Transport immobilizatsiyasi.
Immobilizatsiya– deb, tana qismlari shikastlanganda shikastlanish sohasiga tinch holat yaratib berish yoki harakatni kamayti rishga aytiladi.
Transport immobilizatsiyasi – shikastlanganlarni statsionarga evakuatsiya qilish vaqtidagi immobilizatsiyasi.
Shikastlanganlarni statsionarga yotqizilgach, vaqtinchalik bo’lgan transport immobilizatsiyasini davolash yoki doimiy immobilizatsiya bilan almashtiriladi.
Transport immobilizatsiyasi shikastlanish ro’y bergan joyda qilinadi. Suyaklari singan shikastlanganlarni immobilizatsiyasiz ko’tarish yoki ko’chirish mumkin emas, chunki bunday holat singan suyak bo’laklarini siljib, nerv va yirik qon tomirlarni zararlanish, infektsiyani tez tarqalishiga olib keladi.
Immobilizatsiya qilish uchun taxtakach va qo’l ostidagi materiallar qo’llaniladi. Transport immobilizatsiyasi uchun maxsus standart taxtakachlar ishlatiladi. Standart transport taxtakachlari mahkamlovchi va cho’zish bilan mahkamlovchi taxtakachlarga bo’linadi. Mahkamlovchi taxtakachlar ko’proq ishlatiladi.
Bularga fanerli, kartonli, simli narvonsimon taxtakachlar kiradi. Cho’zish bilan mahkamlovchilarga Diterixs taxtakachi kiradi.
Fanerli taxtakachlar yupqa fanerdan tayyorlanib, qo’l va oyoqlarni immobilizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Simli narvonsimon Kramer taxtakachlari ikkita o’lchamda chiqariladi- 110x10sm va 60x10sm. Ular narvonga o’xshash, engil va mustahkam, turli shaklga keltirish mumkin. Uni birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda keng ko’lamda qo’llansa bo’ladi. Diterixs taxtakachi rus xirurgi M.M.Diterixs tomonidan yaratilgan. U son suyagi va chanoq-son bo’g’imi singanda immobilizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Standart taxtakachlar bo’lmaganda qo’l ostidagi materiallardan taxtakach sifatida foydalanish mumkin. Ba’zan autoimmobilizatsiya ham qilish mumkin: qo’lni tanaga, singan oyoqni sog’ oyoqqa bog’lab qo’yish mumkin.
Qo’llar shikastlanganda transport immobilizatsiyasi. Elka suyagining yuqori
1G’3 qismi singanda qo’lni tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak hosil qilib buklanadi. Tana shikastlangan tomonga engashadi, shu tomondagi qo’ltiq ostiga paxta-dokali yostiqcha qo’yiladi va bint yordamida ko’krak qafasiga mahkamlab qo’yiladi. Shu holatda bilak kosinkaga osib qo’yiladi, elka tanaga mahkamlab qo’yiladi.
Elka suyagining o’rta qismi singanda simli narvonsimon taxtakach yordamida immobilizatsiya qilinadi. Taxtakachni paxta bilan qoplab olinadi, bunda taxtakach elka va tirsak bo’g’imiga mahkamlanadi. Avv Avval elka va bilak o’lchab olinadi va to’g’ri burchak ostida buklanadi, ikkinchi tomoni orqada buklanadi. Qo’ltiqqa yostiqcha qo’yilib, mahkamlanadi. Singan qo’lni buklangan taxtakachga joylashtirilib, mahkamlanadi, taxtakachni esa tanaga bintlab qo’yiladi.
Elka suyagining pastki 1G’3 qismi singanda taxtakachni kaft-barmoq bo’g’imlarigacha etadigan qilib buklanadi va elkaning elkaning o’rta qismi singanda qo’yiladigan holda immobilizatsiya qilinadi.
Bilak suyagi singanda simli narvonsimon va to’rsimon taxtakachlar qo’llaniladi. Taxtakachni elka suyagining o’rtasidan kaft-barmoq bo’g’imlarigacha qo’lning tashqi tomonidan qo’yiladi. Tirsak bo’g’imi to’g’ri burchak ostida buklangan bo’ladi, kaft ochilgan, qoringa yaqinlashtirilgan bo’ladi. Kaftgaqattiq yostiqcha qo’yilib, taxtakach qo’l bilan mahkamlanadi va bilak kosinkaga osib qo’yiladi. Fanerli taxtakach qo’llanilganda unga paxta qo’yiladi.
Bilak-panja bo’g’imi va barmoqlar singanda simli narvonsimon va to’rsimon taxtakachlardan foydalaniladi. Taxtakachni avval paxta bilan o’ralib, kaft tomondan barmoqlarning uchidan to tirsakkacha qo’yiladi. Og’irroq shikastlanganda qo’shimcha taxtakach orqa tomondan ham qo’yiladi, kaftga qattiq valik qo’yib, taxtakachni qo’lga mahkamlanadi. Barmoqlarning uchi qon aylanishini kuzatib turish maqsadida ochiq qoldiriladi.
Oyoqlar shikastlanganda transport immobilizatsiyasi.Son suyagi singanda chanoq-son, tizza va boldir-tovon bo’g’imi immobilizatsiya qilinadi. Buning uchun standart Diterixs taxtakachi qo’llaniladi. Bunda immobilizatsiyadan tashqari oyoqni cho’zish ham mumkin.
Son suyagi singanda narvonsimon taxtakachlardan ham foydalanish mumkin.
Standart taxtakachlar bo’lmagan hollarda qo’l ostidagi materiallardan foydalanish mumkin(yog’och, taxta, chang’i va boshqalar) yoki autoimmobilizatsiya qilinadi, ya’ni singan oyoqni sog’ oyoqqa bog’lanadi.
Boldir suyagi singanda standart simli narvonsimon taxtakachlardan foydalaniladi. Taxtakach boldirga moslanadi, paxta yoki biror yumshoq material bilan qoplanadi, oyoqning orqa tomonidan dumba bo’g’imigacha olib boriladi, yon tomonidan qo’shimcha 2 ta fanerli taxtakachlar qo’yiladi. Taxtakach, tizza va boldir- tovon bo’g’imini qoplashi kerak. Taxtakachni oyoqqa bint bilan bog’lab qo’yiladi.
Umurtqa pog’onasi shikastlanganda immobilizatsiya qilish. Bunday shikastlanganlarni ehtiyotlik ilan qattiq taxtali zambillarga orqasi bilan yotkiziladi. Taxta yuo’lmasa, oddiy zambillarga qorin bilan yotkizilib, boshi va elkalari tagiga yostiqcha qo’yiladi.15
Do'stlaringiz bilan baham: |