Amaldagi yer kodeksining 53-modda. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish
Fermer xo‘jaligi o‘ziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
Fermer xo‘jaligini yuritish uchun:
zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari;
Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, oliy o‘quv yurtlariga, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga o‘quv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilmaydi.
Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga ochiq tanlov asosida beriladi.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasining o‘lchami yer uchastkasini beradigan organ tomonidan har bir muayyan holatda mahalliy sharoitlarni, shuningdek fermer xo‘jaligida ishlovchilar sonini hisobga olgan holda belgilanadi.
Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qo‘shimcha ijaraga olishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Kreditlar olish uchun fermer xo‘jaligi o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini garovga qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qo‘yishga haqli.
Yer kodeksining 831-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qat’i nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.
Maxsus vakolatli davlat organlari yer uchastkalarini ajratish bilan bog‘liq zarur statistik axborotni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotni, qarorlarni hamda boshqa hujjatlarni, shu jumladan ochiq tanlovlarga va elektron onlayn-auksionlarga taalluqli axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan yoki ularning mansabdor shaxslaridan beg‘araz asosda so‘rash va olishga haqli.
Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaxslar so‘ralayotgan axborotni maxsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |