2020-2021 o’quv yili
Guliston tibbiyot kolleji
1 – umumkasbiy fanlar kefedrasi
yig’ilishining 1-majlis
Bayyonnomasi
2020 yil 11 dekabr Guliston shaxri
Rais: Sh. Ermuhammadov
Qatnashdi:
Sh. S. Ermuhammadov
G’. Toshboyev
B. P. Spatayev
M. Muhammedov
A. Sh. Quvatov
A. U. O’rdishev
D. A. Xalimova
Kun tartibi
2020 – 2021 o’quv yilida qilinadigan ishlar va yangi o’quv yilida bajariladigan ishlar va №465- sonli buyrugi asosida o’qituvchilarga amaliy yordam berish.
Fan dasturlari mavjudligi fan dasturlari, fanlar boyicha kalendar taqvim, dars rejalrini muhokama qilish va tasdiqqa taqdim etish.
O’quv xonalar, fan to’garaklari ish rejalarini ko’rib chiqish va tasdiqqa taqdim etish.
Turli masalalar.
Sh. S. Ermuhammadov so’zga chiqdi. U o’z so’zda 2020 yil haqida gapirib o’tdi. O’qituvchilar dars berishni bilan birga jaomat ishlarida ham faol qatnashib o’zini ko’rsatishlari aytib o’tildi. O’qituvchilar tomonidan 2020 – 2021 o’quv yilida foydalanadigan dars hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 – sentaybrdagi №465 – sonli Buyrug’ining hamda № 466 buyruq asosida yaratilishi zarurligi aytib o’tildi. O’quv yili davomida foydalanadigan uslubiy ishlanmalar ma’ruzalar matni, amaliy ko’nikmalar taqvim rejalar shu buruqlar negizida tayyorlanishi zaruligi aytib o’tildi.
Kafedra mudiri kafedra o’qituvchilarni yangi o’quv yilida yangi ustavi bilan tanishtirdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsusta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi “Professional ta’lim yo’nalishlari mutaxassisliklar va kasblar klassifikatorini tasdiqlash to’g’risidagi №131 – sonli burugi” bilan tasdiqlanganligi haqida ma’ruza qildi.
Kafedra mudiri kafedra a’zolarini 2020 – 2021 yil kafedrada qilinadigan reja asosidagi ishlari bilan tanishtirdi. Belgilangan rejalar kafedra mudiri tomonidan o’qib eshittirildi, a’zolar tomonidan ma’qullandi.
Birinchi masala tomonidan qaror qabul qilindi. 2020 – 2021 o’quv yilida mo’ljallangan ish rejasi direktor tasdig’iga uzatilsin.
Eshitildi.
Sh. S. Ermuhmmadov
U o’z so’zida 1 – bosqich … fanlaridan ishchi dasturlar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazilrligining 2020 yil 4 – sentabrdagi № 465 sonli buyrugi bilan tasdiqlangan o’quv dasturlar asosida ishlab chiqilgan ishchi dasturlar ishlab chiqilganligini aytib o’tidi. By ishchi dasturlar asosida calendar tematik rejalar tuszildi va baholash mezoni ishlab chiqildi.
Qaror qilindi:
Ko’rib chiqligan fan ishchi dasturlari asosida kollej direktoriga tasdig’iga taqdim etilsin. Kalendar tematik rejalar va baholash mezoni jadvallari ham tasdiqqa taqdim etilsin.
Eshitildi:
Sh. S. Ermuhammadov
U o’z so’zida kafedra o’qituvchilarining 2020 – 2021 o’quv yili uchun kafedra tarkibiga kiruvchi xonalar mudirlari to’garaklari rahbarlarining 2020 – 2021 o’quv yili uchun mo’ljallangan ish rejalarini tuzib kafedra mudiri tasdig’iga topshirilagni aytdi. Sh. Ermuhammadov “Kasbiy faoliyatda xorijiy til”o’quv xonasi, Xalimova Diloram Amanovna “Kasbiy faoliyatda rus til”o’quv xonasi, Tashbayev G’ayrat Gafurovich “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalaritil”o’quv xonasi mudiri etib tayinlandi.
Kafedra o’qituvchilaridan Sh. S. Ermuhammadov ingliz tilidan “Happy English” nomli to’garak, B. P. Spatayev “Yengil atletika”, G’. G. Tashbayev “Informatika” nomli to’garaklar tashkil etilgan.
Qaror qilindi:
Ko’rib chiqilgan xona mudirlari va to’garak rahbari ish rejalari o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tasdig’iga taqdim etilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |