MarkA. Friend va James P. Kohn
“Mehnat va sog’liqni muhofaza qilish asoslari”
Mavzu : IShLAB ChIQARIShDAGI ShIKASTLANIShLAR UChUN IShChI-HODIMLARGA BADAL TO’LASh VA
HISOB-KITOBNI YuRITISh
Bobning maqsadlari:
Ushbu bobni nihoyasiga etkazgach siz quyidagilarga ega bo’lasiz:
Ishchi-hodimlarga badal tushunchasini tushuntirib berish
Ishchi-hodimlarga badal to’lash evolyutsiyasini ta’riflash
Ishchi-hodimlarga badal to’lashga qo’yiladigan har hil talablarni ta’riflash
Tez yordam ko’rsatish holatlari
Agar hodisa tez yordam bilan hal qilinsa, u ro’yhatga olinishi shart emas. Ro’yhatga olish maqsadida “tez yordam” faqatgina davo choralarini bildiradi (bu ro’yhatga kirmagan har qanday davolash ro’yhatni yuritish uchun tez yordam hisoblanmaydi):
Ko’p miqdorda retseptsiz sotiladigan dorilarning qo’llanilishi
qoqsholga qarshi emlashni o’tkazish
teri ustidagi yara(jarohatlar)ni tozalash, yuvish, nam tortishini kuzatish
bandajlar, leykoplastirlar, doka bog’ichlar va boshqalarning, yoki kapalak bandaj yoki steril taxta (tasma) lar kabi qoplamalarning qo’llanishi
issiq yoki sovuq terapiya (davolash muolajasi) ning o’tkazilishi(qo’llanishi)
mahkam qilib ushlab turadigan har qanday bo’lmagan vositalarning, masalan elastik bintlar, belni o’rab turadigan moslama(o’rov)lar, qattiq bo’lmagan orqa belbog’lar va boshqalar
11 O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Moslashtirilgan tarjima: Pervaya pomoh-Birinchi yordam, Toshkent 2000 y, 12-27-betlar
baxtsiz hodisa qurboni bo’lgan ishchini vaqtinchalik immobilizatsion qurilmalar yordamida tashish
pufakdagi suyuqlikning quritish yoki bosimini pasaytirish uchun qo’l yoki oyoq tirnog’ini parmalash(olib tashlash)
ko’z bog’ichlarining qo’llanishi
ko’zga kirgan yot jismni olib tashlashda yuvish (sprinsivanie) yoki paxta tampondan foydalanish
ko’zdan tashqari boshqa organlardagi oskolka yoki yot jismni olib tashlashda yuvishdan, pintsetdan, paxta tampondan yoki boshqa oddiy vositalardan foydalanish
barmoq himoyalovchilarini qo’llash
massajlardan foydalanish
issiqlik urishini engillashtirish uchun ko’p suyuqlik ichish
Yozuvlarni kiritish maqsadida davolash shifokor yoki sog’liqni saqlashning litsenziyali boshqa mutaxassisining faqatgina ko’rib qo’yishi va tavfsiyalari uchun qabuliga kirishini o’z ichiga olmaydi. Shuningdek rentgen, qon tahlili kabi diagnastik muolajalar, faqatgina diagnostic maqsadlarda ishlatiladigan retsept bo’yicha beriladigan dorilar(masalan ko’z qorachig’ini kengaytiradigan ko’z tomchilari) hang’mda tez yordam ro’yhatida bor har qanday davolash ro’yhatga kiritilmaydi.(www.OSHA.gov)
Do'stlaringiz bilan baham: |