O‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etiladigan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar



Download 52,5 Kb.
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi52,5 Kb.
#716268
  1   2
Bog'liq
Тавсия билан сценарий (2)


2021/2022-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”  shiori ostida tashkil etiladigan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha
TAVSIYALAR

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” 2020-yil 17-dekabrdagi PQ-4926-son qarori hamda Xalq ta’limi vazirining 2020-yil


21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi
316-son buyrug‘iga muvofiq tashkil etiladi.
Mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ushbu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi:

  • umumta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini karantin qoidalariga jiddiy e’tibor qaratgan holda, joriy o‘quv yilning birinchi o‘qish kuni soat ertalabki 8:00 da “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”  shiori ostida tashkil etish;

  • “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini faqatgina 1- va 11-sinflar ishtirokida maktab hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash;

  • tadbirga pedagog xodimlar va o‘quvchilarning maktab ustavi bilan tasdiqlangan maktab formasi hamda himoya niqoblarida kelishini ta’minlash;

  • tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiyena
    va tozalik talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash;

  • umumta’lim muassasalarida tadbirlarning tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida joylardagi o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ota-onalar
    va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish;

  • maktab rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilarini mustaqilligimizning o‘ttiz yillik bayrami hamda “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayramlari bilan tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda ma’lumot berish;

  • “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirini boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlarini inobatga olgan holda 30 daqiqadan oshmasligini ta’minlash;

  • tadbir tugaganidan keyin barcha sinflarda dars mashg‘ulotlari tasdiqlangan jadval asosida boshlanishini direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari nazoratga olishi.




Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish