O‘quv yilida 9-sinfda “Dastur va dasturlash tillari” mavzusida tayyorlagan bir soatlik



Download 65,03 Kb.
bet2/2
Sana14.06.2022
Hajmi65,03 Kb.
#668292
1   2
Bog'liq
dastur va dasturlash tillari

Dars shiori: Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepayon.


VI. Darsning borishi:
I .Tashkiliy qism:
a) o‘quvchilar bilan salomlashish,
b) davomadni aniqlash,
s) dars atmosferasini yaratish.
Dars davomida o’quvchilarga 5 imkoniyat asosida ballar to’plab olish tushuntiriladi.
VII. O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish.


1-imkoniyat : 1-bob bo’yicha mavzulardan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Zanjir” usulida dasturiy ta’minot va apparatli ta’minot nomlari va ularning vazifalariga izoh beradilar. Bunda har bir o’quvchi tarqatma qog’oziga dastiriy va apparatli ta’minot nomini yozib magnet doskada gitegishli qatoriga joylashtiradi va vazifasini izohlab beradi. Shu tariqa davom etgan usulga qo’shimcha “Aqliy hujum” usulida izohga aloqador tezkor savol-javob o’tkaziladi.
VIII.Yangi mavzu bayoni:
Ma’lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qism- texnik
Va dasturiy ta’minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kopyuter tex-nik ta’minotining jadal sur’atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta’minotni ham keskin sur’atlar bilan rivojlanishiga sabab bo’ladi, va aksincha. Buning sababi ma’lum, mos dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter<>bo’lib qolaveradi.
Avvalgi darslarda masalalarni kompyuterda hal qilish kerak bo’ladigan obyekt, model va algoritm tushunchalari haqida ma’lumot oldingiz. Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so’ng mazkur algoritm ma’lum bir qonun qoidalar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko’rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo’lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi.
Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi.
Dasturlash tilini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

Dasturlash tillari



Quyi darajali O’rta darajali Yuqori darajali
Dasturlash tillari dasturlash tillari dasturlash tillari

Quyi darajali dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog’liq bo’lib buyruqlar maxsus raqam (kod)lar yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar kata hajmli bo’lib ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlabki electron hisoblash mashinalarida (<>,<>va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan.


Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo’lgan buyruqlar tizimini qo’llash masalasi qo’yildi va hal etildi. Bu kabi dasturlash tillari o’rta darajali dasturlash tillari deb yuritila boshlandi. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BEMSH-6, Minsk-22, minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida qo’llanildi.
Yuqori darajali dasturlash tilidagi ko’rsatmalar inson tiliga yaqin bo’lgan so’zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajali tillardan ko’ra yengil bo’lib, dasturchida deyarli adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog’liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilde tuzilgan axborotlarni bajaraolishi uchun translyator deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko’rinishga o’tkazib beradi.


IX. Darsni mustahkamlash:
3-imkoniyat: “Blits test savol”
4-imkoniyat: “Bingo” vaqtdan unumli foydalanish maqsadida tezkor musobaqa o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar oldiga berilgan tarqatma qog’ozga berilgan topshiriqni bajaradilar.


5-imkoniyat: Amaliy mashg’ulot yordamida o’quvchilar dars davomida olgan bilimlarini amalda qo’llay olish kompetentligi shakllantiriladi.


X. O‘quvchilarni baholash va rag’batlantirish.


XI. Uyga vazifa. O‘qib o‘rganish, takrorlash, hamda 29-bet savol va topshiriqlari.

Download 65,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish