Nazariy savollar
35. Ma’muriy huquq subektlarining tashkil etish asoslariga ko‘ra tasniflab bering.
Fikringizni amaliy misollardan foydalangan holda yoriting.
Mamuriy huquq subyektlariga quyidagilar kiradi:
davlat boshqaruv organlari va ularning mansabdor shaxslari;
O’zb fuqarolari;
O’zb yuridik shaxslari;
Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar;
Belgilangan tartibda akreditatsiyadan o’tgan horijiy mamalakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari.
Ushbu subyektlar ichida davlat boshqaruv organlari hamda ularning mansabdor shxaslari alohida maqomga ega. Mamuriy huquqiy munosabat bo’lishi uchun albatta bir tomonda davlat boshqaruv organlari hamda ularning mansabdor shaxslari ishtirok etishi lozim, ikkinchi tomonda esa boshqa subyektlar mamuriy organ bilan ijtimoiy munosabatga kirishishi kerak.
Davlat boshqaruv organlari vazirlik, davlat qo’mitalari, agentlik, qo’mitalar, inspeksiyalar, markazlar, komissiyalar, hokimiyatlar va boshqalar hamda ularning mansabdor shaxslari mamuriy huquqiy munosabatlarning asosiy subyektlari hisoblanib, ular mamuriy huquqiy munosabatlarda shartlarni ular belgilaydi.
36. Ommaviy boshqaruv shakli huquqiy shakli va uni amaliy misollardan foydalangan holda yoritib bering.
Ommaviy boshqaruv organlari boshqaruv faoliyatida boshqaruvning huquqiy va nohuquqiy shakillari deb ularning faoliyatida o’zlariga qonunlar va kodekslarbn berilgan vakolatlarni , huquq hamda majburiyatlarni kundalik tarzda amlaga oshirishga qaratilgan boshqaruv shakliga aytiladi.
Ommaviy boshqaruv organlari boshqaruv faoliyatida boshqaruvning huquqiy deb ommaviy boshqaruv organi va mansabdor shaxslarining harakatlari va qabul qilgan qarorlarining qonunlar va kodekslarga hamda yuqori turuvchi organlar hujjatlariga to’la mos ravishda yuridik javobgarlikni keltirib chiqaruvchi harakatiga aytiladi.
Ommaviy boshqaruv organlari boshqaruv faoliyatida boshqaruvning huquqiy shakli 2 ga bo’linadi:
Huquq normasini o’rnatish
Huquqni qo’llash
Huquq normasini o’rnatish- OBO qonnlar bilan berilgan vakolatlarni, huquq va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlarini aniqlashtirishga qaratilgan ijro hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatidagi faoliyatidir.
Misol: “Chakana savdo va xizmat ko’rsatish sohasida o’tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat haridini amalga oshirish tartibi to’grisidagi nizom”ning qabul qilinishi huquq normasini o’rnatish bo’lib, ushbu o’rnatilgan huquq normasi Soliq Kodeksi, Davlat soliq xizmati to’g’risidagi va Xo’jalik yurituvchi subyektlarning davlat nazorati to’g’risidagi qonunlarning moddalari vca bandlariga to’la mos ravishda qabul qilingan bo’lishi shart. Ushbu qonunlar ham konstitutsiyaning modda va bandlariga mos bo’lishi shart. Endi yuqoridagi nizomga asosan chakana savdo bilan shug’illanuvchi tadbirkor subyektlari o’z faoliyatida ushbu nizomga asosalanib qonuniy faoliyat olib borishayotganini tekshirish uchun soliq inspeksiyasi vakillari nazorat haridi shaklidagi soliq nazoratini o’tkazishlari OBO larida huquqiy shakldagi harakatlar hisoblanadi.
Huquqni qo’llash – OBO va ularning mansabdor shaxslarining qonunlar bilan belgilab berilgan vakolatlarini, huquq va majburiyatlarini amalga oshirish mexanizmlarining ijro hokimiyati organlari tomonidan huquq normasi o’rnatilganidan so’ng uni qo’llash yuzasidan qaror qabul qilish shaklida namoyon bo’ladigan faoliyatdir.
Misol: Yuqoridagi soliq inspeksiyasi vakillari nazorat haridini o’tkazishlari uchun soliq inspeksiyasi raxbari qonuniy va konstitutsiyaviy asoslarga ega bo’lgan avval o’rnatilgan huquq normasiga asoslangan holda va uning ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat haridini o’tkazish to’g’risidagi qabul qilgan buyrug’i huquqni qo’llash hisoblanadi
19-Kazus
Do'stlaringiz bilan baham: |