Avstralopiteklar chanoq suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi. Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko‘li atrofi dan 5,5 mln yoshda bo‘lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstralopiteklarning bir turi rivojlanib, dastlabki odam (homo habilis)ni hosil qilgan. Bosh miyasining hajmi 650–680 sm3 bo‘lgan. Bo‘yi 135–150 sm. Ular tayyor tosh, yog‘och qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o‘simliklarni yer ostidagi piyozlari, tuganaklari, ildizlarini kovlaganlar.
Homo habilis olovdan foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasagan. Shu sababli ular «uquvli odam» deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |