C2000 platformasi. SPlar ushbu turdagi modellar robototexnikada, sanoat avtomatlarida, qattiq disklarda, optik tarmoqlarda kommutatsiyalovchi elementlar sifatida qo‘llanadi. Ushbu modellar protsessorlarining RISC-arxitekturasi o‘zgaruvchan, hisoblash quvvati yetarli va dasturlash qulay. Platformaga protsessorlarning ikkita olilasi kiradi S24x va C28x. O‘ntadan ko‘p turi bo‘lgan (xotira hajmida va chetki bog‘lamalarida farq bor) oxirgi modelni ko‘rib chiqamiz.
C28x protsessorining yadrosi 32-razryadli garvard arxitekturasiga, dasturlar va ma’lumotlarning bo‘lingan shinalariga ega. Ma’lumotlar shinasi o‘z navbatida ma’lumotlarga real vaqtda ishlov berish zarurati tufayli o‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida o‘qish va yozish shinalariga bo‘lingan. Protsessor bita mashina sikli davomida matritsali ko‘paytirgich yordamida 32x32-razryadli MAC-amalni bajarish, natijalarning: 64-razryadli sonlari bilan amal bajarish imkoniyatini beradi. Qo‘zg‘almas nuqtadagi yuqori razryadlilik yetarli dinamik diapazonga ega bo‘lish imkonini beradi. SPning ushbu oilasi tarkibida ataylab suruluvchi vergul protsessori kiritilgan modlellari bor. Protsessor bir mashina takti davomida atomik AMQ hisobiga o‘qish, ishlov berish va xotiraga yozish amallarini bajaradi. Unumdorligi 8-bosqichli konveyerni qo‘llash hisobiga oshirilgan. Operativ xotirasi bir nechta sohaga bo‘lingan, ularning har biridan dasturlar xotirasi kabi, yohud ma’lumotlar
165
xotirasi kabi foydalanish mumkin. Operativ xotiradan tashqari 16 tadan razryadli
128 Kso‘zgacha hajmga ega Flash-PZU bor. Protsessor yadrosining unumdorligi takt chastotasi 150 MGs bo‘lganida 150 MIPS ni tashkil etadi [18].
C28x oilasi 12 razryadli 16 kanalga mo‘ljallangan ARO‘ ni, taymerlarning katta to‘plamini, kiritish/chiqarishning bo‘lingan portlarini, kommunikatsion portlar to‘plamini o‘z ichiga oladigan tashqi qurilmalarning katta to‘plamiga ega. Dasturlash C++ dasturlash tilida bajariladi.
11.1-rasmda C2000 oilasining modeli turiga kiradigan TMS320F28335 SP sxemasikeltirilgan (Fharfiasosiyyadroning tarkibidasuruluvchivergulningalohida protsessori mavjudligini bildiradi).
Flash 512 Кbayt
RAM 68 Кbayt
ROM 68 Кbayt
КIMning 18 ta moduli
ХТТМ kanali
Uzilishlarni boshqarish
Qamrab olishning oltita moduli
16/32 bitli EMIF interfeys
С28 yadro
32х32р ko’paytiruvchi
Taymerlar (3 ta 32r)
Real vaqt JTAG
Atomar AMQ
Suriluvchi vergulli 32r prosessor
32 ta pochta kanali CAN port
I2C interfeysi
2 ta impulsli kvadrat dekoder
2 ta McBSP kanal
11.1-rasm. TMS320F28335 kontrollеrining funktsional sxеmasi
Unumdorligi 300 MFLOPS bo‘lgan protsessor yadrosi 150 MGs chastotada
32-razryadli ko‘paytirgich, atomik AMQ (bir vaqtning o‘zida o‘qiydi, ko‘paytiradi va natijani yozadi), suruluvchi vergulning protsessori, 32-razryadli uchta taymer, ichiga o‘rnatilgan JTAG tuzatish modulini o‘z ichiga oladi.
166
Xotira osti tizimi 512 Kbayt hajmdagi Flash-xotirani, 68 Kbayt hajmdagi
RAM xotirani va 68 Kbayt hajmdagi ROM xotirani o‘z ichiga oladi. Periferiyamodullarining tarkibida: keng-impulslimodulyatsyasiga (KIM) ega
18 ta qabul qilish, uzatish kanallari, yuqori tezlikli ARO‘ (16 kanal, 12 ta razryad, qayta o‘zgartirish vaqti 80 ns), qo‘lga olishning 6 ta moduli, 16 yoki 32 razryadli rejimidagi konfiguratsiya imkoniyatiga ega EMIF interfeys, EMIF interfeysini o‘z ichiga oluvchi xotiradan bevosita murojaatli (XBM) 6 ta kanali, McBSP interfeysining 2 ta kanali, 32 ta pochta qutilariga (mailboxes) ega port SAN, 400 kbit/s texzlikka ega I2C interfeys, ikkita impulsli kvadrat dekoder bor.
TI firmasi bunday SPning qurishning o‘ndan ortiq variantini taklif etadi. C28x tayanch protsessori yadrosining standart to‘plamiga suruluvchi vergulli
sonlar ustida bajariladigan amallarni ta’minlovchi buyruqlar qo‘shilgan. Bu C28x va F28335, shuningdek SP ushbu turining boshqa modellari uchun dasturlar to‘liq muvofiqligiga ta’sir etmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |