O’quv uslubiy majmua
Sohada AKT
211
ASCII
American Standard Code for Information Interchange. Axborot almashuvi
uchun Amerika standart kodi, ASCII kodi.
ASCII-grafikasi
Tasviriy san’at shakli, ASCII belgilarini kompyuter terminalining (terminal
serveri) eni cheklangan ekranda yoki printerda tasvirini namoyish qilish uchun
ishlatiladi. Bunday tasvirni yaratish uchun harf va raqam belgilaridan hamda ASCII
jadvalining 95 belgilaridan olingan punktuatsiya belgilaridan tashkil topgan
palitradan foydaniladi. Milliy variantdagi tizimlar taqdimi farqlanishi ehtimoli katta
bo’lgani tufayli, jadvallardagi qolgan 160 belgi ko’pincha ishlatilmaydi.
ATX
AT extension. AT formatining kengaytmasi, shaxsiy kompyuterning bir necha
yil oldin ishlab chiqilgan tanasi tuzilishining va mos ravishda tegishli ona plataning
form-faktori. Pentium II protsessorlarining paydo bo’lishi bilan ommaviy sifatda
foydalana boshlandi, chunki, bu protsessorga ona platalar faqat ATX formatida (juda
katta istisno bilan) chiqariladi.
BIOS - Basic Input/Output System.
1.
Kiritish-chiqarishning asosiy tizimi. SHaxsiy kompyuterning ona platadagi
DXQ (doimiy xotira qurilmasi) yoki QDDXQ (qayta dasturlanadigan doimiy xotira
qurilmasi) mikrosxemasiga yozilgan dastur. BIOS kompyuterning operatsion
tizimdan kelayotgan kirish-chiqish, qurilmalarni boshqarish so’rovlariga xizmat
ko’rsatadi. SHuningdek, kompyuter yoqilganda uskunalarni boshlang’ich tekshirish
(POST tartiboti), MBRni yuklash va operatsion tizimga boshqaruvni uzatish ham
BIOS
vazifasiga
kiradi,
BIOSda
shaxsiy
kompyuterning
ona
plata
konfiguratsiyasining asosiy ko’rsatkichlarini qo’lda sozlash uchun interaktiv
nimdasturi ham mavjud.
2.
BIOSni o’z ichiga olgan mikrosxema.
Bluetooth
Kichik faoliyat doirasiga ega bo’lgan (chastotalar oralig’i 2,4 GGts) simsiz
aloqa texnologiyasi. Tarmoq qurilmalari orasidagi o’zaro ishlashni va ularning
Internetga ulanishini osonlashtiradi. U, shuningdek, Internet qurilmalari va boshqa
kompyuterlar orasida ma’lumotlar sinxronlashtirilishini osonlashtiradi. Bluetooth
katta ma’lumotlar oqimlarini uzatishga mo’ljallanmaganligi uchun lokal va global
tarmoq texnologiyalarining o’rnini bosa olmaydi.
Bus Master
SHina egasi. Qurilmaning xohlagan shinada (jumladan PCIda) mumkin
bo’lgan ish rejimi. Bunday rejimda ishlash uchun qurilma shina arbitriga shinani
boshqarishni olish haqidagi talabini ifodalovchi buyruq beradi. Arbitr, ushbu
shinada arbitrajning ustuvorligi va/yoki ketma-ketligiga muvofiq, hujjatlarda
buyruqdan keyin o’tishi lozim bo’lgan belgilangan vaqtdan keyin so’rayotgan
qurilmaga shina boshqarishni uzatadi. Barcha kerakli amallarni bajarib bo’lgandan
keyin qurilma arbitrga shina bo’shatilishi haqida xabar beradi.
CD-RW
CD ReWriteable. Qayta yoziladigan kompakt-disk. Ko’p marta qayta yozish
imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |