Kuchli ta’sir qiluvchi ZM lar bilan zaharlanish. Xlor bilan zaxarlanish.
Xlorning ba’zi bir birikmalari tibbiyot sohasida antiseptika, dezinfektsiya va degazatsiya maqsadlarida qo’llaniladi. Ishchi xonalarda xlorning oz miqdori ham surunkali zaxarlanishlarga olib kelishi mumkin, bular o’z o’rnida surunkali
31 R.Ramazonova, H.Sodiqova “Fvqulodda vaziyayatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash” 256-265 - betlar
bronxitlar, bronxial astma, pnevmoskleroz, o’pka yurak etishmovchiligining rivojlanishiga sabab bo’ladi. O’tkir zahar lanishlar miqdoridan yuqori darajada xlor bilan to’yingan havodan nafas olgan hollarda rivojlanadi.
Zaharlanishning klinik belgilariga qarab, engil, o’rtacha og’irlikda, og’ir va yashin tezligidagi shakllari farqlanadi.
Zaharlanishning boshlang’ich bosqichlarida organizmning reflektor reaktsiyasi vaqtinchalik nafasni to’xtatuvchi reflektor laringospazm bilan namoyon bo’ladi.
Zaharlanishning engil darajasida birlamchi reaktsiya bo’lmasligi mumkin. Zaralangan odam ko’zlarida achishish, ko’z yosh oqishi, tomoqda va burun halqumda qichishish va quruq yo’tal his qiladi. O’z vaqtida ko’rsatilgan yordam oqibatida bir necha kun davomida bu belgilar yo’qoladi.
O’rtacha og’irlikdagi zaharlanishlarda qisqa vaqtli reflektor nafas to’xtagach, nafas tiklanadi, lekin yuzaki va aritmik bo’lib qoladi. Bemor ko’z yosh oqishiga, ko’zlarning achishishiga, quruq yo’talga va ko’krak qafasidagi og’riqqa shikoyat qiladi. Zaharlanishdan 2-4 soatdan keyin kuchli gipoksiya va o’pka shishi rivojlanadi.
Og’ir formadagi zaharlanishlarda qisqa vaqtli laringospazmdan keyin yuzaki va tez nafas, tsianoz paydo bo’ladi, hushi yo’qoladi, yurak-tomir etishmovchiligi va muskullarning klonik tirishishilari rivojlanadi. O’lim 5-25 daqiqadan so’ng nafas to’xtashi oqibatida yuz beradi.
Yashin tezligida rivojlangan zaharlanishlarda turg’un laringospazm paydo bo’ladi, nafas muskullarining klonik tirishishlari, tsianoz, ekzoftalm, hushning yo’qolishi kuzatiladi. O’lim bir necha daqiqa ichida bo’g’ilish oqibatida yuz beradi.
Xlor bilan o’tkir zaharlanishlarda asoratlar bo’lib nafas yo’llarining surunkali kasalliklari, pnevmoskleroz, o’pka emfizemasi, bronxoektatik kasallik va o’pka-yurak etishmovchiligi rivojlanadi.
Xlor bilan zaharlanishlarda birinchi tibbiy yordam. Zaralangan odamni o’choqdan evakuatsiya qilinadi, 1ml 1%li morfin eritmasi, 1ml 0,1% li atropin eritmasi, 1ml 5%li efedrin eritmasi teri ostiga, 15ml 10% li kaltsiya xlorid yoki 20ml 10%li kaltsiy glyukonat eritmalari, 10ml 2,4% li eufillin eritmasi vena ichiga yuboriladi. Shuningdek, dimedrol, gidrokortizon in’ektsiyalari, 2%li natriy gidrokarbonat eritmasidan ingalyatsiya, antibiotiklar, efedrin bilan novokain aralashmasi in’ektsiya qilinadi. Ko’zlarni vodoprovod suvi bilan yuviladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |