchilarga bo‘lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro‘sini saqlagan holda yondashishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Darsda o‘quvchilarga o‘qituvchining murojaati shakli ham farqsiz emas.
O’quvchilarni o‘z ism-shariflari bilan atashi maqsadga muvofiqroqdir. Pedagog sifatida o‘zligini namoyon etishni talab qilish zarur bo‘lgan holatlarda o‘qituvchi tomonidan o‘z hissiyotini aks ettirish inkor etilmaydi; u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, hushyor, ko‘ngilchan bo‘libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo‘lishi ham kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |