Asosiy malumotlar
Piltalash mashinasi ishchi organlariga harakat uzatilishini o‘rganishda talabalar mashinani yurgazish va to‘xtatish, shaylash parametrlarini korrektirovka qilish vazifalarini kompyuter dasturlari asosida boshqarishning afzalliklari bilananishadi.
Piltalash mashinasining ta’minlash qurilmasini o‘rganishda uning konstruksiyasi, ta’minlovchi mahsulot pakovkasi va tezligiga bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi, shuningdek o‘rganilayotgan ta’minlash usulning xizmat ko‘rsatish uchun qulayligi tahlil qilinadi.
Talabalar ta’minlash qurilmasiga o‘rnatilgan pilta uzilishini sezuvchi datchiklarning ishlash prinsiplari bilan tanishadi. Fotorelelarning ta’sir doirasi (sektori), mashina to‘xtatilishining tipik holatlari, ta’minlanuvchi piltalar harakatini nazorat qilish imkoniyatlari tahlil etiladi.
Mashinaning almashinuvchi elementlarini aniqlashadi.
39-rasm. HSR-1000piltalash mashinasining kinematik sxemasi
|
|
40-rasm.Piltalar harakati va uzilishi nazorati
1-ta’minlash piltalari; 2-yo‘naltiruvchilar; 3,4- fotorele; 5- nur uzatuvchi;
6-nur qabul qiluvchi;
|
a)
|
b)
|
41-rasm.Mashina to‘xtatilishining tipik holatlari
1- uzilgan pilta; 2,3-fotorelelar a) taz - ta’minlovchi valiklar zonasida piltaning uzilish holati; b) ta’minlovchi - yo‘naltiruvchi valiklar zonasida piltaning uzilish holati
Turli firmalarning piltalash mashinalarini qiyosiy o‘rganish tavsiya etiladi. Piltataxlagichning tuzilishini o‘rganishda ustki va pastki tarelkalarning ekssentrik joylashganligiga va uning natijasida piltaning gipotsikloidal shaklda taxlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek jipslovchi valiklarda mahsulotning qisilishi, o‘lchovchi zichlagichning ishlash prinsipi va tazlarni avtomatik almashtirish mexanizmi ham tahlil etiladi.
42-rasm. Piltalash mashinasining pilta shakllantiruvchi organlari
1- ustki tarelka; 2- chiqaruvchi valiklar; 3- piltayo‘naltiruvchi kanal; 4- korpus;
5- tasmali shkiv
|
43-rasm. Tazlarni avtomatik almashtirish mexanizmi
1- asos va uzatmalar;
2- korpus;
3-tazlar yo‘naltiruvchisi;
4-turniket;
5-piltataxlagich tarelkasi;
6- tazlarni chiqarish lotogi
|
|
44--rasm. Filtrlovchi kamera sxemasi 1- kamera korpusi;
2- ventilyator;
3- filtrlovchi to‘r;
4- zaslonka
|
Piltalash mashinasining pnevmoso‘rish tizimini o‘rganishda filtrlovchi kameraning tuzilishi va ishlashi bilan tanishiladi. Cho‘zish zonasining ustki va pastki havo kanallari, uzatuvchi valiklardan havo so‘rish, shuningdek filtrlovchi kameraga changli havoni uzatish nuqtalariga e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |