Ishlab chiqarish sanitariyasi - sanitariya-texnik, tashkiliy tadbirlarni ifodalaydi va ishlab chiqarishda sog’lom mehnat sharoitlarini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi ishlab chiqarish korxonalari hududlarining holatini yaxshi saqlash va sanitariya- obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya- texnik qurilmalari (ventilatsiya, isitish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy saqlanish vositalaridan foydalanish, mehnat sharoitlarni yaxshilash, ishlab chiqarishdagi zaharlanishlarni va kasb kasallanishlarni oldini olish, xizmatchilarni sog’ligini muhofaza qilish, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil kilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog’liq bo’lgan gigiena chora-tadbirlarni ishlab chiqarish masalalarini hal qiladi.
To’g’ri tashkil etilgan mehnat kishining jismoniy, intellektual va ma’naviy kamol topishiga olib keladi. Jamiyatda u nafaqat moddiy farovonlik, balki odamning tetiklik manbai hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiy qilishi bilan birga hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa sohalarda juda ko’plab kasblar yuzaga keldi. Mehnatning hususiyati yoki ishlab chiqarish sharoiti odamning ish qobiliyatiga yoki sog’ligiga salbiy ta’sir qila oladigan zararlar borligidan dalolat beradi.
Ishlab chiqarish zararlari mehnat qobiliyatini pasaytiradi, o’tkir va surunkali zaxarlanishlar va kasalliklar paydo qiladi, umumiy kasallanishning oshishiga, uzoq muddatga cho’ziladigan boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo’ladi8.
Shu maqsadda ishchi-xizmatchilarning sog’lig’iga ta’sir etuvchi texnik jarayon va uskunalardagi kamchliklarni yo’qotish yo’llari ishlab chiqiladi. Buning uchun sanoat korxonalarida fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan unumli foydalanishni, jarayonlarni masofadan boshqarish, ishchilarning zararli muhitda ishlashlarining oldini olish, uskuna va qurilmalarni xavfsiz joylashtirish, havo tarkibini tekshirib turish, xavfli ish sharoitlarida himoya vositalaridan foydalanishni o’rganadi.
8 “Mehnatni muhofaza qilish”, O’.Yo’ldoshev, U.Usmonov, O.Qudratov, Toshkent 2001.
Ishlab chiqarish gigienasi ishlab chiqarishdagi zararli gazlar, changlar, bug’ va tumanlar ta’siri natijasida vujudga keladigan kasb kasalliklarining oldini olishdan iborat. Ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasining maqsadi inson organizmiga zararli va zaharli moddalarning tushishini kamaytirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |