3. X.K. Andersenning “No’xat ustidagi malika” asari tahlili
Ertakchining “Noʻxat ustidagi malika” asari ham yosh kitobxonning kulgisini qistatadi, ham tannoz malikaga qahrgʻazabini qoʻzgʻatadi.
Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini, shahar-u qishloqlarni qidirib hech qayerdan haqiqiy malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir boʻlgan, tarvuzi qoʻltigʻidan tushgan shahzoda qasrga qaytadi.
Kunlardan bir kuni koʻz koʻrib, quloq eshitmagan moʻjiza yuz beradi:
“Bir oqshom havo aynigandan aynibdi: shundoq chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduros solibdi, yomgʻir chunonam chelaklab quyib beribdiki, dahshatning oʻzginasi.
Toʻsatdan shahar darvozasi taqillab qolibdi. Keksa qirol borib darvozani ochibdi.
Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga oʻxshatish mumkin! Suv malikaning sochlari, koʻylaklaridan sharillab oqib, toʻppa-toʻgʻri boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u boʻlsa pinagini buzmay, “Men haqiqiy malikaning xuddi oʻziman, derdi”.
Malikani sinab koʻrish ishlari ham gʻalati boʻladi. Tunda qirq qavat koʻrpa ostiga bitta noʻxatni yashirib, joy solib beradilar. Tannoz oqbilak qiz ertalab oʻrnidan turar ekan, “Qanday uxlab turdingiz?” deyilgan savolga nolish, ichki dard bilan javob beradi:
“Ey, juda yomon! – deydi u. – Koʻzimni yummadim, desam ham boʻladi. Men qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun aʼzoyi badanim koʻkarib ketibdi. Naqadar dahshat!”
Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi.
Bolalar, odatda, hayvonlar, parrandalar, hasharotlar haqidagi ertaklarni sevib oʻqiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda koʻpchiligi ana shu mavzuni qamrab olishi bilan ham xarakterlidir.
4. 1. Aftidan, Shukurov ham kechasi bilan mijja qoqmagan. U ham qaerlardadir yurib chiqqan edi.(O.Yo.) 2. Ko‘chada kelayotganingda o‘ynab yurgan bolalar ham uylariga qochib kirib ketishlarini bilasanmi?(S.Ahm.) 3. Darvoza yo‘qligidan ko‘chada qolgan mashinasi eshiklarini bir-bir tortib ko‘rdi. U ostona hatlab ichkariga kirdi.(S.Ahm.) 4. Men bunday buyruq berolmasligimni bilasiz.(O.Yo.) Berilgan qo’shma gaplarni sodda gapga, sodda gaplarni qo’shma gaplarga aylantiring.
5. Tirening ishlatilishiga doir 10 ta test tuzish
So‘zlar nimani bildiradi?
mazmunan o‘zaro bog‘langan gaplarni;
narsa-shaxslar nomini, harakatini, belgisini, sanog‘ini; D) tugallangan mazmunni.
So‘zlar yozilgan qatorni belgilang:
qish, do‘st, tuz; B) Gullar ochildi; D) Onam do‘ppi tikdi.
Gap deb nimaga aytiladi?
narsa-shaxslar nomiga;
tugallangan mazmunga;
D) mazmunan o‘zaro bogiangan gaplarga.
Gap yozilgan qatorni toping:
vatan, sumalak, bobolarimiz;
Qor ko‘p yog‘di;
D) Keladi, kirib, Navro‘z.
Do'stlaringiz bilan baham: |