MODUL
29 MarkA. Friend va James P. Kohn “Mehnat va sog’liqni muhofaza qilish asoslari” 8 bob 146-149 betlar.
RADIATsION, KIMYoVIY VA BAKTERIOLOGIK XAVFLARNING NAZARIY ASOSLARI
MAVZU: RADIATsION XAVFLAR
Reja:
Radiatsion xavflar va radiatsion xavfli ob’ektlari.
Yadro quroli va uning zararlovchi omillari haqida tushuncha.
Ionlovchi nurlanishning inson organizmiga ta’siri
O’tkir nur kasalligi va unda bemorlarni parvarish qilish.
Tayanch so’zlar: radiaktiv moddalar, radiatsion zararlanish o’chog’i, yadro, quroli va uning zararlovchi omillari, o’tkir va surunkali nur kasalligi.
Radiatsion xavfli ob’ektlar – bu xalq xo’jaligi faoliyatida qo’llaniladigan ionlantiruvchi nurlantirish manbalaridir.
Radiatsion xavfli ob’ektlarga quyidagilar kiradi:
Atom elektr stantsiyalari
Yadroviy yonilg’i ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalari
Radioaktiv chiqindilar kumiluvchi korxonalar
Yader reaktorlari bilan ishlovchi ilmiy-izlanuvchi tashkilotlar
Harbiy ob’ektlar
Yadroviy moslamalarni tashish Radiatsion avariyalar quyidagilarga bo’linadi:
Lokal: birgina binoning o’zida kuzatiladigan radioaktiv avariyalar
Mahalliy: AES binosi va xududida kuzatiladigan radiatsion avariyalar
Umumiy: AES hududi va undan tashqari kuzatiladigan radiatsion avariyalar
Radiatsion avariyalarning asosiy zararlovchi omillari:
Tashqi nurlanish ta’siri ( γ-rentgen, β-γ, γ-neytron nurlanish)
Radionuklidlarni odam organizmi ichiga tushishi natijasida ichki nurlanish (α va β-nurlanish)
Odam organizmiga radiatsiyaning ham ichki, ham tashqi ta’siri
Radiatsion va noradiatsion omillarning ta’siri (mexanik va termik jarohat, kimyoviy kuyish va intoksikatsiya)
O’zbekiston hududida ham bir qator radiatsion xavfli ob’ektlar faoliyat yuritadi. Uran rudalarini qazib olish va birlamchi ishlov berish bilan shug’ullanuvchi Navoiy tog’-metallurgiya kombinati, Angren ko’mir koni, Chorkesar qishlog’i va Yangiobod qo’rg’oniga yaqin joydagi radiaktiv chiqindilar, uchquduq, Zafarobod va Nurobod shaharlari atrofidagi ruda konlari va b. shular jumlasidandir.
Yadro qurollarining yaralishi dunyodagi geopolitik muhitni keskin darajadaa o’zgartirib yubordi.
Hozirgi yadro kuchlari bilan bog’liq mamlakatlarni asosan 4 guruhga ajratish mumkin:
1-guruh-1968 yilgacha ya’ni yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasi imzolangunicha ushbu qurolga ega bo’lgan davlatlar AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Xitoy 2-guruh-yangi yadro kuchiga ega bo’lgan davlatlar: Hindiston, Pokiston, Isroil va Shimoliy Koreya
guruh-bir vaqtlar o’zida yadro quroli saqlagan yoki hozirda shunday qurollarga kuchli intilayotgan mamlakatlar: ukraina, belorussiya, Qozog’iston, Eron
guruh-yadro quroli mavjud bo’lgandan buyon shu qurol ustida izlanishlar olib borgan, uni qo’lga kiritishga intilayotgan davlatlar.
Kishilarning radiatsion zararlanishiga atom yadrosining parchalanishidan hosil bo’ladigan ko’zga ko’rinmaydigan ionlovchi nurlarning ta’siri sabab bo’ladi. Bu ta’sir natijasida turli shakldagi nur kasalliklari kelib chiqadi. Odamlarning ommaviy radiaktiv moddalar bilan zararlanishi yadro quroli ishlatilgandagina ro’y berishi mumkin.
Yadro quroli portlaganda yadrodan radioaktiv α, β, γ - nurlar va neytronlar tarqaladi. Nurlanishning tarqalish hodisasi radiaktivlik, alfa, beta, gamma nurlar tarqatadigan moddalar radioaktiv moddalar deyiladi. Xalq xo’jaligining ma’lum sohalarida radioaktiv moddalardan turli maqsadlarda foydalanib kelinmoqda. Bularni saqlash, ishlatish, tashlab yuborish va qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya qilinmasa atrof- muhitning radiaktiv zararlanishiga, odam va hayvonlarning halok bo’lishi va o’simliklarning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi. Chunki bu nurlanishlarning hammasi o’zi o’tib borayotgan muhitda (havoda, odam va hayvon organizm hujayralarida) atomlarning ionlashtirish xususiyatiga ega, shuning uchun ular ionlovchi nurlanish deyiladi. Ionlashtiruvchi nurlanish dozasi rentgen birligi bilan o’lchanadi. Rentgen bir sm. kub havoda 1,16 milliard ion hosil qiladigan nurlanish miqdoridir. Portlashish va ta’sir kuchi atom energiyasidan foydalanishga asoslangan har qanday qurollar (raketa, torpeda, bombalar) yadro quroli hisoblanadi. Ular og’ir elementlar Uran- 235 yoki plutoniy-239 yadrosining zanjirli reaktsiya bilan parchalanishga asoslangan. Yadro quroli portlashining zararlovchi faktorlariga zarb to’lqini, yorug’lik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va joylarning radiaktiv moddalar bilan zararlanishi kiradi.
Zarb to’lqini portlash markazida gazlarning bir onda kengayishidan hosil bo’ladigan havoning kuchli qisingan zonasini tashkil etadi va juda katta tezlik bilan tarqalib binolarni vayron qiladi hamda odamlarni jarohatlaydi. Barcha uylar, pana joylar va past balandliklar zarb to’lqinidan himoya vositasi hisoblanadi.
Yorug’lik nurlanishi. Otash shardan 2-3 sekund davomida juda yuqori darajada issiqlik ajralib chiqib, kuchli yorug’lik nuri tarqaladi va o’zidan yong’in chiqaradi. Bundan saqlana olmagan kishilar kuyadi, hatto ko’r bo’lib qolishi mumkin. Yorug’lik nurlanishining ta’sir radiusi portlash kuchi va turiga bog’liq. Har qanday tiniq bo’lmagan narsa kuyishdan saqlaydi.
Singuvchi radiatsiya. Gamma nurlari va neytronlar oqimidan iborat bo’lib, ular yadro portlashi vaqtida 10- 15 sekund ichida ajralib chiqadi. Uylar va pana joylar singuvchi radiatsiyadan saqlanishga imkon beradi.
Joylarning radiaktiv moddalar bilan zararlanishi. Yadro quroli portlashining «qo’ziqorinsimon» bulutidan radiaktiv moddaning erga tushishi joylarning radiaktiv zararlanishi deyiladi va ularning darajasi rentgen soat bilan ya’ni himoyasiz odamning shu joyda bir soat mobaynida olgan nurlanish dozasi bilan o’lchanadi. Joylarning radiaktiv zararlanish darajasi portlash kuchi va turiga, shamolning tezligi va yo’nalishiga, joylarning xarakteriga bog’liq. Zararlangan hududlarda odamlar gamma va beta nurlari bilan nurlanadi. Radiaktiv modda organizmga nafas yo’li, zararlangan joy, oziq - ovqat va suv orqali kirishi mumkin. 30
Do'stlaringiz bilan baham: |