Konferentsiyalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo’lib, u asosan, 8 –9- va undan keyingi sinflarda o’tkaziladi, Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan o’quvchilarg’a malum qilinadi; bu bosh mavzu kichik mavzularga ajratilib, uning har biri bo’yicha kimlar tayyorgarlik ko’rishi lozimligi belgilanadi. Bitta. mavzu bo’yicha 3 - 4 nafar o’quvchi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa, ulardan biri asosiy ma’ruzachi, qolganlari qo’shimcha ma’ruzachilar sifatida ishtirok etadilar.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning yuqorida tilga olingan barcha shakllarini tashkil etishda to’garak a’zolari faol ishtirok etadilar.
Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar alohida - alohida tadbirlar sanalsa -da, ammo ular o’zaro bog’langan, biri ikkinchisini to’ldiradigan tadbirlardir. To’garak mashg’ulotlari va sinfdan tashqari ishlarning barcha turlaridan unumli foydalanilgan taqdirdagina, ona tili ta’limining samaradorligiga umid bog’lash mumkin.
Asosiy adabiyotlar
1. Ziyodova T. Matn yaratish texnologiyasi. Fan.-T.: 2008
2. Ziyodova T .To’xliev B.Shamsieva M O’zbek tili o’rganish metodikasi. T.: 2010
3. Qo’chqorov A. "So’z tarkibi" grammatik kompozitsiyasi, "Til va adabiyot ta’limi", T.: 1992, 1-son, 28- 31- betlar.
GLOSSARIY
Nusxa ─ biror matnda ko’chirilgan, uni takrorlovchi matn. Masalan, Navoiy asarlarining keyingi asarlarda ko’chirilgan ko’plab nusxalari mavjud. “Nusxa” atamasi “qo’lyozma” tushunchasidan torroqdir. “Qo’lyozma” tushunchasi keng ma’noda “dastxat”, “nusxa” atamalarini ham o’z ichiga olishi mumkin.
Variantlilik ─ asar matni yoki uning biror qismidagi o’zgarish natijasida hosil bo’lgan farqlar variantlarni yuzaga keltiradi. Variantlar ikki xil bo’ladi:
1. Muallif o’z asarini butunlay yoki biror qismini o’zgartirib, qayta ishlashi natijasida yuz bergan o’zgartirishdan hosil bo’lgan variant.
Qo’lyozmadan nusxa ko’chirish jarayonida kotib tomonidan ba’zi so’z yoki birikmalarning bilib yoki bilmay o’zgartirilishi, xato o’qish natijasida muallif nazarda tutgan so’zdan boshqa so’zning yozib qo’yilishi kabi sabablar tufayli hosil bo’lgan variant.
Kon’ektura – Taxminan va umumiy fikrlar asosida kamchiliklari bor matnni to’g’rilash, uni muallif yaratgan matnga aniqlashtirish kon’ektura deyiladi. Lekin bu xatolarni aniqlash asar qo’lyozmasi yoki boshqa biror manbaga suyanish vositasida emas, matn (nashr etilgan matn)ning o’zidan mantiqiy fikrlash asosida kelib chiqishi kerak. Hozirgi vaqtda kon’ektura ko’pincha matn nashridan keyin bo’lyapti. Matnshunos va adabiyotshunoslar nashrlardagi xato va kamchiliklarni matndagi ma’no manitig’idan kelib chiqib aniqlayaptilar.
Gloss (hoshiya) ─ qo’lyozmaning hoshiyalariga, qator orasiga kotib yoki o’quvchi tomonidan biror o’rinni tushuntirish uchun yozilgan matn. Gloss qo’lyozmadagi asosiy matn qo’shilib ketmaydi. Masalan, fors- tojik adabiyotining yirik vakili Jaloliddin Rumiyning mashhur “Masnaviyi ma’naviy”sining doston sharhi bilan birga ko’chirilgan nusxalari bor. Ularda dostondan bir necha bayt yoki hikoyatlar parchasi sahifaning o’rtasiga bitilgan, uning atrofida aylantirib shu parchaning sharhi yozilgan. Mana shu qo’lyozmadagi sharhlar gloss bo’ladi. Yana bir misol: Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoniga 1845-1848 yillarda “Xamsa bo halli lug’at” deb nomlanuvchi lug’at tuzilgan. Bu lug’at “Xamsa” dostonlari yozilgan qo’lyozmaning hoshiyasiga bitilgan (bu qo’lyozma O’zR FA Sharqshunoslik instituti fondida 7863 raqami ostida saqlanadi). Bu lug’at ham shu qo’lyozma uchun gloss bo’ladi. “Gloss” atamasi Sharqdagi “hoshiya”ga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |