Multimedia vositalari asosidao’quvchilarni
Content
Content
Multimedia vositalari asosidao’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
Ta'lim olishninyangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi
Berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor
ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoni- yatiga erishish
Olingan bilimlar. kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda
amaliyotda
qo’llash imkoni-
yatiga erishiladi.
Multimediali taqdimot
Bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, . diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot. Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin. Multimediali texnologiya Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Grafik ob'yektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish kerak: skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash). Skanerlash deganda qog‘oz ko‘rinishidagi ma'lumot tashuvchilardan maxsus qurilma – skaner yordamida axborotning avtomatik o‘qilishi va kompyuterga kiritilishi jarayoni tushuniladi. Rasmlarni skanerlash uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi. - PhotoEditor – Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam beruvchi hamda grafik material tayyorlash uchun ba'zi operatsiyalarni bajaruvchi dastur (kontrast, yorug‘lik, ranglilik va rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish). - PhotoPaint – rasmni skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga imkon beruvchi dastur (to’zatish, rang o‘zgartirish, oriyentatsiya, masshtab, gamma nurlari bilan to‘yinganlik va b. ni o‘zgartirish).
Bu yerda keng tarqalgan dasturiy vositalarga qisqacha ta'rif berib o‘tamiz: - PhotoShop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy mahsulot.
Ushbu tahrir dasturi ko‘pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va boshqalar) bilan
ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni turli filtrlardan (qayirish, bo‘rtma ko‘rinish berish, donadorlik, yoritilganlik darajasi va boshqalar) o‘tkazishga
imkon beradi. - Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va turli rassomlar
tomonidan chizilganga o‘xshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan, akvarelda, moybo‘yoqda, o‘yma naqsh, emal va b. - Paint – rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib
olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilan
ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |