12.1. Dasturiy ilovalarni loyihalashning asosiy bosqichlari Umuman olganda SP har xil turlari uchun dasturni tayyorlash va sozlash
jarayoni bir biriga o‘xshash bo‘ladi. Bu jarayon qo‘yidagi uchta fazani o‘z ichiga oladi:
− simulyator yordamida algoritm ishini modellashtirish;
− baholovchi platadan foydalanib protsessor imkoniyatini baholash; − tayyor qurilma tarkibida bajariluvchi kodni ichki sxemali sozlash.
Protsessor simulyatori – bu shaxsiy kompyuterda ishlovchi va protsessor yuklanishini, uning tashqi qurilmalar bilan aloqasini, real apparatlardan foydalanmasdan tashqi uzilishlarga protsessor reaksiyasini imitatsiyalovchi va bajarilayotgan dasturni boshqaruvchi dasturiy instrument hisoblanadi. Modellashtirish fazasi protsessor arxitekturasi bilan tanishuvning boshida va alohida algoritmlarni sozlash bosqichida katta qiziqish kasb etadi. Ayni damda murakkab tizim tarkibida protsessor ishini modellashtirish quyidagi sabablarga ko‘ra anchagina qiyinchilik tug‘diradi.
Birinchidan, simulyator protsessorning tashqi qobig‘ini modellashtirishda chegaralangan imkoniyatlarga ega. Ikkinchidan, u juda sekin ishlaydi, chunki har bir protsessor siklida bajariladigan amallarni ko‘rsatish uchun kompyuter ko‘p sonli amallarnibajarishi kerak. Ko‘pchilik ishlabchiqaruvchilar protsessor bilan tanishish
196
va o‘z algoritmlarini real sharoitga yaqin, ya’ni modellashtirish fazani chetlab o‘tib,
baholash platalari yordamida yo‘lga qo‘yishni afzal biladilar. Firmalar bunday baholash platalarini o‘z signal protsessorlarining barcha oilalari tipik vakillari uchun ishlab chiqaradilar. Ushbu baholash platalarining ko‘pchiligi tashqi kengaytirishi platalarini ulash uchun razyomlarga ega bo‘lib, bu ular yordamida to‘liq funksional tizimlarning prototiplarini yaratish imkonini beradi. Yakuniy mahsulot tarkibida sxema ichidagi emulyator-personal kompyuterda bajariladigan dasturdan protsessorning ichki tugunchalaridan to‘liq foydalanish imkonini beruvchi qurilma yordamida dasturiy ta’minotni yo‘lga qo‘yish amaliy dastur yaratish ishining final fazasi hisoblanadi. Analog Devices kompaniyasining ishlab chiqishi va sozlash vositalari misolida ma’lumotlarni ishlash amaliy dasturini yaratish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Har bir fazada qo‘llaniladigan ilova va vositalarni yaratishning asosiy fazalari oldingi boblarda ko‘rib chiqilgan signal protsessorlarning barcha so‘nggi modellari uchun o‘xshash [4, 5, 9].
Loyihalashtirishning yuqorida aytib o‘tilgan barcha uchta fazasi CROSSCORE – quyidagi 3 ta komponentani o‘z ichiga oluvchi Analog Devices dasturiy- apparat vositalari kompleksi bilan qo‘llab-quvvatlanadi:
− Visual DSP++ ishlab chiqish va sozlashning integrallashtirilgan muhiti;
− EZ KIT/ EZ BOARD baholash platalari va EZ EXTENDER kengayish platalari to‘plami;
− sxema ichi emulyatorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |