Shaxsiy himoya vositalari.
Yadro, kimyoviy va biologik qurollardan himoya vositalari shaxsiy va jamoaviy himoyaga bo’linadi.
Shaxsiy himoya vositalari nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (protivogazlar, respiratorlar) va terini himoya qilish vositalariga (plashlar, kostyumlar, qo’lqoplar, paypoqlar va boshqalarga) bo’linadi.
Nafas a’zolarini himoya qiluvchi protivogazlar filtrlovchi va ayiruvchi bo’ladi. Filtrlovchi protivogazlar nafas oladigan havoni zararli aralashmalardan tozalaydi. Ayiruvchi protivogazlar odamni zaharli atmosferadan ayiradi. Ular
nafas organlari va ko’zni ZM, RM, BM lardan saqlaydi. Filtrlovchi protivogazlardan GP-5, GP-5m, GP-7, GP-7V, DP-6, DP-6m, ayiruvchilardan KIP-7, KIP-8, IP-4, IP-5 aholi uchun mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |